Baxtiyor mengliyev


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

Mantiqiy mushohada uchun 
1. Til tafakkurni shakllantiradi degan hukmni qanday 
tushunasiz? 
2.Til tafakkurni qay tarzda shakllantirishini izohlashga harakat 
qiling. 
3.Tilning akkumulyativ vazifasi deganda nimalarni tushunasiz? 
 
“Lison” tushunchasi haqida ma’lumot. Lison ma’lum bir 
til jamiyatning barcha a’zolari uchun ajdodlar tomonidan tayyor 
holga keltirib qo‘yilgan, umumiy va majburiy, fikrni shakllantirish, 
ifodalash, uzatish va boshqa maqsadlar uchun xizmat qiladigan 
vosita (birlik)lar hamda ularning o‘zaro birikish qonuniyatlarining 
ongdagi sistemasi. Ajdodlar tomonidan bizga tegishli fonemalar, 
leksemalar, iboralar, morfemalar hamda ularning o‘zaro birikish 
qoidalari qoldirilgan. Ular bizning ongimizda nutqda qo‘llanish 
uchun shay holatda turadi. Lisonga xos birliklar lisoniy birlik 
deyiladi. Lison va nutq tilshunoslikda sath atamasi bilan yuritiladi. 
Demak, til lisoniy va nutqiy sathlardan iborat.
Har qanday lisoniy birlik virtual xususiyatga, ya’ni ongda 
mavjudlik tabiatiga ega. Shu bilan birga, ular quyidagi ikki 
tomonning bir butunligidan iborat: 
a) shakliy jihat; 
b) mazmuniy jihat. 
Lisoniy birlik mazmunan UMIS sifatida mavjud ekan, u 
moddiylikdan xoli bo‘lmog‘i lozim. Bunda “lisoniy birlikning 
shakliy jihati” moddiylikka ishora qilmaydimi, degan savol 
tug‘ilishi tabiiy. To‘g‘ri, lisoniy birlik moddiylikdan xoli. Biroq 
ular ongda qandaydir ramz sifatida saqlanadi. Masalan, [a
fonemasining talaffuz xususiyati haqida umumlashma tasavvur 
o‘zbek tilida so‘zlashuvchi barcha jamiyat a’zolari ongida mavjud. 
Bu [a] fonemasining shakli, tashqi tomoni hisoblanadi, uning 
ma’no farqlash tomoni ichki, mazmuniy jihati sanaladi. [a
24


fonemasi ana shu nisbiy shakl hamda mazmunning yaxlitligi 
sifatida ongda mavjud. 
Har qanday lisoniy birlik (UMIS) ongda ma’lum bir mavjudlik 
sifatida yashaydi. Mavjudlik shaklsiz bo‘lmaydi.
Har bir fonemaning ma’no farqlash (mazmuniy) va talaffuz 
(shakliy) xususiyatlarining ongdagi umumlashmasi o‘ziga xos, 
biriniki ikkinchisinikidan farqlanadi.
Lisoniy birliklarning tashqi va ichki tomonini bir-biridan 
ajratish mumkin emas. Ular et bilan tirnoq kabi yaxlit bo‘lganligi 
sababli “dialektik birlikda” deyiladi. Boshqacha aytganda, lisoniy 
birlikdagi ichki va tashqi jihatlar bir varaqning ikki tomoniga 
o‘xshaydi, ularni ajratish mumkin emas.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling