Baxtiyor mengliyev


“Me’yor” tushunchasi haqida ma’lumot


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

“Me’yor” tushunchasi haqida ma’lumot. Me’yorlisoniy 
birlikning nutqda voqelanishi uchun tanlanish omil va usullari 
majmuyi. Masalan, o‘lmoq fe’li o‘rnida asfalasofilinga ravon 
bo‘lmoq iborasini qo‘llab bo‘lmaydigan vaziyat va holatlar 
mavjud. Ana shu vaziyat va holat – meyorning bir ko‘rinishi. 
Meyorni lisonning nutqqa aylanish muhiti, sharoiti deyish ham 
mumkin. Insonning nutqiy qobiliyati qaysi birlikdan qay vaziyatda 
qaysisini qo‘llash malakasidir. Bu qobiliyat nutqiy muhitni his etib, 
lisonga murojaat qilishni ta’minlaydi.
Bir-birini taqozo etuvchi, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan lison – 
me’yor – nutq zanjirida faqat nutq tashqi (moddiy) shaklda 
(og‘zaki, yozma) namoyon bo‘ladi va sezgi a’zolarimizga ta’sir 
qiladi.
26


Mustaqil o‘zlashtirish uchun 
Sistema nima? 
Har qanday sistema quyidagi talablarga javob berishi kerak: 
1) sistema kamida ikki elementdan tashqil topadi
2) bu elementlar orasida aloqa-munosabat (struktura) mavjud 
bo‘ladi; 
3) sistema elementlari birlashib, yaxlitlikni tashkil qiladi. 
Demak, sistema munosabatlar asosida yaxlitlashgan elementlar 
majmuyidir. 
Sistemaning turlari ko‘p. Ularni umumlashtirib, ikki guruhga 
bo‘lish mumkin: 
1) abstrakt sistemalar; 
2) muayyan sistemalar. 
Abstrakt sistema ongda mavjud bo‘ladi. U aqliy faoliyat 
natijasida tiklanadigan umumiylik bo‘lib, bunday sistemalar 
borliqda mavjud bo‘lmaydi. Masalan, unlilar sistemasi, ruboiylar 
sistemasi, g‘oyalar sistemasi.
Eslatib o‘tish joizki, borliqda unlilar, ruboiylar, janrlar, she’rlar 
mavjud, ammo ular shu nomdagi sistema sifatida mavjud emas. 
Masalan, ijod mahsuli sifatidagi ruboiylar o‘zaro tarqoq, sochilgan, 
bog‘lanmagan, uzilgan holda yashaydi. Inson tafakkuri ularni 
bog‘laydi, birlashtiradi – natijada abstraksiya mahsuli bo‘lgan 
mavhum (abstrakt) sistema vujudga keladi.
Muayyan sistema borliqda mavjud bo‘ladi. Ularni sezgi 
a’zolari vositasida his etish (ko‘rish, o‘qish, eshitish, hidlash va b.) 
mumkin. Masalan, har qanday she’r, har qanday sintaktik qurilma, 
umuman, borliqdagi har bir narsa muayyan sistemadir.
Lison – abstrakt, nutq muayyan sistemadir. 
Ferdinand de Sossyur lison-nutq munosabatini shatranj o‘yini 
qoidalari asosida tushuntirib berishga harakat qilgan. 
Shaxmat donalari va har bir donaning yurish qoidasi ongdagi 
lisoniy birliklar va ularning birikish imkoniyatiga o‘xshaydi. 
O‘yinchi bamisoli so‘zlovchi, shaxmat o‘yinini bilishi esa 
so‘zlovchining 
nutq 
qobiliyatiga 
monand. 
Donalarning 
harakatlantirilishini nutqqa qiyoslash mumkin: 
27



Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling