Baxtiyor mengliyev
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)
Mantiqiy mushohada uchun
1.Hazrat Navoiy so‘z istilohini qaysi o‘rinlarda til ma’nosida qo‘llagan? 2.Mutafakkir to‘rt sadaf deganda nimani nazarda tutgan? 3.“Durning bir donasi bilan bog‘liq gapga ishonma, so‘zni jahon dengizidagi haqiqiy durdona deb bil” jumlasida dur, durdona, jahon dengizi so‘z va birikmalari nimaga nisbatan qo‘llangan? Har bir leksema lisoniy birlik sifatida mazmun mundarijasiga ham ega. Leksemaning mazmun mundarijasi denotat yoki referent 6 Alisher Navoiy. “Hayrat ul-abror” 38 deb ataladigan, borliqdagi narsa, harakat, belgi, miqdor kabilarni ifodalaydigan tushunchalarni anglatadi. У semema deyiladi. Leksemaning mazmuni bo‘lgan sememani tashkil etuvchi qism sema deyiladi. Morfema va qo‘shimcha. Morfema – grammatik ma’no ifodalaydigan yoki so‘z yasaydigan lisoniy birlik. Qo‘shimcha – morfemaning nutqda namoyon bo‘lishi, UMISning AHVOga aylanishi. Esda tutish lozimki, yasalgan leksemalar tarkibidagi yasovchilar, garchi leksema lisoniy sathda bo‘lsa ham, morfema emas, balki qo‘shimcha deyiladi. Morfema ham tashqi (shakliy) va ichki (mazmuniy) tomonlar yaxlitligidan iborat. Morfema o‘zining nutqiy ko‘rinishlari bo‘lgan qo‘shimchalar orqali ifodalanadigan ko‘plab ma’nolarning umumlashmasini, “mag‘zi”ni o‘zida (lisonda) saqlaydi. Morfemaning mazmuniy tomoni grammema, grammemaning nutqiy voqelanishi grammatik ma’no deyiladi. Masalan, [-ni] tushum kelishigi morfemasining grammemasi – “oldingi mustaqil so‘zni keyingi fe’lga tobelash” lisoniy sathda mavjud. Bu morfema nutqdagi Kitobni o‘qidim gapida qo‘shimcha sifatida voqelangan bo‘lib, uning mazmuniy tomoni – “oldingi kitob so‘zini keyingi o‘qidim so‘ziga tobelash” grammatik ma’nosidir. Lisoniy sathda so‘z yasovchi (derivatsion) morfemalar va Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling