Baxtiyor mengliyev


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

grammatik morfemalar guruhi mavjud. Ularning nutqdagi 
ko‘rinishlari lison va nutq bo‘linishiga mos ravishda so‘z yasovchi 
qo‘shimcha va grammatik qo‘shimcha deb nomlanadi.
Mustaqil o‘zlashtirish uchun 
Yana tilning sistemaviyligi haqida 
Rus tilshunosi Dmitriy Nikolayevich Ushakov “Til haqidagi 
fanga qisqacha kirish” kitobida yozishicha, so‘z leksik va 
grammatik qismlarga bo‘linishi uchun ikki talabga javob berishi 
kerak. Birinchidan, grammatik qism ushbu ma’nosi bilan boshqa 
so‘zlarga ham qo‘shilib kelaverishi kerak. Ikkinchidan, so‘z ushbu 
ma’nosi bilan boshqa grammatik shakllarni o‘ziga biriktira olishi 
kerak. Masalan, qo‘lim so‘zi qo‘l+im tarkibiy qismlarga -im 
qo‘shimchasi oyog‘im, qulog‘im, tirnog‘im, barmog‘im, sochim, 
39


kitobim kabi so‘zlarda uchraganligi uchungina emas, balki qo‘l 
so‘zi qo‘llar, qo‘lni, qo‘l bilan, qo‘ldek kabi so‘zlarga asos 
bo‘lganligi uchun ham ajratiladi.
Agar bu asoslardan biri bo‘lmasa ham, so‘z tarkibiy qismlarga 
ajralmaydi. Masalan, shilqim so‘zidagi -im qo‘shimchasi qo‘lim 
so‘zidagi -im qo‘shimchasining vazifasini bajarmaydi.
Bitta grammatik shakl birgina so‘zga, bir so‘z birgina 
grammatik shaklga ega bo‘la olmaydi. 
Olim tilning sistema ekanligini shunday asoslaydi. 
O‘tgan asrning 20-yillarida tilning sistema ekanligini 
asoslashda bunday yondashuvlar kam uchraydigan holatlardan 
edi. Shuning uchun u o‘z davrida eng dong taratgan fikrlardan edi. 
Qolip va hosila. Lisoniy birlikning navbatdagi turi qolip 
deyiladi. Qolip deganda yasama so‘z, so‘z birikmasi va gaplar hosil 
qilishning ongdagi sxemalari tushuniladi. Bu sxemalar til jamiyati 
a’zolarining lisoniy birliklarni nutqda biriktirib voqelantirish 
malakalari sifatida yuzaga chiqadi. Grammatik qonuniyat va 
qoidalar faqat qoliplarda amal qiladi. Qolipdan tashqarida sintaktik 
aloqa haqida gap bo‘lishi ham mumkin emas. Masalan, leksema 
faqat qolipda grammatik jihatdan shakllanadi.
Qoliplar ikki xil bo‘ladi:
a) so‘z yasash qolipi; 
b) sintaktik (so‘z birikmasi va gap hosil qilish) qolip. 
So‘z yasash qolipidan kam foydalanamiz. Chunki biz har doim 
ham so‘z yasayvermaymiz.
Qolip ham boshqa lisoniy birliklar kabi UMIS tabiatli bo‘ladi. 
Masalan, nutqdagi cheksiz yasama so‘z (masalan, sutchi, 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling