2-§. Til, lison, nutq munosabati
Tayanch tushunchalar:
ilmiy bilish, fahmiy (empirik) bilish, nazariy (idrokiy, mantiqiy,
ratsional) bilish, zohiriy belgi, botiniy belgi, empirik yondashuv,
nazariy yondashuv, munosabat, UMIS va AHVO, WPm
Egallanadigan tushunchalar:
til, lison, nutq, me’yor
Tilning tarkibiy qismlari. Umuman borliq uchun xos bo‘lgan
UMISning tildagi ko‘rinishi lison (aniqrog‘i, lisonning mazmuni),
AHVOniki esa nutq (aniqrog‘i, nutqning mazmuni) deb yuritiladi.
Lison va nutq majmuyi til deyiladi. Albatta, o‘quvchi bunda ushbu
so‘zlarning etimologik ma’nosiga emas, balki terminologik
ma’nosiga e’tibor qaratishlari kerak. Zero, ko‘p hollarda
etimologik va terminologik ma’nolar mos kelmaydi. Masalan,
o‘zbekcha til so‘zi arabcha lison atamasi bilan bir xil ma’noni
bildiradi. Biroq o‘zbek tilshunosligida ular boshqa-boshqa
terminologik ma’nolar uchun qabul qilingan.
1) tilshunoslik paydo bo‘lgandan buyon lison va nutni
farqlashga, tilga sistema sifatida munosabatda bo‘lishga harakat
qilinadi.
Chunki
har
qanday
fan
cheksiz
hodisalarni
umumlashtirishni maqsad qilib qo‘yadi. Xususiy hodisalar
zamiridagi umumiylikni ko‘rishga intilish bilishning har ikki
(fahmiy va idrokiy) bosqichida ham mavjud. Shu boisdan aytish
mumkinki, bilishning empirik bosqichi mutlaq xususiylik bilan
o‘ralashib qolmaganligi kabi idrokiy bosqich ham mutlaq
umumiylikni – UMISni tiklay olmaydi. Biroq tilshunoslikning har
bir bosqichi o‘z vazifalariga ega. Bugungi kunda tilshunoslik
quyidagi taraqqiyot bosqichlarini bosib o‘tdi:
2) tilshunoslikning qiyosiy-tarixiy davri. Bu davrda til
sistemalarining kelib chiqishiga asosiy urg‘u berilib, til yaxlit
olinib, uning birliklarini lisoniy va nutqiy turlarga ajratish
masalasiga e’tibor qaratilmadi;
3) tilshunoslikning
Do'stlaringiz bilan baham: |