Baxtiyor mengliyev


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

Substansiallik tamoyili. Bunga ko‘ra, lisoniy birlik nutqda 
voqelantiruvchi 
barcha 
ma’no 
va 
vazifalarini 
o‘zida 
mujassamlashtirgan, yashirgan deb olinadi. Nutqda hech bir narsa 
yaratilmaydi, balki lisoniy birlikdagi imkoniyat faqat yuzaga 
chiqariladi, xolos. Shuning uchun tilshunoslik oldida lisoniy birlik 
voqelanishidagi nutqiy alohidaliklarni umumiy lisoniy ma’noga 
birlashtirish va lisoniy imkoniyat sifatida ongda va lisoniy tizimda 
mavjud bo‘lgan bu ma’noni nutqda muayyan ko‘rinishlarda 
voqelantirish yo‘llarini o‘rganish vazifasi turadi. 
Ichki ziddiyatlik tamoyili. Lisoniy birlikning umumiy lisoniy 
ma’nosi ontologik ziddiyatli, qarama-qarshilikli turli tabiatli 
tomonlarning birlashishidan iborat bo‘lgan dialektik butunlik. U 
hamisha serqirra. 
Ko‘p qatorlilik tamoyili. Lisoniy birlik ontologik ziddiyatli 
tabiati asosida boshqa lisoniy birliklar bilan bir necha oppozitiv 
qatorga (munosabatlarga) – har bir qirrasi bilan alohida-alohida 
siralarga – paradigmalarga kiradi. Shuning uchun uning umumiy 
lisoniy ma’nosi bir necha oppozitiv siralardagi (paradigmalardagi) 
farqlanuvchi belgilarining yig‘indisi, mohiyatiga ega bo‘ladi. 
Oraliq 
uchinchining 
mutlaqligi 
tamoyili
Lisoniy 
birliklardagi qarama-qarshi ma’no va vazifalar, paradigmalardagi 
bir-birini inkor etuvchi birliklar zid tomonlarni o‘z ontologik 
tabiatida birlashtiruvchi hodisa (birlik)da birlashadi va ikki 
qarama-qarshilik orasida birlashtiruvchi vosita – oraliq uchinchi 
71


mavqeyida bo‘ladi. Tabiatan istalgan lisoniy birlik oraliq uchinchi 
mohiyatiga ega. 
 
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar 
1. “Ziddiyat” tushunchasini sharhlang. 
2.Noto‘liq ziddiyat nima? 
3.Teng qiymatli ziddiyatni tavsiflang. 
4.Muntazam ziddiyat haqida gapiring. 
5.Darajali ziddiyatni sharhlang. 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling