Baxtiyor mengliyev
a’zosi, ziddiyatga asos bo‘luvchi belgi ziddiyat belgisi
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mantiqiy mushohada uchun
a’zosi, ziddiyatga asos bo‘luvchi belgi ziddiyat belgisi deyiladi.
Masalan, [o] va [a] unlilari o‘zaro “lablanganlik/lablanmaganlik” 66 belgisi asosida qarama-qarshi turadi. Bunday qarama-qarshilik ziddiyat, qarshilanayotgan fonemalar ziddiyat a’zolari, “lablanganlik/lablanmaganlik” esa ziddiyat belgisidir. Mantiqiy mushohada uchun 1.Tafovut, farq, ziddiyat va qarama-qarshilik so‘zlarining ma’no farqlarini aniqlang. 2.Bu so‘zlarning darajalanish qatorini tuzing va darajalanish belgisini toping. Lisoniy sathda ziddiyatning turli ko‘rinishi mavjud. Ulardan eng muhimlarini ko‘rib o‘tamiz. Ziddiyat a’zolari orasidagi qarama-qarshilikning xususiyatidan kelib chiqqan holda ziddiyatning: a) noto‘liq (privativ) ziddiyat; b) teng qiymatli (ekvipolent) ziddiyat; e)muntazam (proporsional) ziddiyat d) darajali (gradual) ziddiyat kabi turlari farqlanadi. Mustaqil o‘zlashtirish uchun Nikolay Sergeyevich Trubetskoy (1890 – 1938) Nikolay Sergeyevich Trubetskoy Moskvada tug‘ilgan. Uning ota-onasi ham taniqli olimlar bo‘lishgan. Nikolay bolalikdan olimlik iqtidorini namoyon qila boshlagan. Birinchi ilmiy ishini 15 yoshida e’lon qilgan. Moskva davlat universitetini tamomlagan bo‘lajak olim, vatanidagi fuqarolar urushi sababli, xorijga ketishga majbur bo‘ldi. U va muhojir hammaslaklari birgalikda Pragada tilshunoslik maktabiga asos soldi va maktab tilshunoslik tarixida “Praga lingvistik to‘garagi” nomi bilan mashhur bo‘ldi. Zamonaviy tilshunoslikka Nikolay Sergeyevich Trubetskoy tomonidan olib kirilgan “ziddiyat” (“oppozitsiya”) tushunchasi lisoniy sistemalarning mohiyatini tushuntirishda katta ahamiyat kasb etdi. Trubetskoy talqinicha, fonema juftliklari ma’lum bir barqaror belgilari asosida qarama-qarshi turadi. Masalan, [b] ~ [p], [a] ~ [i], [ye] ~ [o], [g] ~ [k] kabi. Bu ziddiyat belgilari bitta ham, ko‘p ham bo‘lishi mumkin. Masalan, [a] ~ [o] unlilari bir belgi 67 bilan qarama-qarshi turadi: “lablanganlik/lablanmaganlik”. [i] ~ [o] unlilari orasida “lablanmaganlik/lablanganlik” va “keng-torlik” belgilari asosidagi qarama-qarshilik, ziddiyat mavjud. N.S.Trubetskoy tomonidan ko‘p yillar davomida ilgari surilgan g‘oyalar tilshunoslikda yangi yo‘nalish va oqimlar shakllanishiga sabab bo‘ldi. Sossyurdan keyingi ko‘plab tilshunoslardan farqli ravishda u “til til uchun”, “til o‘zida” tamoyili changaliga tushib qolgani yo‘q. Olim har doim tilni til va jamiyat, til va madaniyat tamoyillari asosida tadqiq qildi. Bejiz 1929-yilda N.S.Trubetskoy va R.О.Yakobson tomonidan yozilgan “Praga lingvistik to‘garagi tezislari”da shunday deyilmagan: “lingvistik tahlilga aniq amaliy maqsadlarni ko‘zlagan funksional nuqtayi nazardan yondashmoq kerak.” Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling