Ixtilofi juzv ila kul mundadur-
Kim taraqqiy-u tanazzul mundadur.
Pashsha onda rahnavard-u pil ham,
Pashsha anda toyir-u Jibril ham.
Musi-yu Fir’avn onda rаhrav,
Bil yaqinkim, birdek ermas bul ikav.
Da’b anda sayr etib yaxshi-yamon,
Mo‘min onda solik-u kofir hamon.
Munda solikka tafovut bo‘ldi fosh,
Anga mehrob-u munga but bo‘ldi fosh.
Bo‘ldi o‘z irfoni har kimga sifat,
Ko‘p tafovut qildi paydo ma’rifat.
Muxtalif bo‘lmay ne bo‘lsun munda ish,
Chun bu yanglig‘ muxtalif bo‘ldi ravish.
Mundin aytibdur nabiyi rahbar,
“Kim ulusqa haq sari bo‘lsa safar.
Istasang yo‘l kasratig‘a add-u had,
Xalq anfosi bilan teng bil adad.
Alisher Navoiy, “Lison ut-tayr”
Lisoniy paradigmada birliklarni bir-biriga bog‘lab
turuvchi,
paradigmaning
yashovchanligini
ta’minlovchi
omil
lisoniy
ziddiyatdir. Lisoniy ziddiyat falsafadagi qarama-qarshiliklar birligi
va kurashi qonunning tildagi xususiylashuvi, ko‘rinishidir.
Ziddiyat paradigmatik va iyerarxik munosabatning xossasi
sifatida
sintagmatik
munosabatga
qarama-qarshi
qo‘yiladi.
Sintagmatik
munosabatda ziddiyat emas, uyg‘unlik ustuvorlik
qiladi. Biroq uyg‘unlik farq va tafovutlar asosida kelib chiqadi.
Ma’lum bir lisoniy birlik mansub
ziddiyatlar majmuyi bu
birlikning lisoniy mohiyatini aniqlashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Lisoniy mohiyatni aniqlash lisoniy birlikning boshqa birlikdan
farqlanuvchi barqaror belgilarini oydinlashtirishdir.
Lisoniy birliklar orasidagi ziddiyat ma’lum
bir belgi asosida
mavjud bo‘ladi. Ziddiyatga kirishuvchi lisoniy birliklar
ziddiyat
Do'stlaringiz bilan baham: