Baxtiyor mengliyev


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

 
Iyerarxik munosabat. Lisoniy birliklar orasida iyerarxik
ya’ni pog‘onali munosabat ham mavjud. Pog‘onali munosabat 
deganda 
birlikning 
boshqasi 
tomonidan 
qamrab 
olinishi 
tushuniladi. Masalan, Halim va Кarim leksemalari erkak kishining 
ismlari 
bo‘lib, 
ayolning 
ismi 
bo‘lgan 
Halima, 
Salima 
leksemalariga qarama-qarshi turadi. Lekin ularning barchasini ism 
leksemasi qamrab oladi. Ism leksemasi esa, nom leksemasi bilan 
birgalikda, ot leksemasi tomonidan qamrab olinadi. Uni shartli 
ravishda quyidagicha tasavvur qilish mumkin (9-jadval): 
 
9-jadval 
Ot 
Ism 
Nom 
Halim 
Karim 
Halima 
Salima Suv 
Kitob 
Bu pog‘ona yuqori va quyi yo‘nalishda yana davom ettirilishi 
mumkin. Demak, Salim, ism, ot leksemalari pog‘onali 
munosabatga kirishgan; Salim so‘zi ism so‘zi tarkibiga, ism so‘zi 
esa ot so‘zi tarkibiga kiradi.
Lisoniy birliklarning pog‘onali munosabati ikki xil. Masalan, 
daraxt va tana, ildiz, barg, shox birliklarining o‘zaro munosabati 
daraxt leksemasi bilan olma, o‘rik, nok, gilos leksemalarining 
o‘zaro munosabatidan farq qiladi. Oldingi pog‘onali munosabatda 
daraxt butunni va qolganlari qismni ifodalasa, keyingisida daraxt 
turni ifodalab, mevaning muayyan nomini ifodalovchi birliklar 
turning ko‘rinishi – jins sifatida namoyon bo‘ladi. Ikkinchi 
munosabatdagi birliklar daraxt leksemasining xususiy ko‘rinishi – 
juz’iylashishi. Birinchisida esa bunday munosabat mavjud emas. 
Shu boisdan Gilos daraxtdir tarzidagi hukmni aytish mantiqiy. 
Biroq Ildiz daraxtdir deyish mumkin emas. Tilshunoslikda lisoniy 
birlikning butun-bo‘lak munosabati partonimik (part – qism, 
61


bo‘lak), tur-jins munosabati giponimik munosabat deyiladi. 
Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling