Baxtiyor mengliyev
Ularning otlari – Salim va Halim
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mantiqiy mushohada uchun
Ularning otlari – Salim va Halim. Bundagi nutqiy birliklar turli
munosabat bilan bog‘langan. Ular so‘zi otlari so‘zi bilan, u olmoshi -lar qo‘shimchasi bilan ketma-ket, zanjirsimon aloqada. Yoki otlari so‘zi 6 ta tovushning ketma-ketligidan iborat. Gap ham, so‘z ham tarkibiy qismlarga bo‘linar ekan, butunlik, sistema sanaladi. Munosabat falsafada va xususiy fanlarda o‘ziga xos tushuniladi. Barcha fanlarda munosabat tushunchasi falsafiy munosabatning tor doiradagi ko‘rinishlari hisoblanadi. Tilshunoslikda munosabatning bir necha ko‘rinishlari farqlanadi. Ulardan eng muhimlarini ko‘rib o‘tamiz. Mantiqiy mushohada uchun 1.Sizning turli munosabatingiz bir xil vaziyatda har xil natijani keltirib chiqargan holatlar bo‘lganmi? 2.Insonning fe’liga qarab munosabatda bo‘lmagan kishilar holatini kuzatganmisiz? 3. “Shaxslar, munosabat, vazifa” sistemasi mohiyatini hayotiy misol asosida dalillang. Paradigmatik munosabat. Avvalgi mavzularda qulf va kalitlarga oid misol keltirgan edik. Turli kalitlar shodasi paradigmaga qiyoslangan edi. Kalitlar orasidagi munosabat paradigmatik munosabatga o‘xshaydi. Paradigma a’zolari orasidagi munosabat paradigmatik munosabat deyiladi. Paradigmatik munosabat bir sistemaga kiruvchi birliklarning o‘xshashlik va farqlilik munosabatlaridir. Masalan, kelishiklar o‘zaro “oldingi so‘zni keyingi so‘zga bog‘lash” o‘xshashligiga ega bo‘lsa, har bir kelishikning bu o‘xshashlik ostidagi tafovutlari farqlilik munosabati hisoblanadi. O‘xshashlik va farqlilik munosabati bir necha ko‘rinishlarda voqelanadi. Farqlilik munosabati tilshunoslikda ziddiyat termini bilan nomlanadi. Pаradigmatik munosabat keskin ziddiyatli va darajalangan ziddiyatli ko‘rinishlarda bo‘ladi. Masalan, a va o o‘nli fonemalari 59 orasida keskin ziddiyatli paradigmatik munosabat (lablanganlik/lablanmaganlik) mavjud bo‘lsa, a, e, i unlilari orasida darajalangan ziddiyatli paradigmatik munosabat mavjud. Bunda unlilar tilning tanglayga ko‘tarilish darajasiga ko‘ra farqlanadi. Bu uchlikdan o‘rtadagisi olib tashlansa, qolgan ikki unli o‘zaro keskin ziddiyatli bo‘lib qoladi. Chunki a va i unlilari “quyi keng” va “yuqori tor” belgilariga ega. Yoki аytishmоq – kоyishmоq – Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling