Baxtiyor mengliyev
-§. Lisoniy munosabat va uning turlari
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Munosabat” tushunchasi haqida.
5-§. Lisoniy munosabat va uning turlari Tayanch tushunchalar assosiatsiya, munosabat, sistema, struktura, element paradigma, paradigma a’zosi, fonologik paradigma, morfemik paradigma, morfologik paradigma, leksik paradigma O‘zlashtiriladigan tushunchalar munosabat, paradigmatik munosabat, sintagmatik munosabat, pog‘onali munosabat, partonimik munosabat, giponimik munosabat, totonim, giperonim “Munosabat” tushunchasi haqida. Falsafada munosabat muayyan sistemadagi elementlarning joylashish tabiati va ularning bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqligi sifatida qaraladi. Masalan, shaxs jamiyatdagi boshqa shaxslar bilan bog‘liq holda yashaydi. Ushbu bog‘liqlik shaxsning munosabatidir. Oila a’zolari orasidagi bog‘liqlik bunga yaqqol dalil bo‘la oladi. Oilada ota bilan ona, ular bilan farzandlar, farzandlar orasida o‘zaro o‘ziga xos munosabatlar oila sistemasining xususiyatini namoyon qiladi. Unda har bir a’zo (element)ning tutgan o‘rni bor. Bu o‘rin boshqa a’zolarga ta’sir qiladi. U – oila yaxlitligini va 54 mustahkamligini ta’minlovchi munosabat. Ahillik, hurmat-e’tibor, farosat, oilaga e’tiqod oila sistemasidagi munosabatlarning yorqin ko‘rinishlaridir. Yoki ustoz-shogirdlik munosabatini olaylik. Ustoz shogirdiga ta’lim-tarbiya beradi, uning dunyoqarashini shakllantiradi. Ustoz ta’lim-tarbiya berishga ehtiyoj sezadi. Shuningdek, shogird ta’lim- tarbiya olishga ehtiyojmand bo‘ladi. Bu ta’lim-tarbiya hodisasining sistema, uning asosiy elementlari ustoz va shogird ekanligidan dalolat beradi. Ustoz-shogirdlik tizimida har bir elementning mavqeyi, roli, vazifasi, majburiyat va burchlari bor. Ularga tegishli element (ustoz va shogird)ning amal qilish darajasi, ya’ni munosabat bu sistemaning barqarorlik va bardavomlik darajasini belgilaydi. Shaxs biror narsa yoki hodisaga nisbatan ma’lum bir mavqeda bo‘ladi: narsani o‘rganadi, uni vujudga keltiradi, isloh qiladi. Bu ham munosabatning bir ko‘rinishidir. Yoki kishi turli obyektlarni yoki biror obyektning turli tomonlarini fikran taqqoslaydi. Bunda ikki xil munosabat namoyon bo‘ladi: kishining obyektga va bir obyektning ikkinchi obyektga munosabati. Bir narsaning ikkinchi narsaga munosabati masalasi haqida gap ketganda, kimyoviy elementlarning davriy jadvalini misol qilib keltirish mumkin. Kimyoviy elementlar jadvali mavhum (ongda mavjud) sistemaning bir ko‘rinishi. Bunda elementlar atom og‘irliklari asosida joylashgan. Boshqacha aytganda, ular atom og‘irliklari asosida tartiblangan. Bu tartib atom og‘irliklari asosidagi munosabat deyiladi. Yanada aniqroq tushunish uchun ko‘z oldimizga avtomobilni keltiraylik. Avtomobil muayyan (borliqda mavjud) sistema sifatida, avvalo, shassi, kuzov va dvigatel elementlaridan tashkil topgan. Bu elementlar bir-biri bilan zich bog‘langan. Biri boshqalarini taqozo etadi. Ulardan biri mavjud bo‘lmasa, sistema (avtomobil) harakatga kelmaydi. Ko‘rinadiki, muayyan sistema elementlari o‘zaro munosabatga kirishmasa, sistema o‘z vazifasini bajara olmaydi. Munosabat bo‘lmasa, narsa element bo‘la olmaydi va elementning funksiyasini bajara olmaydi. Element sistema tarkibida munosabatlar asosida o‘z mohiyatiga ega bo‘ladi. Masalan, insonning ko‘zi inson 55 tanasidagina element bo‘lib, undan uzilsa, element bo‘la olmaydi va o‘zining elementar mohiyatini yo‘qotadi. Munosabatlar tegishli elementlardan turli darajadagi murakkab sistemalarni keltirib chiqaradi. Masalan, har qanday qonunlar jamiyatni sistema sifatida tartibga solib turadi. Agar bu qonunlar bo‘lmasa, jamiyat sistemasi ham mavjud bo‘lmaydi, sistema o‘z vazifasini to‘laqonli bajara olmaydi va barbod bo‘ladi. Shuning uchun mamlakatning xususiyati undagi asosiy munosabat – qonunlarga itoat qilish darajasi bilan belgilanadi. Har bir narsa, shaxs ko‘p qirrali, ko‘p vazifali bo‘ladi. Shu boisdan ular har bir qirrasi asosida turli sistemalarga mansub bo‘la oladi va bu sistemalardagi munosabatlari ham turlicha bo‘ladi. Masalan, biror turmushga chiqqan talabani olaylik. U ta’lim sistemasida shogird, oila sistemasida turmush o‘rtog‘i/ona/kelin, ota-onasi oilasiga munosabatda farzand/opa/singil, yo‘l harakati tizimida yo‘lovchi, tushlik paytida xo‘randa. Har bir qirrasini namoyon qilganda u ma’lum bir sistema tarkibiga kirib, bu sistema tarkibidagi boshqa elementlar bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Bir sistemadagi munosabatlari boshqa sistemadagi munosabatlaridan farqlanadi. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling