Morfologik kategoriya (morfologik shakllar sistemasi) –
morfologik paradigmadir.
Sintaktik qoliplar sistemasi sintaktik paradigmani tashkil etadi.
Sintaktik paradigma ikkiga – gap paradigmasi va so‘z birikmasi
paradigmasiga bo‘linadi. Gap paradigmasining o‘zi ikki –
sodda
gap qoliplari va qo‘shma gap qoliplari ichki (mikro) paradigmasiga
bo‘linadi.
Paradigmatik munosabat, assotsiativ munosabat tushunchalari,
odatda, sinonim ifodalar sifatida qo‘llanadi.
Mustaqil o‘zlashtirish uchun
Sinonimlar paradigmami?
Bir-biriga sinonim bo‘lgan so‘zlar
tizimini paradigma deyish
mumkinmi? Masalan:
Boqmoq, qaramoq, nazar tashlamoq, nigoh
solmoq... kabi. Albatta, yo‘q deb javob beramiz.
Bir-birini almashtiruvchi paradigma a’zolari pozitsiya, qay
o‘rinda kelishi bilan shartlangan bo‘ladi. O‘rin, pozitsiya – mana
paradigma uchun nima muhim!
Shuning uchun paradigma
a’zolarining miqdori cheklangan va aniq bo‘ladi. To‘g‘ri, ba’zi
olimlar o‘zbek tilidagi kelishiklarni ba’zan 7 ta, ba’zan 8 ta
deyishadi. Bu paradigmaning xususiyati bilan emas, balki ilmiy
yondashuvlarning tabiati bilan bog‘liq.
Bunga qarama-qarshi
o‘laroq, sinonimlarning aniq miqdorini hech kim ayta olmaydi.
Kontekstual sinonimlar qo‘shiladigan bo‘lsa, bu yana qiyinlashadi.
Albatta, sinonimlar matn bilan juda bog‘liq va ularning har biri
alohida pozitsiya uchun xoslangan. Lekin sinonimlarni har holda
almashtirsa bo‘ladi.
Shuningdek, ularning denotatlari (borliqda
ifodalaydigan hodisalari) ham bitta. Shu bilan birga, ularning
qo‘llanishi til jamiyati
tomonidan belgilanmagan, balki alohida
so‘zlovchiga bog‘liq bo‘ladi. Bularning barchasi sinonimik qatorni
qat’iy tartib asosida tashkil topgan, a’zolari
aniq pozitsiya bilan
bog‘langan paradigmadan farqlashga asos bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: