Baxtiyor mengliyev
Mustaqil o‘zlashtirish uchun
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)
Mustaqil o‘zlashtirish uchun
MUNOSABAT [a. ﺖﺒﺻﺎﻨﻣ – munosiblik, muvofiqlik; joizlik; qarindoshlik; aloqadorlik]. 1.Kishilar, tashkilotlar, davlatlar o‘rtasidagi bordi-keldi. oldi- berdi muomalalari; tirikchilik, moddiy va ma’naviy hayot bilan bog‘liq bo‘lgan aloqa. 2.Kishining voqelikka, voqelikdagi narsalarga, hodisalarga qarashi, yondashish prinsipi. 3.Muayyan tizimdagi elementlarning joylashish xarakteri va ularning o‘zaro bog‘liqligini ifodalovchi falsafiy tushuncha. 4.Biror ish, harakat, gap va kabilarga daxli bo‘lgan narsa, tegishli asos; bois, daxl. Bu ishga sizning gapingizning hech qanday munosabati yo‘q. NISBAT [а. ﺖﺒﺼﻧ — munosabat, aloqa; qarindoshlik; o‘zaro bog‘lanish; miqdor] 56 1.Narsalarning bir-biriga qaraganda katta-kichikligi, oz-ko‘pligi va h. 2.Bir sonning ikkinchi songa qaraganda qiyosiy kattaligi, bir sonning ikkinchi songa bo‘linishidan hosil bo‘lgan bo‘linma. NISBATAN Boshqalariga qiyosan; qiyosan olganda. Har qanday sistema (narsa)ni uni tashkil etuvchi elementlarning o‘zaro nisbati, munosabati deb qarash mumkin. Bu nisbat, munosabat o‘zgarishi bilan narsalar ham o‘zgaradi. Jamiyatda kishilarning faoliyati jarayonida yuzaga kelgan o‘zaro munosabatlar ijtimoiy munosabatlar sanaladi. Ijtimoiy munosabatlar jamiyat sistemasining o‘ziga xosligini keltirib chiqaradi. Tillar ulardagi gaplarning ega va kesimi munosabatiga qarab turli sistemalar ekanligini namoyon qiladi. Masalan, agglyutinativ tillarda ega ma’nolari kesimdan anglashilib turadi va shuning uchun kesim egaga ko‘p ham ehtiyoj sezavermaydi. Flektiv tillarda kesim egasiz xabar ifodalishi qiyin. Demak, gap sistemasidagi elementlar (ega va kesim) munosabatining o‘ziga xosligiga qarab, tillar sistemalari farqlanadi. Shuning uchun ham agglyutinativ, flektiv va amorf tillar turli sistemali tillar deyiladi. Munosabatlar tillarning tabiatini belgilashini shunda ko‘rish mumkin. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling