Baxtiyor mengliyev


janjallashmоq – yoqalashmоq – do‘ppоslashmоq – yoqa vayrоn


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

janjallashmоq – yoqalashmоq – do‘ppоslashmоq – yoqa vayrоn 
bo‘lishmоq – qоniga bеlanishmоq qatori “ifoda bo‘yog‘ining 
oshib borishi” belgisi asosida darajalanadi va farqlanadi. Bu qator 
darajalanish (graduonimik) paradigmasi deyiladi. Qatordagi har 
bir birlik graduonim deb yuritiladi. Graduonimlar orasidagi 
munosabat 
graduonimik 
munosabat 
bo‘lib, 
paradigmatik 
munosabatning bir turi hisoblanadi. 
Graduonimik munosabat bilan birga sinonimik, antonimik 
munosabatlarning barchasida eslatib turish xususiyati mavjud. 
Paradigma a’zolari teng qiymatli va teng huquqli birliklardir. 
Shuning uchun ular bir paradigmaga mansub bo‘ladi.
Mustaqil o‘zlashtirish uchun 
Komil inson – yuksak munosabat sohibi 
Komil insonning o‘ta kamtarin, biror hukm-xulosa chiqarishda 
juda ehtiyotkor bo‘lishining asosiy sababi shundaki, u har bir 
masalada bilganidan bilmagan tomonlari ko‘proq ekanligini 
tushunadi va har doim ehtiyot munosabatda bo‘ladi. 
Omiy va johil uchun esa hamma narsa ayon, chunki u hech 
narsani bilmaydi, jumladan, o‘zinig bilmasliginini ham. Tiliga 
ixtiyorsizligidan xayoliga kelgan bo‘lg‘ur-bo‘lmag‘ur fikrlarni 
hayiqmay bayon qilaveradi va el orasida e’tiborini yo‘qotadi. 
Tasavvuf axloqi omiy va johilga to‘g‘ri gapni uqtirishga intilishni 
ham johillik alomati deb biladi va hamisha “Suxan ba ahli suxan 
boyad guft" (So‘zni aytgil uqqanga) amali asosida ish ko‘rishni 
tavsiya etadi. Shuning uchun hatto Mansur Xallojning o‘ldirilishini 
buyuk oriflar (jumladan, Xoja Abdullo Ansoriy Hiraviy) qattiq 
qoralamaganlar, zero u “analhaq” (“Men Haqman”) shiorini Haq 
va Inson birligini tushungan oriflar davrasidagina emas, shariat 
60


ahkomlari, shariat talqinidagi Alloh (Xudo)ga iymon keltirgan, 
ma’rifiy Haqqi mutlaqdan mutlaqo bexabar omiy va johil dindorlar 
orasida ham targ‘ib etavergan, so‘zni uqolmaydiganlarga aytgan. 
Shu bois shariat yuzasidan to‘g‘ri jazolangan, zero shariat uqishni 
emas, uning ahkomlariga ko‘r-ko‘rona bo‘ysunishni talab etadi. 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling