Baxtiyor mengliyev


totonim – tashkil etuvchi qismlarga munosabat nuqtayi  nazaridan butunlik  giperonim


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

totonim – tashkil etuvchi qismlarga munosabat nuqtayi 
nazaridan butunlik 
giperonim – turga kiruvchi jins 
giponim – jinsni qamrab oluvchi tur 
 
Adabiyotlar 
1. Mirtojiyev M. O‘zbek tili semasiologiyasi. – Toshkent: Fan, 
2007. 
2.Ne’matov H., Bozorov O. Til va nutq. −Toshkent: 
O‘qituvchi, 1993.
3.Ne’matov H., Rasulov R. O‘zbek tili sistem leksikologiyasi 
asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 1995. 
4.Nurmonov A. Lingvistik belgi nazariyasi. – Toshkent: Fan, 
2008. 
5.Safarov Sh. Semantika. – Toshkent: “O‘zbekiston Milliy 
ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2013.
6.Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G. Hozirgi o‘zbek 
adabiy tili. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2010.
7.Сhomsky N. Language and mind. – Cambridje: Cambridje 
Univ. Press. 2006.
8.Wilkinson P.R. Thesaurus of Traditional English Metaphors. 
-London, New York: Routledge, 1992. 
9.Tulenov J., G‘afurov Z. Falsafa. – Toshkent: O‘qituvchi, 
1997. 
64


6-§. Lisoniy ziddiyat va uning turlari 
 
Tayanch tushunchalar 
munosabat, paradigmatik munosabat, sintagmatik munosabat, 
pog‘onali 
munosabat, 
partonimik 
munosabat, 
giponimik 
munosabat, totonim, giperonim 
O‘zlashtiriladigan tushunchalar 
ziddiyat, ziddiyat a’zosi, ziddiyat belgisi, ikki a’zoli ziddiyat, 
binar ziddiyat, ko‘p a’zoli ziddiyat, ternar ziddiyat, privativ 
ziddiyat, noto‘liq ziddiyat, teng qiymatli ziddiyat, muntazam 
ziddiyat, darajali ziddiyat 
 
Ziddiyat haqida umumiy ma’lumot. Ziddiyat (arabcha 
“qarama-qarshilik”; varianti: oppozitsiya) tilshunoslikda bir 
sistemadagi lisoniy birliklarning mazmuniy tomoni asosida o‘zaro 
u yoki bu darajada farqlanishini ifodalaydi. Ziddiyat, tafovut, farq, 
qarama-qarshilik, ixtilof bir turga kiruvchi har xil tushunchalardir.
Butun koinot, tabiat, jamiyat va tafakkurdagi mavjudlik va 
taraqqiyotning asosiy omili qarama-qarshiliklar birligi va kurashi 
qonunidir. Ziddiyat, qarama-qarshilik, ixtilof va tafovut bo‘lmas 
ekan, rivojlanish va taraqqiyot, harakat va o‘sish ham bo‘lmaydi. 
Hatto oyoqlarimiz bir-biriga qarama-qarshi harakatlanmasa, 
ilgarilay olmaymiz. Zid jinslar bo‘lmasa, kishilik jamiyati ham
hayvonot va o‘simlik olami – tiriklik davom etmaydi.
Butun borliq qarama-qarshiliklar mahsuli bo‘lganligi kabi bilim 
olish ham, borliq haqida ma’rifat hosil qilish ham ixtilof va 
tafovutlar evazigadir.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling