Baxtiyorova yulduzning
NIKOH TO‘YI BILAN BOG‘LIQ URF-ODATLAR
Download 44.44 Kb.
|
YULDUZ BAKHRAMOVNA
NIKOH TO‘YI BILAN BOG‘LIQ URF-ODATLAR
Nikoh bu-muqaddas narsadir. Bu haqidagi nikoh to‘yida nimalar qilinishini Zuxandirova Abadan momo aytib berdi. Ular: < Kelinshek keldi ko‘rin’iz Iyilip salem berin’iz, Quanishli to‘ylasin Qaraqalpaq elimiz. Jipek bolip jayilip Elime altin guz keldi. Kelinshek bolip qiyilip Alatawdan qiz keldi. Minaw altin bosag‘an’ Iyilip kel kelinshek Tatiwliqtin’ torqasin Kiyinip kel kelinshek. To‘y degen quanishdin’ basi bolar Toy dese quwrap qalg‘an bas jumalar, Bul toydi qosiq menen baslayin men Siyliqti togeberin’ jan ag‘alar. Toyin’iz qutli bolsin diymen tag‘i U’lkemnin’ jaynay bersin baxit bag‘i Jigitler qizdirin’lar merekeni, Saz shertip qosiq aytar keldi wag‘i Toy berse awilimnin’ danqi shig‘ar Toyg‘a dep bala-shag‘a sendey ag‘ar Toy qadesin sorasam toyxanada Bermiymen dep qadeni kim buzar. Yangi kelinga bag‘ishlab qaynonasi yangi quroq ko‘rpacha tikib qo‘yadi va kelin kelgan payt tagiga to‘shaydi. Buning ma’nosi ikki yosh quralib, uvali-juvali bo‘lsin, o‘zidan ko‘paysin degan ma’noda qilinadi. Kelinning ko‘rpa to‘shagini, mebellarini olib kelgan payt yigitning yangalari sandiqni ochadi va sandiqning ichidan kelinning kiyimlari, idish tovoqlari bo‘ladi. Ularni shu yig‘ilgan qarindosh urug‘lariga ko‘rsatadi. Ko‘rpa to‘shaklarini ochayotganda quda tarafdan ko‘rpalarning orasiga mato solib qo‘yadi va ochgan odam shu matoni oladi. Kelinning yuklarini uyning egasi niyat qilib qo‘ygan odamlariga ochdiradi. Yuk ochgan odamlarga berilgan matoni boshqalar peshonasiga surtadi. Bizga ham yetirsin deb. Sochqilar sochiladi. Mebelni tushirgan yigitlarga tuhfa sifatida pul beriladi. Kelinning ko‘rpa-to‘shagini qiz tarafdagi yangalar yig‘adi va kelinning qaynonasi mato beradi. Odatda, qiz yangalar to‘rtta bo‘ladi. Bittasi to‘y sayliga chiqadi va u bosh yanga hisoblanadi. Qolgan uch yangasi to‘y tarafda qoladi. Ikkitasi yuk yig‘adi. Bosh yangaga qaynona yanga ko‘ylak va pul beradi. Yangalar kelinning qaynonasiga qo‘g‘irchoq olib kelib sotadi. Ya’ni bu qo‘g‘irchoq chaqaloq ma’nosida bo‘lib yangi kelin tezroq farzandli bo‘lsin deb qilinadi. To‘ydan keyin qo‘g‘irchoqni kelin o‘ziga olib qo‘yadi. Bizda qudalarni o‘zgacha usul bilan kutiladi va qudalar uchun o‘zgacha dasturxon yoziladi. Qudalarni yaxshilab kutish uchun qarindosh urug‘lardan chaqqoni qo‘yiladi. Qudalarning ko‘nglini olish shularning zimmasida hisoblanadi. Ayol qudalar bir tog‘ora bo‘rak va patir olib keladi va to‘yga kelganlar shulardan yeyishadi. Buning ma’nosi bizni ham shu kunlarga yetkazsin degani. Kechki to‘y tugagandan keyin, agar qizni uzatib olgan bo‘lsa, qizning yangalari ham kuyov bolaning uyiga boradi. Download 44.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling