Baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sug‘urtalash hozirgi vaqtda sug‘urta amaliyotda ixtiyoriy va majburiy shakllarda amalga oshiriladi


Majburiy davlat sug’urtasining zarurligi va ahamiyati


Download 118.03 Kb.
bet2/5
Sana06.04.2023
Hajmi118.03 Kb.
#1332421
1   2   3   4   5
Bog'liq
MM-58-2 guruh talabasi Xolbozorov Orzubek

Majburiy davlat sug’urtasining zarurligi va ahamiyati

Bugungi kunda O‘zbekiston sug‘urta sohasida baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sug‘urtalashning majburiy turlariga quyidagilar kiradi:



  • soliq organlari xodimlarini baxtsiz hodisalardan majburiy davlat sug‘urtasi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlarini baxtsiz hodisalardan majburiy davlat sug‘urtasi.

Baxtsiz hodisalardan sug‘urtalashning ushbu majburiy turi majburiy davlat sug‘urtasi deb yuritiladi. Majburiy davlat sug‘urtasida davlat xizmatichlari va kasb xatarliligi bilan bog‘liq xodimlarning hayoti va salomatligi davlat tomonidan ijtimoiy himoyaga olinadi.
Ijtimoiy himoya – keng ma’noda mamlakat aholisini ijtimoiy va moddiy muxofaza qilinishini ta’minlaydigan va jamiyatda qaror topgan huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy chora - tadbirlar majmui, tor ma’noda davlat va jamiyatning yoshi, salomatligi holati, ijtimoiy ahvoli, tirikchilik vositalari bilan etarli ta’minlanmagani tufayli yordamga, ko‘makka muxtoj fuqarolar to‘g‘risidagi g‘amhurligi. Uning asosiy maqsadi aholini farovonligining to‘xtovsiz yaxshilanishini ta’minlash, aholini qatlamlarini ta’lim, madaniyat, kasb malakasi, daromadlari jihatidan keskin tafovutlariga barham berish, jamiyat tomonidan insonga munosib hayot darajasini va inson taraqqiyotini ta’minlashga yordam berishdan iborat. Majburiy Davlat sug‘urtasi shartnomasini tuzishda qo‘yidagi tomonlar ishtirok etadilar:

  • sug‘urtalovchi – O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq davlat majburiy sug‘urtasini amalga oshiruvchi vakolatli sug‘urta tashkiloti;

  • sug‘urta qildiruvchi - sug‘urtalovchi bilan sug‘urta qilish shartnomasini tuzuvchi va sug‘urtalovchi bilan sug‘urta munosabatlariga kirishuvchi hamda sug‘urta mukofotlarini to‘lovchi O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasining Davlat bojxona qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegaralarini qo‘riqlash qo‘mitasi;

  • sug‘urtalanuvchi - foydasiga sug‘urta amalga oshirilgan va sug‘urta badali to‘langan harbiy xizmatchilar, yig‘inga chaqirilgan harbiy xizmatga majbur oddiy askar va qo‘mondonlik tarkibiga kiruvchi shaxslar;

  • naf oluvchilar – O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq sug‘urtalangan shaxs o‘z xizmat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda halok bo‘lgan (vafot etgan) taqdirda sug‘urta tovonini olish huquqiga ega bo‘lgan sug‘urtalanuvchi shaxsning merosxo‘rlari.

Majburiy Davlat sug‘urtasida sug‘urta summasi davlat sud ekspertlarining hayoti va sog‘lig‘ini davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi uning doirasida sug‘urta tovoni to‘lash majburiyatini olgan pul mablag‘lari summasi hisoblanadi. Sug‘urta summasi O‘zbekiston Resupblikasi qonunchiligi bilan belgilangan minimal ish haqining to‘lov kuniga nisbatan olingan va sug‘urtalovchining har bir sug‘urtalanuvchi oldidigi majburiyatining cheklangan miqdorini ifodalanadi. Harbiy xizmatchilar va oddiy askar va qo‘mondonlik tarkibiga mansub harbiy xizmatga majbur shaxslarni davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilishda sug‘urta mukofoti sug‘urtalanuvchilarning umumiy sonidan kelib chiqqan holda ularning har biri uchun sug‘urta qilidiruvchi tomonidan O‘zbekiston Resupblikasi qonunchiligi bilan belgilangan minimal ish haqining to‘lov kuniga nisbatan 20 foizi hisobidan olingan sug‘urtalovchiga har yili to‘lanishi shart bo‘lgan pul mablag‘lari summasi hisoblanadi
Majburiy Davlat sug‘urtasida sug‘urtalovchi sug‘urta tovonini quyidagi holatlarda amalga oshiradi:
a) Sug‘urtalangan shaxs xizmat (yig‘in) davrida yoki xizmatdan (yig‘indan) bo‘shagandan keyin bir yil ichida xizmat burchini o‘tash vaqtida jarohatlanishi (kontuziya), oqibatida halok bo‘lgan (vafot etgan)da naf oluvchilarga (meros huquqi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani taqdim etish sharti bilan) sug‘urta summasining to‘liq miqdorida, eng kam ish hqining etti yillik hajmida – 9945600 so‘m miqdorida;
b) Sug‘urtalangan shaxsga o‘z xizmat (yig‘in) burchini o‘tash bilan bog‘liq holda xizmatdan (yig‘indan) bo‘shagandan keyin bir yil ichida nogironlik berilgan bo‘lsa:

  • I guruh nogironiga - sug‘urta summasining 75 foizi – 7459200 so‘m miqdorida;

  • II guruh nogironiga - sug‘urta summasining 50 foizi - 4972800 so‘m miqdorida;

  • III guruh nogironiga - sug‘urta summasining 30 foizi – 2983680 so‘m miqdorida;

v) sug‘urtalnuvchi xizmat burchini o‘tash (yig‘in) davrida og‘ir yaralangan holatda – sug‘urta tovoni summasidan 20 foiz – 1989120 so‘m, engil yaralangan holatda – 10 foiz – 994560 so‘m;
g) muddatli harbiy xizmatchini, harbiy xizmatga majbur shaxslarning yig‘inlar davrida salomatligiga ko‘ra bunday keyin harbiy xizmatga (yig‘inga) yaroqsiz deb topilsa - sug‘urta tovoni summasidan 10 foiz – 994560 so‘m miqdorida.
Yuqorida keltirib o‘tilgan summalar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi eng kam ish haqi miqdoriga nisbatan aniqlanadi.
Harbiy xizmatchilar va oddiy askar va qo‘mondonlik tarkibiga mansub harbiy xizmatga majbur shaxslarni davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilishda sug‘urta shartnomasi bir kalendar yili davomida amal qiladi.
Sug‘urta shartnomasining amal qilish muddati tugashidan 30 kalendar kuni avval taraflardan birontasi ham yozma ravishda Sug‘urta shartnomasining amal qilishini to‘xtatishi to‘g‘risida ma’lum qilmagan bo‘lsa, sug‘urta shartnomasi keyinga keyingi kalendar yiliga uzaytirilgan deb hisoblanadi.
Harbiy xizmatchilar va oddiy askar va qo‘mondonlik tarkibiga mansub harbiy xizmatga majbur shaxslarni davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilishda Sug‘urta mukofoti to‘lovlari har chorakda sug‘urta mukofoti umumiy miqdorining ¼ qismi miqdorida Sug‘urtalovchining hisob raqamiga chorak boshlanganidan keyin 15 kalendar kuni ichida amalga oshiriladi.
Sug‘uta tovoni to‘lovi Sug‘urtalovchi tomonidan Sug‘urtalanuvchining yoki oluvchi hisobidan Naf oluvchilarning bank hisob raqamiga pul mablag‘larini o‘tkazib berish, chek yozib berish, pochta jo‘natmasi va boshqa qonunchilikda yo‘l qo‘yilgan usullarda amalga oshirilishi mumkin.
Balog‘at yoshiga etmagan Naf oluvchiga sug‘urta tovoni to‘lovi faqat uning nomiga bankda ochilgan Shaxsiy hisobvaraqqa o‘tkazib berish va ayni vaqtda bu haqda vasiylik organlarini xabardor etish orqali amalga oshiriladi.
Sug‘urta tovoni to‘lovi Sug‘urtalovchi barcha zarur hujjatlarni olganidan keyin, agar Sug‘urta qildiruvchi sug‘urta mukofotlarini o‘z vaqtida to‘lab turgan bo‘lsa, 5 bank kuni ichida amalga oshiriladi.
Sug‘urta tovoni to‘lovini rad etgan holda, Sug‘urtalovchi barcha zarur hujjatlar topshirilganidan keyin 15 kalendar kuni ichida Sug‘urtalanuvchiga (Naf oluvchilarga) bu haqda rad etish sabablarini ko‘rsatgan holda xabar beradi.
Sug‘urta tovonini to‘lab to‘g‘risidagi arizalar sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganidan uch yil o‘tganidan keyin berilgan arizalar ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
Muddatli xizmat harbiy xizmatchisi harbiy xizmatni o‘tash (yig‘in) chog‘ida salomatligiga ko‘ra bundan keyingi xizmatga (yitg‘ingpa) yaroqsiz deb topilsa, u o‘z yashash joyga qaytib ketayotgan paytda harbiy qism yoki harbiy-davolash muassasasi tomionidan uning qo‘liga kasalligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma vakolatli idoralarga taqdim etish uchun beriladi.
Sug‘urtalanuvchi xizmatni o‘tash (yig‘in) chog‘ida olgan jarohat, kontuziya, mayiblik va majruhlik olsa, va buning oqibatida u kassaligig yoki sadomatligining cheklanganligi sababli xizmatdan (yig‘indan) bo‘shatilishi zarur bo‘lmasa, xizmatga yaroqlilik darajasini aniqlovchi tegishli HVK tomonidan jarohat, kontuziya, mayiblik va majruhlik oliishining shart-sharoitlari to‘g‘risidagi daolatnoma (ma’lumotnoma) asosida uni tibbiy tekshiruvdan o‘tkazgandan keyin, olingan jarohat, kontuziya, mayiblik va majruhlik to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim etiladi (mazkur Nizomga 1-sonli ilova).
Mazkur ma’lumotnoma o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi va ma’lumotnomaning nushasi HVK da 25 yil davomida saqlanadi.
Sug‘urtalanuvchi olgan jarohat, kontuziya, mayiblik va majruhlik to‘g‘risdagi ma’lumotni yo‘qotib qo‘ysa, u HVK murojaat qilgan holda unga ana shu ma’lumotnomaning dublikati beriladi va uning o‘ng yuqori burchagida “Yo‘qotilgani o‘rniga berilgan dublikat” deb yozib qo‘yiladi.
Olingan jarohat, kontuziya, mayiblik va majruhlik darajasi HVK tomonidan Og‘ir va engil darajaga kiruvchi jarohat, kontuziya, mayiblik va majruhlik ro‘yxati asosida aniqlanadi
Sug‘urta tovoni to‘lovi hisob-kitob qiymati miqdorida, sodir bo‘lgan sug‘urta hodisasiga bog‘liq ravishda, avval ham xudii shu turdagi hodisa uchun to‘langan summani chegrib tashlash orqali, ammo har bir sug‘urtalanuvchi uchun belgilangan sug‘urta summasidan ortiq bo‘lmagan miqdorda to‘lanadi. Barcha holatlarda ham Sug‘urtalanuvchiga sug‘urta SHartnomasi amal qilib turgan davr ichida to‘lab berilgan barcha sug‘urta tovoni to‘lovlari summasi sug‘urta tovoni summasidan ortib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Sug‘urtalanuvchi yoki Naf oluvchilar sug‘urta tovoni to‘lovini o‘z vaqtida olishlari uchun ularning yashash joylaridagi Vakolatli tizimlar ularga sug‘urta to‘lovini talab qqiilib olishlarida va sug‘urta tovoni to‘lovini olish uchun haqdorldikni isbotlovchi zarur hujjatlarni rasmiylashtrishda yordam ko‘rsatadailar.
To‘lov haqidagi arizani qabul qilib olish va ko‘rib chiqish bilan Sug‘urtalovchining mintaqaviy bo‘linmalari, shuningdek Sug‘urtalovchi tomonidan vakolat berilgan Sug‘urtalanuvchining yashash joyidagi boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Sug‘urtalanuvchi halok bo‘lgan (vafot etgan) holda Naf oluvchilar tomonidan notarial idoradan meros huquqi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish uchun Sug‘urtaldanuvchining yashash joyidagi Vakolatli tizimlar notarial taqdim etish uchun murojjaat etgan Naf oluvchilarga ma’lumotnoma beradilar.
Sug‘urta tovoni to‘lovini olish huquqini aniqlash uchun Sug‘urtalanuvchi yoki meros huquqi to‘g‘risda ma’lumotnomani olgan Naf oluvchilar Vakolatli tizimlarda rasmiylashtirilgan quyidagi hujjatlarni Sug‘urtalovchiga topshiradilar:
a) Sug‘urtalanuvchi xizmat (yig‘in) vaqtida halok bo‘lgan (vafot etgan) taqdirda:

  1. ariza;

  2. sug‘urtalanuvchining vafoti to‘g‘risdagi guvohnomaning notarial tasdiqdangan nushasi;

  3. meros huquqi to‘g‘risdagi guvohnoma;

  4. shaxsni tasdiqlovchi hujjat.

Xizmatdan (yig‘indan) bo‘shatilganidan keyin bir yilgacha muddat ichida xizmatni o‘tash vaqtida olgan jarohatlanishi, kontuziya, mayiblik yoki kassallik oqibatida halok bo‘lgan (vafot etgan) Sug‘urtalanuvchi uchun yuqoridagilardan tashqari qo‘shimcha ravishda VTEK ning mazkur holatni tasdiqlovchi ma’lumotnomasi topshiriladi;
b) sug‘urtalanuvchiga nogironlik belgilanganda:

  1. ariza;

  2. nogironlik belgilanganligi to‘g‘risda VTEK ma’lumotnomasining nogironlik guruhini, nogironlik belgilanish sababi va joyini ko‘rsatgan holda berilgan, notarial tartibda tasdiqlangan nushasi;

  3. shaxsni tasdiqlovchi hujjat;

  4. harbiy guvohnoma – harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majbur shaxslar uchun;

  5. mehnat daftarchasining nushasi – oddiy askar va qo‘mondanlik tarkibidagi shaxslar uchun;

v) Sug‘urtalanuvchi xizmatni o‘tash (yig‘in) vaqtida og‘ir yoki engil toifadagi jarohat olgan taqdirda:

  1. ariza;

  2. HVK ning jarohatning og‘ir-ekngilligi haqidagi o‘rnatilgan tartibdagi ma’lumotnomasi;

  3. shaxsni tasdiqlovchi hujjat;

g) muddatli xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchining, harbiy xizmatga majbur shaxsning xizmatni o‘tash (yig‘in) vaqtida salomatligiga ko‘ra bundan keyin xizmatni (yig‘inni) o‘tash uchun yaroqsiz deb topilgan holda:

  1. ariza;

  2. Sug‘urtalanuvchining kasalligi to‘g‘risidagi notarial tasdiqlangan guvohnoma;

  3. shaxsni tasdiqlovchi hujjat;

  4. harbiy guvohnoma.

Harbiy xizmatchilar va oddiy askar va qo‘mondonlik tarkibiga mansub harbiy xizmatga majbur shaxslarni davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilishda sug‘urtalanuvchi (Naf oluvchilar) sug‘urta hodisasiga bog‘liq ravishda yuqoridagi ro‘yxat asosida hujjatlarni topshiradilar. Mazkur hujjatlar to‘liq hajmda (butlangan holda) topshirilmasa Sug‘urtalovchi yozma ravishda etishmayotgan hujjatlarni talab qilib olishi shart.
Sug‘urtalanuvchi yoki Naf oluvchilar sug‘rta tovoni to‘lovini olish to‘g‘risdagi arziani topshirganda Sug‘urtalovchi arizalarni va harbiy xizmatchilar, yig‘inga chaqirilgan harbiy xizmatga majbur oddiy askar va qo‘mondonlik tarkibiga kiruvchi shaxslarga majburiy davlat sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta tovonini to‘lanishini ro‘yxatga olish daftarida qayd etishi, tegishli hujjatlarning to‘liqligi va to‘g‘riligini tekshirishi shart.
Vakolatli tizimlar Sug‘urtalovchining talabiga ko‘ra sug‘urta tovoni to‘lovini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan sug‘urta hodisasining vujudga kelish holatlari to‘g‘risdagi hujjatlarni zudlik bilan taqdim etishlari shart.


  1. Download 118.03 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling