Baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sug‘urtalash hozirgi vaqtda sug‘urta amaliyotda ixtiyoriy va majburiy shakllarda amalga oshiriladi


Download 118.03 Kb.
bet1/5
Sana06.04.2023
Hajmi118.03 Kb.
#1332421
  1   2   3   4   5
Bog'liq
MM-58-2 guruh talabasi Xolbozorov Orzubek


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI





“Sug’urta va pensiya ishi” kafedrasi

SUG’URTA ISHI”


fanidan
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Majburiy sug‘urta


Bajardi: 4-kurs MM-58-2 guruh talabasi:
Xolbozorov O
Ilmiy rahbar: Umidjon Sharipov
TOSHKENT-2022
REJA:

Kirish


  1. Majburiy davlat sug’urtasining zarurligi va ahamiyati

  2. Majburiy davlat sug’urtasini amalga oshirish tartibi

  3. Majburiy davlat sug’urtasini amalga oshirishda xorij tajribasi

  4. Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish

Baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sug‘urtalash hozirgi vaqtda sug‘urta amaliyotda ixtiyoriy va majburiy shakllarda amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 922-moddasida majburiy sug‘urta haqida alohida ko‘rsatib o‘tilgan. Xususan, unda shunday deyiladi: «Qonunda quyidagilarni sug‘urta qilish majburiyati belgilab qo‘yilishi mumkin:


- qonunda ko‘rsatilgan boshqa shaxslarning hayoti, sog‘ligi yoki mol-mulki ularning hayoti, sog‘ligi yoki mol-mulkiga zarar etkazilishi ehtimolini nazarda tutib;
- boshqa shaxslarning hayoti, sog‘ligi yoki mol-mulkiga zarar etkazilishi yoxud boshqa shaxslar bilan tuzilgan shartnomalarning buzilishi oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan o‘zining fuqaroviy javobgarligi xavfi».
Sug‘urta qildiruvchi bo‘lish majburiyati qonun bilan unda ko‘rsatilgan shaxslar zimmasiga yuklanadi. Qonunda majburiy sug‘urtaning boshqa turlari ham belgilanishi mumkin. Fuqaroga o‘z hayoti yoki sog‘ligini sug‘urtalash majburiyati qonun bilan yuklatilishi mumkin emas. Qonunda nazarda tutilgan hollarda yoki unda belgilangan tartibda xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida davlatga qarashli mol-mulkka ega bo‘lgan yuridik shaxslarga bu mulkni sug‘urtalash majburiyati yuklanishi mumkin.
Majburiy sug‘urta bunday sug‘urta qilish majburiyati yuklangan shaxs (sug‘urta qildiruvchi) sug‘urtalovchi bilan sug‘urta shartnomasi tuzishi vositasida amalga oshiriladi. Majburiy sug‘urta sug‘urta qildiruvchi hisobidan amalga oshiriladi, yo‘lovchilarni majburiy sug‘urtalash bundan mustasno bo‘lib, bu sug‘urta qonunda nazarda tutilgan hollarda ularning o‘z hisobidan amalga oshirilishi mumkin. Majburiy sug‘urtalanishi lozim bo‘lgan ob’ektlar, ular sug‘urtalanishga sabab bo‘ladigan xavflar va sug‘urta pulining eng kam miqdorlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Fuqarolik kodeksining 924-moddasida majburiy sug‘urta to‘g‘risidagi qoidalarni buzish oqibatlari ko‘rsatib o‘tilgan. Qonun bo‘yicha foydasiga majburiy sug‘urta amalga oshirilishi lozim bo‘lgan shaxs, agar sug‘urta amalga oshirilmagani unga ma’lum bo‘lsa, sug‘urta qildiruvchi sifatida zimmasiga sug‘urtalash majburiyati yuklangan shaxs uni amalga oshirishini sud tartibida talab qilishga haqli. Agar sug‘urta qildiruvchi sifatida sug‘urtalash majburiyati zimmasiga yuklangan shaxs uni amalga oshirmagan bo‘lsa yoki sug‘urta shartnomasini naf oluvchining ahvolini qonunda belgilangan shartlarga nisbatan yomonlashtiradigan shartlarda buzgan bo‘lsa, u sug‘urta hodisasi yuz berganida basharti tegishlicha sug‘urtalangan taqdirda sug‘urta tovoni to‘lashga asos bo‘lishi kerak bo‘lgan shartlarda javobgar bo‘ladi. Shu erda ta’kidlash lozimki, majburiy sug‘urta turlari hukumat qarorlari asosida joriy etilgan. Unda sug‘urtalanuvchilar guruhi, sug‘urta qilish shartlari, sug‘urta tarifi stavkalari va sug‘urta qoplamalari miqdorlari ko‘rsatilgan. Fuqarolarning ijtimoiy manfaatlarini va davlatning manfaatlarini ta’minlash maqsadida qonunda hayot, sog‘lik va mol-mulkning majburiy davlat sug‘urtasi belgilab qo‘yilishi mumkin. Majburiy davlat sug‘urtasi ana shu maqsadlar uchun davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi. Majburiy davlat sug‘urtasi bevosita sug‘urta to‘g‘risidagi qonun hujjatlari asosida unda ko‘rsatilgan davlat sug‘urta tashkilotlari yoki davlatning boshqa tashkilotlari (sug‘urtalovchilar) tomonidan amalga oshiriladi.


  1. Download 118.03 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling