Baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sug‘urtalash hozirgi vaqtda sug‘urta amaliyotda ixtiyoriy va majburiy shakllarda amalga oshiriladi
Majburiy davlat sug’urtasini amalga oshirishda xorij tajribasi
Download 118.03 Kb.
|
MM-58-2 guruh talabasi Xolbozorov Orzubek
Majburiy davlat sug’urtasini amalga oshirishda xorij tajribasi
Hozirgi paytda harbiy xizmatchilarni sug‘urta qilish dunyoning ko‘plab mamlakatlarida keng tarqalgan bo‘lsada, turli shakllarga va qo‘llanish chegaralariga ega. NATO tashkilotiga a’zo bo‘lgan aksariyat mamlakatlari harbiy-siyosiy rahbariyati harbiy xizmatchilarning ijtimoiy-huquqiy mavqeiga va kafolatlariga rioya qilishni Qurolli Kuchlarda xizmat qilishning nufuzi va jalb etuvchanligini saqlash, shuningdek, Shaxsiy tarkibning professional mahoratni oshirish va harbiy karerani davom ettirishdan manfaatdorligini rag‘batlantirishning majburiy sharti sifatida ko‘rib chiqadi. Xorijda harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish masalalarini ko‘rib chiqishda, ayniqsa, salomatlikka ziyon etkazilgan hollarda jangovar vazifalarni bajarishda, jumladan, aksilterror faoliyatini amalga oshirishda salomatligiga ziyon etkazilgan harbiy xizmatchilarning muammolarini hal qilish ustuvor hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan AQSH qurolli kuchlarida harbiy xizmatchilar hayoti va salomatligini sug‘urta qilishni tashkil qilish masalasi qiziqish uyg‘otadi. Rossiya uchun zamonaviy bosqichda erishish imkoni bo‘lmagan qo‘shinlar moddiy ta’minoti darajasini hisobga olgan holda harbiy xizmatchilar hayoti va salomatligi ijtimoiy himoya qilishni tashkil qilish va amalga oshirishga bu ikki xil yondashuvni taqqoslash foydadan xoli bo‘lmaydi. AQSH harbiy xizmatchilari hayoti va salomatligini sug‘urta qilishni tashkil qilish tamoyillarini ko‘rib chiqishda Rossiya harbiy xizmatchilarini sug‘urta qilishdan farqlab turadigan bir qator muhim xususiyatlarni aratib ko‘rsatish lozim. Amerika harbiylarini sug‘urta qilish AQSH Kongressi tomonidan qabul qilinadigan muayyan sug‘urta dasturlari doirasida amalga oshiriladi. 1919 yildan boshlab hozirgi kungacha AQSHda 8 ta sug‘urta dasturi mavjud bo‘lgan: - United States Government Life Insurance (USGLI) - 1919-1951 yy.; - National Service Life Insurance (NSLI) - 1940-1951 yy.; - Veterans’ Special Life Insurance (VSLI) - 1951-1956 yy.; - Veterans’ Reopened Insurance (VRS) - 1965-1966 yy.; - Service-Disabled Veterans Insurance (SDVI) - 1951 yildan boshlab hozirgi paytgacha; - Servicemembers’ Group Life Insurance (SGLI) - 1965 yildan boshlab hozirgi paytgacha; - Veterans’ Mortgage Life Insurance (VMLI) - 1971 yildan boshlab hozirgi paytgacha; - Veterans’ Group Life Insurance (VGLI) - 1974 yildan boshlab hozirgi paytgacha. Rossiyadan farqli ravishda, AQSHda harbiy xizmatchilarni sug‘urta qilish majburiy emas va doim ham davlat sug‘urtasi qo‘llanmaydi. Tadqiqot maqsadida yuqorida aytib o‘tilgan sug‘urta dasturlari o‘tkazishning retrospektiv tahlilini amalga oshiramiz. AQSH hukumati harbiy xizmatchilarni sug‘urta qilishda ishtirok etish zaruratiga ilk bora birinchi jahon urushi davrida duch kelgan bo‘lib, o‘shanda davlatning harbiy harakatlar tufayli yuzaga keladigan sug‘urta risklarini qoplash zarurati vujudga kelgandi. AQSH Prezidenti Dj.Vilson AQSH neytraliteti haqida e’lon qildi, lekin amerikalik tijorat savdo kemalari Germaniyaga qarshi urush olib borayotgan evropalik ittifoqchilarni harbiy texnika bilan ta’minlashda faol ishtirok etgan. Bu savdo kemalari egalari kemalarning halok bo‘lish riski juda yuqori bo‘lgan urush sharoitlarida katta riskni o‘z zimmasiga olishni istamagan ijorat sug‘urta kompaniyalari bilan dengiz sug‘urta shartnomalari tuza olmasdi. Bunday sharoitlarda AQSH Hukumati sug‘urta bilan o‘zi shug‘ullanishga majbur edi. AQSH Kongressi 1914 yilning 2 sentyabrida maxsus sug‘urta dasturi – harbiy harakatlar riskini sug‘urta qilish (War Risk Insurance Act) dasturini qabul qilgan bo‘lib, ushbu dastur ittifoqchilarni ta’minlayotgan savdo kemalari uchun dengiz risklaridan sug‘urta qilishni ta’minlagan. Hukumat AQSHda eng faol sug‘urta qildiruvchiga aylandi. 1917 yil Amerika Germaniyaga qarshi urushga kirishdi. Tez orada, 1917 yilning 12 iyunida AQSH Kongressi Hukumat sug‘urta dasturiga o‘zgarishlar kiritgan bo‘lib, ularga ko‘ra harbiy ta’minotni amalga oshirishda ishtirok etadigan savdo floti dengizchilarining barchasini Shaxsiy sug‘urta qilish joriy qilingan. 1917 yilning 6 oktyabrida unga harbiy xizmatchilarni ham sug‘urta qilish bilan bog‘liq o‘zgarishlar kiritildi. Birinchi jahon urushi yillari davomida 4 mln. dan ortiq sug‘urta polisi berildi. 1919 yil AQSH Kongressi Qo‘shma SHtatlar Hukumatining hayotni sug‘urta qilish haqida Dasturini (United States Government Life Insurance - USGLI) qabul qildi. Ushbu dastur birinchi jahon urushi davomida berilgan polislar bo‘yicha va urushdan keyin berilgan polislar bo‘yicha sug‘urtani ta’minlagan. Ushbu Dastur 1951 yilning 25 apreligacha amal qilgan. USGLI Dasturi sug‘urta polislari sohiblari ushbu Dastur yakunlangan va ular harbiy xizmatdan ketganidan so‘ng ham sug‘urta hmioyasi huquqini saqlab qoldi. Bugungi kunda bunday sug‘urta polislaridan hali 20000 tasi amal qilmoqda, ular bo‘yicha sug‘urta qilinganlarning o‘rtacha yoshi esa 81 yoshni tashkil qiladi. USGLI sug‘urta polislari bo‘yicha sug‘urta qoplami maksimal summasi – 10 ming doll. Hayotni sug‘urta qilish milliy servis dasturi (The National Service Life Insurance - NSLI) AQSH Kongressi tomonidan 1940 yil 8 oktyabrda qabul qilindi. Uning maqsadi Qo‘shma Shtatlar tomonida harakat qilgan ikkinchi jahon urushi faxriylari va fuqaro qatnashchilari uchun sug‘urta himoyasini ta’minlash hisoblangan. Dasturni amalga oshirish davrida, 1940 yildan 1951 yilgacha, to 1951 yil 25 aprelda dastur yopilgunga qadar 22 mln. dona NSLI polisi chiqarildi. Hozirgi kunda 1 mln. 900 dona polis amal qilayotgan bo‘lib, ular bo‘yicha sug‘urta qilinganlarning o‘rtacha yoshi 74 yoshni tashkil qiladi. Polislar bo‘yicha maksimal sug‘urta qoplami – 10 ming doll. Biroq bu sug‘urta qilinganlarga, ayniqsa, yillik dividendlar bilan taklif etilishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha sug‘urtani o‘z ichiga olmaydi. 1951 yil Koreya urushi qatnashchilari – harbiy xizmatchilar va xizmat ko‘rsatuvchi fuqaro personalni sug‘urta qilish dasturi. Bu urushda ishtirok etgan harbiy xizmatchilar Shaxsiy xarajatlarsiz, AQSH Hukumati hisobiga butun xizmat davriga sug‘urta qilindi. Amalga oshirilgan maxsus sug‘urta dasturi Servicemen's Indemnity – xizmatchilarni ko‘rgan zararni qoplash (kompensatsiyalash) nomini oldi va 10 ming doll. miqdorida maksimal sug‘urta qoplamini taqdim etdi. U qurolli kuchlar safidan chiqqandan so‘ng 120 kun davomida sug‘urta himoyasini ko‘zda tutgan. Xizmatdan yaqinda bo‘shatilgan faxriylar (necha yoshdagi ekanligidan qat’i nazar AQSHda barcha xizmatdan ketgan harbiy xizmatchilar faxriylar deb ataladi - B.C.) hukumat hisobiga sug‘urta muddatini uzaytirib beradigan Faxriylar hayotini sug‘urta qilish maxsus Dasturi (Veterans Special Life Insurance - VSLI) bo‘yicha ham shartnoma tuzilari mumkin bo‘lgan. 50-yillarning boshlarida tijorat sug‘urta kompaniyalari AQSH Huumatini uning faxriylar hayoti uchun sug‘urta dasturlari bilan birgalikda sug‘urta bozorida jiddiy raqobatchi sifatida ko‘rib chiqa boshladilar va hayotni sug‘urta qilish bo‘yicha hukumat dasturlarini chegaralaydigan qonun loyihalarini Kongressda ilgari surish va himya qilishga kirishdilar. Natijada 1956 yilning oxiriga kelib VSLI dasturi yopildi. 1964 yil AQSH Kongressi 1940 yildan 1956 yilgacha bo‘lgan davrda olingan NSLI va VSLI sug‘urta polislariga ega bo‘lgan faxriylar uchun takroran, 1965 yil 1 maydon 1966 yil 2 maygacha – bir yil davomida hayotni sug‘urta qilish Hukumat dasturi bo‘yicha sug‘urta qildirish huquqini ko‘zda tutadigan qonun qabul qildi. 228 mingga yaqin polis berildi. Bugungi kunda takroriy sug‘urta polislariga ega bo‘lgan faxriylar soni 90 mingdan ortiqni tashkil qiladi. Takroriy sug‘urta polislari bo‘yicha sug‘urta maksimal qoplami – 10 ming doll. 1965 yil berilgan Xizmatchilar hayotini sug‘urta qilish Dasturi (SGLI) amaldagi harbiy xizmatchilar va zaxiradagilar hayotini sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta mukofoti maqbul keladigan hajmi bilan tavsiflanadi. Ushbu dasturning amal qilishi Vetnam urushi qatnashchilarini Shaxsiy sug‘urta qilishni tashkil qilish bilan boshlandi. Ushbu dasturga xos bo‘lgan xususiyatlardan biri shundaki, uning asosida birgalikda sug‘urta qilish yotadi. AQSH Hukumati harbiy xizmatchilarni sug‘urta qilishda xususiy sug‘urta tizimi bilan birgalikda ishtirok eta boshladi. Bunday birgalikda sug‘urta qilishdan maqsad – tijorat sug‘urta kompaniyasida sug‘urta polisi xarid qilishda ochiqroq, osonroq olish mumkin bo‘lgan sug‘urta taklif qilishir. Ushbu polis bo‘yicha AQSH hukumati sug‘urta kompaniyasiga harbiy xizmat bilan bog‘liq risklar bo‘yicha sug‘urta badallarining bir qismini to‘alydi. Qolgan barcha risklar harbiy xizmatchilarning maoshidan ushlab qolinadigan sug‘urta badallari bilan to‘lanadi. AQSHda harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilardan tashqari qurolli kuchlar faxriylariga ham alohida e’tibor qaratiladi. Maxsus ular uchun ikkita sug‘urta dasturi ishlab chiqildi: 1971 yil – Faxriy hayotini sug‘urta qilish garovi Dasturi - Veterans’ Mortgage Life Insurance (VMLI), va 1974 yil – Faxriylar guruhi hayotini sug‘urta qilish - Veterans’ Group Life Insurance (VGLI). Faxriylar uchun sug‘urta dasturlari o‘ziga xos qolgan umrni sug‘urta qilish bo‘lib, bunda muayyan yoshga (masalan, 65 yosh) etgach yoki layoqatsizlik holatida sug‘urta summasi yillik dividendlar ko‘rinishida to‘lab boriladi. Yuqorida bayon qilinganlardan shunday xulosa chiqarish mumkinki, AQSHda harbiy xizmatchilarni Shaxsiy sug‘urta qilish klassik sug‘urta turiga mansub. Harbiy xizmatchi xususiy sug‘urta kompaniyalardan birida sug‘urta polisi xarid qilib, kelishilgan miqdorda o‘z hayotini sug‘urta qilishi qilishi (sug‘urta shartnomasi tuzishi) mumkin. Bunda uning o‘zi foyda oluvchilarni tayinlaydi va ushbu sug‘urta polisining bir qismini to‘laydi. Harbiy xizmatchining o‘lim holatida eng tarqalgan maksimal sug‘urta qoplami 10 ming dollardan 50 ming dollargachani tashkil qiladi. Qo‘shma Shtatlar sug‘urta amaliyotida harbiy xizmatchilar maoshidan sug‘urta kompaniyasining hisobraqamiga o‘tkaziladigan oylik sug‘urta badali qaror topgan. Oylik sug‘urta badali miqdori sug‘urta polisi qanchalik maksimal sug‘urta himoyasiga mo‘ljallangani va qaysi sug‘urta dasturi bo‘yicha amal qilishiga bog‘liq. Masalan, ilgari sug‘urta himoyasi maksimal summasi 50 ming dollar bo‘lganda AQSH Xukumatining ishtirokidagi dastur bo‘yicha harbiy xizmatchining sug‘urta badali 4 dollarni tashkil qilgan. Hozirgi paytda AQSHda 5 mln.dan ortiq harbiy xizmatchilar va qurolli kuchlar faxriylari sug‘urta dasturlari bilan qamrab olingan. Bu 2003 yilning 1 iyulidan boshlab AQSH harbiy xizmatchilari uchun hayotni sug‘urta qilish asosiy Dasturi - Servicemembers' Group Life Insurance (SGLI) bo‘yicha asosiy oylik badal miqdorini kichraytirishga imkon berdi. «1000 dollar miqdorida sug‘urta qoplami uchun oylik badal 8 sentda 6,5 sentgacha tushirildi. Maksimal 250 ming doll. miqdordagi sug‘urta qoplami uchun oylik sug‘urta badali 20 dollardan 16 dollar 25 sentgacha tushirildi». ossiyalik harbiy xizmatchilar salomatlikka etkazilgan ziyonning harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish bilan, harbiy xizmat omillari bilan bog‘liq yoki bog‘liq emasligidan qat’i nazar sug‘urta himoyasiga ega bo‘ladi. SGLI dasturida ishtirok etadigan amerikalik harbiy xizmatchilar uchun esa harbiy sabablar (war cause) bilan, ya’ni harbiy xizmat majburiyatlarini ijro etish bilan bog‘liq ravishda yuzaga kelgan hodisalar sug‘urta holati hisoblanadi. AQSH va Rossiya harbiy xizmatchilarni sug‘urta qilish tizimlarining qisman o‘xshashligi davlatning sug‘urta qiluvchi idoralarga sug‘urta mukofotlarini qoplashda ishtirok etishi bilan asoslanadi. Biroq agar rossiyalik harbiy xizmatchilar uchun bu ishni Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi har yili amalga oshiradigan bo‘lsa, AQSH Mudofaa vazirligi faqat harbiy xizmatchi xizmat majburiyatlarini ijro etish paytida halok bo‘lgan hollarda amalga oshiradi. SHunda harbiy xizmatchining oila a’zolari ular o‘lim holatiga qadar to‘lab borgan sug‘urta badallari miqdoridan qat’i nazar to‘liq sug‘urta summasini oladi. Sug‘urta badallarining qolgan summasini AQSH hukumati to‘laydi. SHunga e’tibor qaratish kerakki, harbiy xizmatchilarning harbiy xizmat bilan bog‘liq bo‘lmagan har qanday kasallik oqibatlari sug‘urta holati hisoblanmaydi va ular bo‘yicha sug‘urta summasini to‘lash amalga oshirilmaydi. AQSH harbiy xizmatchilarni Shaxsiy sug‘urta qilish tizimida sug‘urta summasini to‘lashning bir necha xil varianti mavjud. Halok bo‘lgan harbiy xizmatchining bevasi o‘zining sug‘urta summasiga egalik huquqini ikki usul bilan amalga oshirishi mumkin: butun summani birdaniga olish (butun summaga chek daftarchasi beriladi) yoki 2 yil davomida alohida har oylik to‘lovlar bilan olish. Sug‘urta pulini to‘lash harbiy xizmatchining halok bo‘lgani va uning foyda oluvchilari haqida barcha zarur hujjatlar taqim etilganidan so‘ng amalga oshiriladi. Hozirgi paytda AQSHda harbiy xizmatchilar hayoti va salomatligini sug‘urta qilish dasturlarini amalga oshirish bilan shug‘ullanuvchi 99 ta sug‘urta kompaniyalari va tashkilotlari faoliyat yuritmoqda. Asosiy sug‘urta kompaniyalari quyidagilar hisoblanadi: Metropolitan Life, The Prudential of America, Connecticut General Life, Northwester Mutual Life, Armed Forces Benefit Association (AFBA) va boshqalar. Nomi aytib o‘tilgan kompaniyalarning ayrimlari sug‘urta biznesida katta stajga ega bo‘lib, ko‘p sonli sug‘urta mahsulotlaridan tashqari boshqa moliyaviy xizmatlarni ham taklif qilgan holda harbiy xizmatchilarni sug‘urta qilish bilan o‘n yilliklar davomida shug‘ullanib kelmoqda. Masalan, AFBA (qurolli kuchlarga ko‘maklashish Assotsiatsiyasi) 1947 yilning 1 fevralida AQSH mudofaa vaziri G.Patterson va qurolliy kuchlar bosh qo‘mondoni general A.Eyzenxauerning yordami bilan ta’sis etilgan. Assotsiatsiya o‘z ishini chet elda xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar hayoti va salomatligini sug‘urta qilishdan boshlagan. Assotsiatsiyaning missiyasi harbiy xizmatchilarning ushbu toifasini sug‘urta himoyasini nafaqat urush paytida, balki tinchlik davrida ham ta’minlashdan iborat edi. 1947 va 1948 yillar davomida AFBA sug‘urtani barcha harbiy xizmatchilarga nisbatan joriy qildi va hozirgi paytga kelib, AFBA sug‘urta polisi barchamaldagi harbiy xizmatchilardan tashqari zaxiradagilar, faxriylar, qurolli kuchlarning fuqarolar tarkibidan bo‘lgan personali, shuningdek, boqimandalar uchun ham ochiqdir. 1989 yilning mart oyida AFBA moliya xizmatlari Kompaniyasi tashkil qilindi. Ushbu Kompaniya iste’fodagi ofitserlardan iborat bo‘lgan o‘zining Direktorlar Boshqarmasi tomonidan boshqariladi. Download 118.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling