Baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sug‘urtalash hozirgi vaqtda sug‘urta amaliyotda ixtiyoriy va majburiy shakllarda amalga oshiriladi


Majburiy davlat sug’urtasini amalga oshirish tartibi


Download 118.03 Kb.
bet3/5
Sana06.04.2023
Hajmi118.03 Kb.
#1332421
1   2   3   4   5
Bog'liq
MM-58-2 guruh talabasi Xolbozorov Orzubek

Majburiy davlat sug’urtasini amalga oshirish tartibi

Harbiy xizmatchilarni, qurolli kuchlar va harbiy flot faxriylarini, ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish har qanday davlatning ijtimoiy siyosatida ajralmas qismlardan biri hisoblanadi. U harbiy kiyim kiygan shaxslarning ayrim konstitutsion huquqlari chegaralanishi o‘rnini qoplashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar tizimini ifodalaydi. Vatanni himoya qilish harbiy xizmatchilar hayoti va salomatligi uchun risk darajasining yuqori ekanligi bilan bog‘liq. Shu sababli dunyoning ko‘plab mamlakatlarida ijtimoiy himoyaning sug‘urta kabi turi ko‘zda tutiladi. Harbiy xizmatchilar hayoti va salomatligining davlat majburiy sug‘urtasi majburiy sug‘urta shakllaridan biri hisoblanadi. Sug‘urta qildiruvchining sug‘urta manfaatlari muayn sug‘urta turi ob’ektlaridan birini sug‘urta qilishda namoyon bo‘ladi. Qonun kuchi bilan amalga oshiriladigan sug‘urta majburiy hisoblanadi. Majburiy sug‘urta turlari, shartlari va tartibi mos keluvchi qonunlar bilan belgilab beriladi. Majburiy sug‘urtada aynan davlat, u yoki bu organlar timsolida, belgilangan fuqarolar toifalarining mulkiy manfaatlarini samarali himoya qilish bo‘yicha ishlarni tashkillashtiradi. Mazkur umumiy asoslarda sug‘urta ishining u yoki bu tarmog‘ida majburiylik tamoyiliga xizmat qiladigan qo‘shimcha maxsus omillar ham amal qiladi. Xususan, hayot va salomatlik majburiy davlat sug‘urtasida majburiylik tamoyili muhim ijtimoiy rol ham o‘ynaydi. Sug‘urta shartnomalarining katta qismi tomonlarning erkin xohish bildirishi asosida tuziladi: sug‘urta qildiruvchi sug‘urta shartnomasi tuzishga majbur emas, xuddi shuningdek, sug‘urta qiluvchi esa sug‘urta qildiruvchining risklarini qabul qilishni rad etish huquqiga ega. Biroq etkazilgan ziyonning o‘rnini qoplash va bunda sug‘urta tashkilotining ishtirok etishi jamiyat manfaatlari ifodalaydigan hollarda tomonlarning erkinlik darajasi jiddiy cheklanishi mumkin. Bunda shartnoma tuzish huquqi o‘rniga sug‘urta qildiruvchida bu shartnomani imzolash majburiyati vujudga keladi. Bu turdagi majburiyat paydo bo‘lishi faqat majburiy sug‘urta qilish tartibi va shartlarini belgilab beradigan maxsus qonunlarda ko‘zda tutilgan hollardagina o‘ringa ega bo‘lishi mumkin. Harbiy xizmat majburiyatlarini ijro etish harbiy xizmatchilarning har qanday sharoitlarda, jumladan, ularning hayoti va salomatligi uchun risk yuqori bo‘lgan sharoitlarda barcha vazifalarni so‘zsiz bajarishi zarurligi bilan bog‘liq. Harbiy xizmatchilarga yuklatilgan vazifalarning oshkora xarakteri, shuningdek, xususiy va ommaviy manfaatlar muvozanati ta’minlash kabi konstitutsion tamoyilga rioya qilish zarurati shuni talab qiladiki, imtiyoz va kompensatsiyalarni kafolatlangan tarzda olish harbiy xizmatchilar huquqiy holatining tarkibiy qismi bo‘lishi lozim. Harbiy xizmatchilar hayoti va saloamatligi majburiy davlat sug‘urtasi tushunchasi tor, sug‘urta ma’nosida ham, keng – konstitutsion-huquqiy ma’noda ham ko‘rib chiqilishi mumkin.


Tor, sug‘urta ma’nosida bu – qonun kuchi bilan va sug‘urta qildiruvchi bilan sug‘urta qiluvchi (sug‘urta kompaniyasi) o‘rtasida tuzilgan O‘zbekiston Qurolli kuchlari harbiy xizmatchilarining hayoti va salomatligini sug‘urta qilish shartnomasi asosida, belgilangan hodisalar (sug‘urta holatlari) ro‘y berganda sug‘urta qiluvchi sug‘urta qildiruvchining sug‘urta qildiruvchiga federal byudjetdan ajratiladigan sug‘urta badallaridan (sug‘urta mukofotlaridan) shakllantiriladigan pul fondi hisobiga amalga oshiriladigan sug‘urtadir
Keng, konstitutsion-huquqiy ma’noda bu – O‘zbekiston Qurolli kuchlarining harbiy xizmatchilariga sug‘urta holati ro‘y berishi oqibatida sug‘urta qilingan shaxsning moddiy va (yoki) ijtimoiy holati o‘zgarishi oqibatlarini o‘rnini to‘ldirishi, jumladan, etkazilgan moddiy va ma’naviy zararni qoplashi ko‘zda tutilgan boshqa to‘lovlar bilan birga davlat tomonidan kafolatlangan etkazilgan ziyonning o‘rnini to‘ldirish uchun to‘lovlar hajmidir. Sug‘urta munosabatlari sub’ektlari. Sug‘urta huquqiy munosabatlarining asosiy sub’ektlari sug‘urta qiluvchi va sug‘urta qildiruvchi hisoblanadi. Sug‘urta qiluvchi sug‘urta shartnomasida belgilab qo‘yilgan hodisalar ro‘y berganda sug‘urta qildiruvchi tomonidan ko‘rsatilgan shaxsga sug‘urta to‘lovini amalga oshirish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Harbiy xizmatchilar hayoti va salomatligi majburiy davlat sug‘urtasi bilan shug‘ullanadigan sug‘urta qiluvchi sug‘urta faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha davlat organi tomonidan belgilangan olingan sug‘urta majburiyatlari moliyaviy ta’minlanganligini kafolatlaydigan moliyaviy ishonchlilik ko‘rsatkichlariga ega bo‘lishi lozim.
Sug‘urta qilingan shaxs bu – uning hayotida bevosita shaxs yoki uning hayotidagi voqea-hodisalar bilan bog‘liq sug‘urta holati ro‘y berishi lozim bo‘lgan shaxsdir (Shaxsiy sug‘urta). Hayot va salomatlik majburiy davlat sug‘urtasida sug‘urta qilingan shaxslar sifatida Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari harbiy xizmatchilari ishtirok etadi.
Foyda oluvchi bu – sug‘urta holati ro‘y berganda sug‘urta summasi olish uchun tayinlangan jismoniy shaxsdir.
Sug‘urta summasi – sug‘urta qildiruvchiga yoki uni olish huquqiga ega bo‘lgan uchinchi shaxsga to‘lanadigan sug‘urta to‘lovi bo‘yicha sug‘urta qiluvchining majburiyatlari maksimal hajmining puldagi bahosidir. Bunda sug‘urta shartnomasida sug‘urta summasi sug‘urta qilishga qabul qilingan har bir risk bo‘yicha alohida yoki sug‘urta qiluvchining maksimal majburiyatlarini aniqlash uchun har bir sug‘urta holati bo‘yicha belgilanishi mumkin. Majburiy sug‘urtada sug‘urta summasi hajmi qonun bilan belgilanadi. Majburiy davlat sug‘urtasida Davlat Soliq Qo‘mitasi, Davlat Soliq Boshqarmasi xodimlari ham sug‘urtaga olinadi, ularga nisbatan ham xuddi harbiy xizmatchilar kabi har yili davlat byudjetidan 20 foiz miqdorida sug‘urta mukofotlari to‘lash orqali ijtimoiy himoyaga olinadilar. Sug‘urta hodisasi yuzaga kelganda Davlat Soliq Qo‘mitasi, Davlat Soliq Boshqarmasi xodimlari “O‘zbekinvest” EIMSK Toshkent shahar filialiga murojat etadilar hamda N1 – shakldagi anketani rasmiylashtiradilar. Ushbu shakldagi anketaning rasmiylashtirilishiga sabab sug‘urta kompaniyasi voqea sodir joyda qatnashmaganligi sababli, Davlat Soliq Qo‘mitasi, Davlat Soliq Boshqarmasi xodimlari keltirilgan savollarga javob berish orqali sug‘urta hodisasining nima sababdan kelib chiqqanligini ifodalaydilar.




  1. Download 118.03 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling