Baxya nima? A igna gazlamada hosil qilgan qо‘shni teshiklar orasida iplar chalishuvining bitta tugallangan sikli. B moki gazlamada hosil qilgan qо‘shni teshiklar


Payvandlash yо‘li bilan qanday choklar hosil qilish mumkin?


Download 29.89 Kb.
bet4/8
Sana23.02.2023
Hajmi29.89 Kb.
#1225748
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Baxya nima

Payvandlash yо‘li bilan qanday choklar hosil qilish mumkin?
A) biriktirma, qо‘yma
B) qо‘yma, bukma
C) bukma, tutashtirma
D) biriktirma, qо‘yma, bukma, tutashtirma.




Gazlamalarning issiqlikka chidamliligi
Tikuvchilik buyumlarini namlab – isitish vaqtida, ularga mexanikaviy ta’sir ko’rsatib kerakli deformatsiyaga erishish mumkin. Gazlamalarning yuqori harorat ta’siriga chidamliligi gazlamaning issiqbardoshligi deb ataladi. Polimerlarning kimyoviy tuzilishi, molekulalar orasidagi ta’sir intensivligi gazlama qizdirilayotgan muhit uning issiqbardoshligiga ta’sir ko’rsatadigan omillardan hisoblanadi. Kimyoviy tolalar ko’pchiligining issiq bardoshliligi katta bo’lmaydi. Masalan, viskoza tolalaridan tikilgan buyumlar 1000C bo’lgan haroratlarga qisqa vaqt chiday oladi. Lavsan ko’proq qo’shilgan gazlamalar o’z xossalari jihatidan boshqa materiallardan farq qiladi. Lavsan termoplastik tola bo’lgani uchun 235-2450C yumshaydi, 260-2650C da esa eriydi, ya’ni suyuqlanadi. Shuning uchun, lavsan aralashgan gazlamarni namlab – isitib ishlashda hosil qilingan yangi shakllarini saqlab qolish uchun optimal harorat bug’ bilan stabillashda 1260C va quruq stabillashda havo harorati 200-2350C hisoblanadi. Namlab-isitib ishlash sifatiga namlik va bug’ning ta’siri ahamiyatlidir. Namlikning miqdori qancha bo’lishi kerakligi gazlama tuzilishiga, tola tarkibi va qalinligiga, gazlama tolalarining fizika-mexanikaviy xususiyatlariga qarab aniqlanadi.
Namlab-isitib ishlov berishning vazifasi va mohiyati
Namlab-isitib ishlov berishga turli materiallar har xil ta’sir etadi, u materialning tolali tarkibiga, buralish darajasiga, materialning to‘qilishiga, ishlov beriladigan detalning qalinligiga va hokazolarga bog‘liq.
Namlab-isitib ishlash tartibi deganda ish sifatini ta‘minlovich temperatura, namlik, ularning ta’sir etish davomiyligi va bosimi hamda ularning o‘zaro bog‘liqligi tushuniladi. Ishlov berish jarayonini tezlashtirishga ta’sir etuvchilardan biri namlik bo‘lib, uning miqdori material turiga bog‘liq. Ortiqcha namlik ishlov berish vaqtini uzaytiradi, ish unumini pasaytiradi, sifatini yomonlashtiradi. Material o‘z xossasini o‘zgartirmaydigan darajagacha isitiladi. Тemperatura tolaning issiqbardoshligiga bog‘liq bo‘ladi, yo‘l qo‘yiladigan ortiqcha qizdirish materialning mustahkamligini pasaytiradi va rangini o‘zgartiradi, xatto materialni yemiradi.
Kiyim detallariga va, umuman, tayyor kiyimga ma’lum shakl berish yoki tashqi ko‘rinishini yaxshilash uchun ularga namlab-isitib ishlov beriladi. Namlab-isitib ishlov berishda kiyim tikishga sarflanadigan vaqtning 20-25 foizi sarflanadi.
Gazlama biror shaklga kiritilayotganda ipdagi tolalar o‘simliklardan yoki hayvonlardan olingan sun’iy yoki sintetik ekanligini hisobga olish kerak. Tukuvchilikdagi polimer tolalar uch xil fizikaviy holatda bo‘ladi. Bular: shishasimon, yuqori elastik va yopishqoq-cho‘ziluvchan holatlardir. Tabiiy tolalar esa faqat ikki xil-shishasimon va yuksak elastik-fizik holatda bo‘ladi. Past haroratdagi (havo harorati) shishasimon holatda deformatsiya kam va yo‘qoladigan bo‘ladi.
Namlab-isitib ishlov berish jarayonida gazlamaga namlik, issiqlik va bosim bilan ta’sir qilinadi. Bu jarayon uch bosqichdan iborat:
1) tolalarni namlik va issiqlik bilan yumshatish;
2) bosim bilan ma’lum shakl berish;
3) issiqlik va bosim yordamida namlikni ketkazish va shaklini mustahkamlash.



Download 29.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling