Yig’ilish raisi: M.Alqarov
Yig’ilish kotibi: Sh.Mamasodiqov
PAXTAKOR TUMANI 7-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT O’QUVLARI YIG’ILISHINING
Bayonnomasi №26
2023-yil 31-mart
Qatnashdilar: Maktab direktori: M.Alqarov
Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha
direktor o’rinbosari: Sh.Mamasodiqov
Maktab xodimlari: 35 nafar xodim
Kun tartibidagi masala:
“Xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak”
Axborotchi : M.Turaxonov
Kun tartibidagi masala yuzasidan M.Turaxonov so’zga chiqib “Xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak” mavzusida ”gapirdi:
Harakatlar strategiyasida «Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak» degan tamoyil davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangani albatta bejiz emas.Birinchidan, bugungi kunda barcha bo‘g‘indagi hokimlar, vazirlik va idoralar, prokuratura, sud-huquq va ichki ishlar organlari rahbarlari, deputat va senatorlar bevosita joylarga chiqib, o‘z faoliyati bo‘yicha xalq oldida hisobot bermoqda.Mahallama-mahalla, uyma-uy yurib, odamlarning hayotiy muammolarini o‘rganmoqda, ularni qonuniy asosda hal qilish uchun amaliy yordam ko‘rsatmoqda.Ikkinchidan, biz iqtisodiyotimizni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish, mamlakatimizning eksport salohiyatini oshirish va shu tariqa jahon bozorida munosib va mustahkam o‘rin egallashga asosiy e'tibor qaratmoqdamiz.
Ko’rib chiqilgan masala yuzasidan yig’ilish qaror qiladi:
1. M.Turaxonovning “Xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak” mavzusida ma`ruzasi ma`lumot uchun qabul qilinsin.
2.Ushbu ma’ruzalari yuzasidan maktab o’quvchilari orasida ham tushuntirish ishlarini olib borish Sh.Mamasodiqov va barcha sinf rahbarlarga topshirilsin.
3.Ushbu ma’ruzalardan dars jarayonida foydalanish barcha o’qituvchilarga yuklatilsin.
4.Ushbu qarorlar bajarilishini nazorat qilishni o’z zimmamda qoldiraman.
Do'stlaringiz bilan baham: |