Xorazm viloyati Xiva tumani 30- umumiy
o'rta ta'lim maktabida O'zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 28 yilligi munosabati bilan
o'tkazilgan "Konstitutsiyamiz -baxtimiz" nomli tadbir
B A Y O N N O M A S I
2020-yil 7-dekabr 30-son maktab
Kun tartibida:
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 28 yilligi munosabati bilan maktab oquvchilari ishtirokida tadbir uyushtirish.
2.O'quvchilarni O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan yaqindan tanishtirish, huquqiy-demokratik va ma'naviy-ma'rifiy dunyoqarashni chuqurroq shakllantirish.
Kun tartibida 1- va 2-masala yuzasidan “Konstitutsiyamiz -baxtimiz nomli tadbirimizni maktabimiz direktori D.Qalandarov ochib berdilar. Konsitutsiyamizning qabul qilinishi va unda demokratik tamoyillarning ustuvorligi haqidagi maruzani tarix fani o'qituvchisi A.Allaberganov va amaliyotchi talaba UrDU Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili ta'lim yo'nalishi talabasi I.Atabekovalar oqib eshittirdi. Konstitutsiyamiz -baxtimiz nomli tadbirda 9-sinf oquvchilaridan Shavkatovboyeva Sevinchoy hamda Masharipov Javohirlar boshlovchilik qildilar va ushbu tadbirni ajoyib tarzda olib bordilar. Mazkur tadbirda 5-sinf oquvchilari Vatanni madh etuvchi she'rlarni ifodali yod aytishdi,8-sinf qizlari va yigitlari tomonidan raqslar ijro etildi. Tadbirda oquvchilar oz mahoratlarini juda ham yaxshi va namunali tarzda namoyon etdilar. Tadbir kotarinki ruhda otkazildi.
Tadbir ishtirokchilarini MMIBDO' A.Allaberganov sozga chiqib tabrikladi hamda maktabimiz direktori D.Qalandarov iqtidorli o'quvchilarni faxriy yorliqlar hamda esdalik sovgalari bilan taqdirladilar. Shuningdek, tadbirga yakun yasab berdilar.
Yuqoridagilardan kelib chiqib qaror qiladi:
Tadbir namunali deb topilsin.
MMIBDO: A.Allaberganov.
Do'stlaringiz bilan baham: |