Qoraqalpog’iston Respublikasi Qo’ng’irot tumani xalq ta’limi tizimida ta’lim tizimini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko’rishga yo’naltirilgan tayanch maktabida 34-MFIDUM 2022yil 11-may ku’ni o’tkazilgan mashg’ulot
BAYONNOMASI
2022-yil 11-may Qo’ng’irot tumani
Qatnashganlar: 34, 48,41,39,40,42,44,38,20,22,24,1,3,55,5,17,7,14,15,,31,52,54,57,45-sonli maktab o’qituvchilari. XTB dagi fan metodisi :Kunnazarova Muxabbat Kudaynazarovna. Trener o’qituvchi: Sultanova Rayxan Bayniyazovna.
Kun tartibidagi masala
Qoraqalpog’iston Respublikasi Qo’ng’irot tumani 55-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining biologiya fani o’qituvchisi N. Erjanovaning ta’lim tizimini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko’rishga yo’naltirilgan tayanch maktabida “Ozuqa izlab ” “Chumoli izidan ergashish ” mavzusida o’tkazgan mashg’uloti.
Tinglandi: Trener o’qituvchisi R.Sultanova sozga chiqib: N. Erjanovaning darsini kuzatdim,o’qituvchi mavzuni yaxshi yoritib bera oldi. Ya’ni o’sha “Chumoli izidan ergashish” haqida ozuqaning izlab topishi haqida tushintirdi va mana shu mavzu bo’yicha bir nechta savollar berildi va o’qituvchilarning erkin fikrlari tinglandi.Bu yerda chumoli izidan ergashishtagi chumoli soni chumoli turi solishtirma turda o’rganildi, ozuqani izlab tapish sababi haqida aytib o’tdi. Bu mavzu judayam qiziqarli va chuqur oylab fikrlaydigan mavzu ekan,menimcha barcha o’qituvchilar ham yaxshi taasurot olo oldilar deb o’ylayman.
XTB metodisti M.Kunnazarova o’z so’zida: N. Erjanova bu mavzuni yoritib berishda o’zi avvalo shu mavzuning ichiga chuqur kirib borishi ,o’zini vazmin tutushi,o’qituvchilar bilan savol-javoblar olib borishi,slaydlardan foydalanib mavzuga yaxshi tayyorgarlik ko’rganligi a’maliy qollanmalari menda yaxshi taasurot qoldirdi.
QAROR
55-maktab o’qituvchisi N. Erjanova ta’lim tizimini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko’rishga yo’naltirilgan tayanch maktabida “Ozuqa izlab ” “Chumoli izidan ergashish ” mavzusida o’tkazgan mashg’uloti yaxshi . 55-maktab o’qituvchi va o’quvchilariga ham o’tib berilsin.
XTB metodisti: M.Kunnazarova Trener o’qituvchi: R.Sultanova
Do'stlaringiz bilan baham: |