Bayonnomasi №25. 11. 2022 yil Boyovut tumani
Download 118.73 Kb.
|
22-23 bayonnomalar
BAYONNOMASI №
10. 10. 2022 yil Boyovut tumani
KUN TARTIBI: “Ustoz – otangdek ulug`” –davra suhbatini ochib berish. Ustozlarga so`z navbatini berish. Yosh kitobxonlar tabrigi. Kun tartibidagi masala yuzasidan Davra suhbatini kutubxonachi R.Jahongirova olib bordi. Kutubxonachi R.Jahongirova 1 oktabr ustoz va murabbiylar kuni xaqida, ustozlarning mashaqqatli mehnatlari to`g`risida, o`zining ilk ustozlari va hamkasblari to`g`risida iliq gaplarni gapirdilar. So`ngra so`z navbatini sobiq AKM (axborot kutubxona markazi) raxbari P.Rahmonqulova opaga berdilar. U kishi avvalo shunday “Davra suhbati”ga taklif qilinganligi uchun o`z minnatdorchiligini bildirdilar va ushbu kutubxonachilik kasbni tanlashiga o`zining yoshligidan kitob o`qishga juda ham qiziqqanligi sabab ekanligini, o`zlarining o`qigan kitoblari to`risida so`zlab berdilar. Kitob o`qigan inson hech qachon kam bo`lmasligini, uning muomila madaniyati, ma’naviy dunyo qarashi o`sishi hozirgi vaqtda kitobxonlikka berilayotgan e`tibor va undan unumli foydalanishlari zarurligini ta’kidlab o`tdilar. So`z navbati yosh kitobxonlarga berildi. Yosh kitobxonlar tomonidan ustozlar xaqida she’rlar o`qib eshittirildi. TICH-1-22-guruh o`quvchilari “Ustozlar” she`rini, “Muallim” she’rini, MTO-1-22-guruh o`quvchilari “Ustozim – buyuksan” she’rini aytib berdilar. Shundan so`ng TICH-2-21-guruh o`quvchilari Nargiza Toshpo`latova, Sevinch Halimovalar ijrosida “Ustozlar” qoshig`ini tingladik. Tadbir barchada yaxshi ta’assurot qoldirdi. QAROR QILINDI: 1.Boyovut tuman 1-son kasb-xunar maktabida “Ustoz – otangdek ulug`” –davra suhbati o`tkazilganligi inobatga olinsin. 2.Tadbirning tashkiliy masalalari bilan shug`ullanish xamda o`tkazilgan tadbir tafsilotlarini ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish Z.Jumanova zimmasiga yuklatilsin. 3.Ushbu qarorni nazorat qilishni Yoshlar bilan ishlash bo`yicha direktor o`rinbosari Sh.Anorqulov zimmasiga yuklatilsin. Download 118.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling