Bayonnomasi №25. 11. 2022 yil Boyovut tumani


Bayonlashtiruvchi: N.Suvonova


Download 118.73 Kb.
bet7/8
Sana17.06.2023
Hajmi118.73 Kb.
#1529317
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
22-23 bayonnomalar

Bayonlashtiruvchi: N.Suvonova
Tasdiqlayman”
Boyovut tuman 2-son kasb-hunar maktabi
direktori________G.Saitqulova

Boyovut tuman 2-son kasb-hunar maktabi axborot kutubxonasida 22-sentabr kuni “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ular o`rtasida kitobxonlikni keng targ`ib qilish bo`yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo`naltirilgan’’ ishlar yuzasidan o`tkazilgan Tohir Malikning hayoti va ijodi haqida o`rganamiz mavzusida davra suhbati va kitobi taqdimoti




BAYONNOMASI №


22.09. 2022 yil Mirishkor mahallasi



Raislik qiluvchi:
Ishtirok etganlar:

R.Jahongirova
Ona-tili va adabiyot fani o`qituvchilari B.Qahramonova, M.Jahongirova va “Yosh kitobxon” to`garagi a’zolari







KUN TARTIBI:



  1. Tohir Malikning hayoti va ijodi haqida ma`lumot.

  2. Asarlari haqida ma`lumot.

Boyovut tumanidagi 2-sonli kasb-hunar maktabi axborot kutubxonasida 22-sentabr kuni “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ular o`rtasida kitobxonlikni keng targ`ib qilish bo`yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo`naltirilgan’’ ishlar yuzasidan Tohir Malikning ijodiga bag`ishlangan davra suxbati bo`lib o`tdi.


Tadbirda ona tili va adabiyot fani o`qituvchilari M.Jahongirova va B.Qahramonovalar o`quvchilarga yozuvchi hayoti va ijodi tog`risida qisqacha so`zlab berdilar. Yozuvchi Tohir Malik 1946 yil dekabrda Toshkentda ziyoli oilada tugilgan. Oilada beshinchi farzand bolgan Tohir maktabga bormay savod chiqardi. Uning akasi Tohirga birinchi sinfligida “Mard yigit” ertaklar toplamini sovg`a qiladi. Dastlabki hikoyasi 1960-yili “Gulxan” jurnalida chop etiladi. 1963- yili Tohir Malik Toshkent Davlat universitetining jurnalistika bo`limiga o`qishga kiradi. O`zbek adabiyotida Tohir Malik o`zining “Somon yo`li elchilari”, “Zaharli g`ubor”, “Chorrahada qolgan odamlar”, “Falak” va boshqa fantastik “So`ngi o`q”, “Shaytanat”, “Bir ko`cha, bir kecha” singari detektiv asarlari bilan tanilgan va kitobxonlarning sevimli yozuvchisiga aylangan ijodkordir. Ayniqsa uning “Alvido bolalik” asari juda mashhur bo`lib, jaxonning ko`pgina mamlakatlaiga tarjima qilingan .
O`quvchilar ham yozuvchi asarlaridan parchalar keltirdilar. 110-21- gurux o`quvchisi Omonov Sirojbek yozuvchining “Alvido bolalik’’ asarini tengdoshlariga so`zlab berdi. Asarning asosiy mazmuni “Hech kim jinoyatchi bolib tug`lmaydi, bolani atrof-muhit, jamiyatdagi turli illatlar jinoyatchiga aylantiradi” bu so`zlar o`quvchilar o`rtasida bahs munozaraga sabab bo`ldi. So`ngra ona tili fani o`qituvchisi Qahramonova Bibihadicha yozuvchining “Shaytanat’’ asari haqida va undagi Asadbek, Elchin va boshqa qahramonlar haqda so`zlab berdi. Tadbir qiziqarli bahs munozaraga boy tarzda o`tdi. O`quvchilar tadbirdan o`zlariga kerakli hulosani chiqardilar.


QAROR QILINDI:

1. Tohir Malikning hayoti va ijoddi haqida berilgan ma`lumot inobatga olinsin.


2. Asarlari haqida ma`lumot va o`tkazilgan taqdimot tafsilotlarini ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish N.Suvonova zimmasiga yuklatilsin.


Download 118.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling