Bayonnomasi buxoro shahar 2020 yil 14-yanvar Qatnashdilar


Download 1.5 Mb.
Sana25.02.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1229709
Bog'liq
14-январ баённома


Buxoro davlat universiteti Maktabgacha va Boshlang’ich ta’lim fakulteti 14-1,2BT-20 guruh talabalari «Vatan-muqaddas uni himoya qilish sharfli burchdir» nomli tadbir
BAYONNOMASI
Buxoro shahar 2020 yil 14-yanvar
Qatnashdilar: Boshlang’ich ta’ilim metodikasi kafedrasi
o’qituvchilari G`M.Sayfullayev, Y.A.Po’latova va
14-1,2BT-20 guruh talabalari.
KUN TARTIBI:

  1. 14-1,2BT-20 guruh talabalari «Vatan-muqaddas uni himoya qilish sharfli burchdir».

ESHITILDI:
G`M.Sayfullayev:- Bugun 14 yanvar yurtimizda Vatan himoyachilari kuni sifatida nishonlanadi. 1993 yil 29 dekabr kuni O'zbekiston Respublikasining Qonuniga binoan “14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni” deb e'lon qilingan. Vatanni himoya qilish, uni ko'z qorachig'idek asrab-avaylash yurtning har bir farzandi vazifasidir. Ushbu sharafli vazifani harbiylarimiz va boshqa huquq-tartibot idoralari xodimlari amalga oshiradilar. Ularning kechani kecha, sovuqni sovuq demay yurt himoyasi, uning osoyishtaligi uchun qalqon bo'lishlari sabab bugun barchamiz tunlari orom olib, kunduzlari xotirjammiz. Shu sababli ham ularni qancha ulug'lasak, qancha e'zozlasak shuncha oz.
Y.A.Po’latova:- Ma'lumki, Mustaqilligimizning ilk yillaridanoq mamlakatimiz mudofaasini kuchaytirish masalasi davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab olindi. Yurtboshimizning 6 sentyabrdagi Mudofaa ishlari vazirligini tashkil etish to‘g‘risidagi Farmoni bilan bu boradagi ishlarga tamal toshi qo‘yildi. Keyinchalik Mudofaa ishlari vazirligiga aylantirildi. 

Sh.Nasilloyeva:- Bugungi yoshlarimiz mustaqil vatanimizning posbonlaridir. Biz navqiron avlod vakillarini barkamol, yetuk kishilar qilib voyaga yetkazsak, ularning har birida or-nomus, milliy g‘ururni izchil shakllantirib borsak, vatanimiz shunchalik qudratli davlatga aylanadi. Vatanni, xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini ishonchli himoya qilish, vatanparvar bo‘lish, sodiqlik, fidoyilik tuyg‘ularini xis etib yashayotgan yoshlarimiz mustaqil yurtimizning kelajagidir. Biz qo‘lga kiritgan bunday yutuqlar bilan muqaddas yurtimizda yashayotgan, millati, dini va e'tiqodidan qat'i nazar, har bir inson haqli ravishda faxrlansa arziydi. 
Sh.Hamroqulova :- Ta'lim muassasalarida “Vatan himoyachilari kuni” tadbirlarini o‘tkazishning mazmun-mohiyati shundan iboratki, o‘quvchilardan Respublikamiz Qurolli kuchlarining salohiyati va obro‘si, mamlakatimiz mustaqilligi hamda xududiy yaxlitligi, xalqimizning tinch hayotini va mustaqillikni mustahkamlash yo‘lidagi bunyodkorlik mehnatini himoya qilish, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyatini keng yoritib berish, ularni o‘z vataniga sodiq va fidoiy insonlar etib tarbiyalash barcha ta'lim muassasalarining pedagogik jamoasining eng muhim vazifalaridan biriga aylangan. Bugungi kunda o‘quvchi yoshlarda vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, komil inson, ijtimioy hamkorlik kabi milliy g‘oyalarning asosiy yo‘nalishlarini shakllantirish, bu ta'lim muassasalaridagi ma'naviy-ma'rifiy ishlarni yanada takomillashtirish an'anaga aylanib bormoqda. Yoshlarni harbiy xizmatga kuzatish marosimlarini tantanali o‘tkazish ham vatanparvarlik tizimiga kiradi. Vatanimiz, xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini ishonchli himoya qilish, bugungi kunda har bir yigit qizning orzusi va burchiga aylanib bormoqda. 

ҚАРОР ҚИЛАДИ:

  1. 14-1,2BT-20 guruh talabalari «Vatan-muqaddas uni himoya qilish sharfli burchdir» nomli tadbir ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. 14-1,2BT-20 guruh talabalari «Vatan-muqaddas uni himoya qilish sharfli burchdir» nomli ma’naviy tadbirlar o’tkazilib tursin va unda barcha talabalarni qatnashishi ta’minlanishi qayd etilsin.


Yig’ilish raisi: G`M.Sayfullayev, Y.A.Po`latova
Yigilish kotibasi: Sh.Nasilloyeva, Sh.Hamroqulova
Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling