Bayt ar. بيت


Download 94.5 Kb.
bet2/5
Sana13.12.2022
Hajmi94.5 Kb.
#999591
1   2   3   4   5
Bog'liq
Badiiy san\'at 1

IYHOM (ar. ايهام – shubhaga solish, adashtirish) mumtoz adabiyotdagi she’riy san’atlardan biri, she’rda (ba’zan nasrda ham) bir so‘zni bir joyning o‘zida ikki ma’noda ishlatish. Iyhomda matndagi so‘zning bir qarashda anglashilib turgan yaqin ma’nosidan tashqari yana bir uzoqroq ma’nosi mavjud bo‘ladi va shu uzoq ma’no shoirning asl muddaosi hisoblanadi. Ikki turli ma’noda ishlatilgan birgina so‘z butun boshli baytni ikki xil tushunish imkonini beradi. Atoulloh Husayniy iyhom san’ati “tavriya”, “taxyil”, “tasviya” nomlari bilan ham yuritilishini qayd etgan. Masalan, Navoiyning:
Labingni so‘rgali muhri sukut og‘zima tushmish
Ki, ul shakkar bila ernim biri biriga yopushmish,-
baytidagi “so‘rgali” so‘zining yaqin ma’nosi “so‘ramoq” bo‘lsa, uzoq ma’nosi “so‘rmoq”, ya’ni “bo‘sa olmoq”dir. Ushbu so‘zning ikki xil ma’nosiga tayanib Bobur ham quyidagi mashhur baytida iyhom san’atini mohirona qo‘llagan:
Labing bag‘rimni qon qildi, ko‘zimdin qon ravon qildi,
Nega holim yomon qildi, men andin bir so‘rorim bor.


ILTIFOT (ar. الطفات – alanglamoq, bir holatdan ikkinchi holatga o‘tmoq) mumtoz adabiyotdagi she’riy san’at, baytda bir shaxsdan boshqa bir shaxsga ko‘chish, ya’ni I shaxsdan II shaxsga yoki aksincha, II shaxsdan III shaxsga yoki aksincha, III shaxsdan I yoki II shaxsga yoki aksincha ko‘rinishda ko‘chish. Shayx Ahmad Xudoydod Taroziy iyhomni “muxotabadin mug‘oyibag‘a bormoq yo g‘aybdin xitobqa kelmoq”, deb ta’riflagan. Ya’ni xitob qilinuvchi(II shaxs)dan nutq so‘zlanib turgan vaziyatda mavjud bo‘lmagan III shaxs(mug‘oyiba – g‘ayb)ga ko‘chish I. deyiladi. Masalan, Atoyining:
El tirik derlar meni, ko‘nglimda fikr etsam vale,
Bu tiriklikda bo‘lur yuz ming balo sizsiz menga, –
baytida avval III shaxs (El tirik derlar) haqida so‘z boradi, undan I shaxsga (fikr etsam), so‘ng esa II shaxsga (sizsiz menga) ko‘chiladi.


INTOQ (ar. انطاق – so‘zlatish, gapirtirish, nutq ato etish) – mumtoz adabiyotdagi she’riy san’at, badiiy asarda hayvonlar, qushlar va jonsiz narsalarni xuddi insonlar kabi so‘zlatish. Intoq shoirga o‘zining kechinmalari, borliqqa munosabati, hayot haqidagi falsafiy mushohadalarini bilvosita ifodalash imkonini beradi. Intoq san’atining ildizlari qadimgi asostir va afsonalar, ertak va dostonlarga borib taqaladi. Keyincha ushbu usul yozma adabiyotda ham keng qo‘llanilgan. Jumladan, yozma adabiyotdagi munozara, masal kabi janrlar asosan I. san’ati asosida yaratilgan. Adabiyot tarixida mazkur san’at asosida “Mantiq-ut tayr”, “Lison-ut tayr” kabi yirik asarlar ham yozilgan. I. faol qo‘llanuvchi badiiy usullardan bo‘lib, uning go‘zal namunalari deyarli barcha mumtoz shoirlarimiz ijodida, shuningdek, hozirgi she’riyatda ham ko‘plab uchraydi. Masalan, A.Oripovning:
Shivirlab gullar dedi: “Kirma bu boqqa, ey yigit,
Bunga kirganlar kirurlar sochini qor etgali”, –
baytida intoq san’ati mohirona qo‘llangan.



Download 94.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling