Bayt ar. بيت
Download 94.5 Kb.
|
Badiiy san\'at 1
LAFF VA NAShR (ar. لف و نشر – yig‘moq va yoymoq) – mumtoz adabiyotdagi she’riy san’at. Laff va nashr san’atida bir necha narsa-tushuncha nomi sanalib, keyin ularga o‘xshash, aloqador, taalluqli yoki muvofiq keladigan boshqa narsa-tushuncha nomlari keltiriladi. Laff va nashr san’ati bir misra doirasida ham voqe bo‘lishi mumkin, shunga qaramay, uning bayt doirasida voqe bo‘lishi, ya’ni birinchi misrada sanalgan narsa- tushunchalarga o‘xshash, aloqador, taalluqli yoki muvofiq keladigan boshqa narsa-tushunchalar nomining keyingi misrada keltirilishi ko‘proq uchraydi. Bunda sanalayotgan narsa-tushunchalar bir-biriga ochiq o‘xshatilmaydi, ularning bir-biri bilan bog‘liq yoki aloqador ekanligi ham ochiq aytilmaydi, ular o‘rtasidagi o‘xshashlik yoki muvofiqlikni idrok qilib olish o‘quvchining o‘ziga havola qilinadi. Laff va nashrning ikki navi mavjud: 1) murattab, ya’ni tartibli laff va nashr. Bunda har ikkala guruhdagi sanalayotgan narsa-tushunchalar tartibi bir-biriga mos bo‘ladi, ya’ni birinchi misrada sanalayotgan narsa-tushunchalar qanday tartibda berilsa, keyingi misrada narsa-tushunchalar shunga muvofiq tartibda sanaladi. Masalan, Navoiyning:
Chun o‘larmen chin deyin ishqi buzug‘ ko‘nglimdadur, Men o‘lib, ul ganj bu vayronda pinhon qolmasun, – bayti birinchi misrasida “ishq” va “ko‘ngil” so‘zlari sanalib, keyingi misrada “ishq”ni “ganj”ga, “ko‘ngil”ni “vayrona”ga qiyoslanmoqda. Baytda qo‘llangan L.n.da sanalayotgan tushunchalar tartibi bir-biriga mos (birinchi misrada avval “ishq” keyin “ko‘ngil”, ikkinchi misrada avval “ganj”, keyin “vayrona”) bo‘lgani uchun murattab hisoblanadi. 2) mushavvash, ya’ni tartibsiz yoki nomurattab laff va nashr. Bunda sanalayotgan narsa-tushunchalar tartibi buzilgan bo‘ladi, ya’ni birinchi misradagi narsa-tushunchalarni berish tartibi keyingi misrada buziladi, ikkala misradagi sanoq tartibi bir-biriga mos bo‘lmaydi. Masalan, Navoiyning: Domi zulfung ichra xushtur, baski, ko‘nglum toyiri, Javrdur bu qushga, ey sayyod, ozod aylamak, – bayti birinchi misrasidagi “domi zulf”, “ko‘nglum toyiri” tushunchalariga ikkinchi misradagi “qush” va “sayyod” tushunchalari muvofiq, lekin ikkinchi misrada sanoq tartibi o‘zgargan (birinchi misrada “domi zulf ... ko‘ngil toyiri”, keyingisida “qush ... sayyod” tartibida berilgan, holbuki, “domi zulf” “sayyod”ga, “ko‘ngil toyiri” esa “qush”ga aloqador, ya’ni birinchi misrada avval sanalgan tushuncha ikkinchi misrada keyin kelgan tushunchaga, keyin kelgani esa avval kelganiga aloqadordir). Ba’zi manbalarda mushavvash laff va nashr o‘z ichida yana ikki turga ajratiladi: birinchi turi “ma’kusu-t-tartib” deb nomlanib, unda keyin sanalayotgan narsa-tushunchalar avval sanalganlariga aks tartibda (ya’ni, 1,2,3,4 – 4,3,2,1 tarzida) beriladi; ikkinchi turi “muxtalitu-t-tartib” deb ataladi, unda tartib o‘zgargan-u, sanoqda aks tartib saqlanmaydi, chalkash berilaveradi (masalan, 1,2,3,4 – 2,4,1,3 kabi). Bobur - lirik san’atkor. Turli –tuman she’riy san’atlardan badiiylikka erishishda, tasvirning real va jonli bo’lishini ta’minlashda ustalik bilan keng foydalandi. U inson qalbidagi hayajon va quvonchlari, iztirob va orzularini butun ko’lami va nozikliklari bilan his etadi, ayniqsa, mo’jaz badiiy lavhalar, jonli sanalar yaratishda shoir katta mahorat namoyish qiladi.Umuman olganda, she’rda g’oyaviy butunlikka erishishni Bobur badiiylikning asosiy shartlaridan biri deb hisoblagan. “Bobur ruboiylari, - degan edi Oybek, -uning poeziyasining cho’qqisidir. Umar Xayyomning ruboiylari kabi uning ruboiylari ham falsafiy fikrlarga boy, shaklan mukammaldir”.2 Masalan, ruboiylarning birida uchrashuvga bora olmagan oshiqning ma’shuqa oldida o’zini oqlash sahnasi nihoyatda go’zal, esda qolarlik; oshiq kela olmaganligining sabablarini ham ma’shuqaga cheksiz muhabbati, uning ishqida o’rtanishi bilan izohlaydi, o’z gunohsizligiga “mantiqiy dalillar” keltiradi: Hajringda bu tun ko’ngulda qayg’u erdi, Vaslingga yetishmadim jihat bu erdi: Ohim tutuni birla ko’zumning yoshidin Yo’l bolchiq edi, kecha qorong’u erdi. Bobur inson va uning go’zalligini, sevgi, sadoqat, vafo, do’stlik kabi insoniy fazilatlarni, ulug’lovchi, ezgu intilishlar va orzularni targ’ib etuvchi go’zal asarlari bilan, ona yurtga muhabbat, vatanparvarlik va hayotsevarlik g’oyalari bilan, o’quvchiga zavq-shavq baxsh etuvchi yuksak badiiy san’atko Sendin ayru naylagaymen ayshu sahbo xushlug’in Ki, sening uchun tilarmen barcha dunyo xushlug’in, - deya murojaat qildi ham uni umumga naf keltiruvchi xalqchil faoliyatga, ezgu ishlarga da’vat etdi: Bori elga yaxshilik qilg’ilki, mundin yaxshi yo’q – Kim degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig’! Sharq mumtoz adabiyotining, shu jumladan, o’zbek mumtoz she’riyatining o’ziga xosligini, milliyligini, latofatiyu nazokatini, rang-barangligini, estetik go’zalligini, jozibadorligiyu ta’sirchanligini namoyon qiluvchi vasitalardan biri bu badiiy san’atlardir. She’r san’atlari o’zbek mumtoz adabiyotida shu qadar ko’p va rang-barangki, ularning umumiy miqdorini aniqlash qiyin. Shuni aytish lozimki, barcha she’rlarda qo’llangan she’r san’atlarining umumiy bo’g’liqlik jihatlari ko’p, ammo arab, fors-tojik va turkiy she’r san’atlarining mushtarak jihatlari ko’p. Sharq poetikasiga oid tadqiqotlarda arab va fors she’riyati san’atlari tahlil qilingan bo’lsa-da, ular o’zbek she’riyatidagi badiiy san’atlarni o’rganishda ham qo’l keladi. Chunki, yuqorida qayd etilganidek, she’r san’atlari borasidagi kuzatishlar , umumiy qonuniyatlar Sharq xalqlari uchun bir xildir. O’zbek she’r san’atlari hali atroflicha tahlil qilingani yo’q, lekin ayrim ilmiy kuzatishlar mavjud. Chunki, she’r san’atlarini ham nazariy, ham amaliy jihatdan bilmasdan o’zbek adabiyotini, ayniqsa, she’riyatinini o’rganib bo’lmaydi. Biz ham mana shuning uchun ham Bobur ruboiylaridagi badiiy san’atlarni o’rganishga jazm etdik. Zahiriddin Muhammad Bobur she’riyatida badiiy san’atlar shu qadar o’rinli va chiroyli qo’llanganki, she’rlarining ta’sirchanligini oshirishga katta hissa qo’shgan. Misol: Kopdin berikim yoru diyorim yo’qtur, Bir lahzayu bir nafas qarorim yo’qtur. Keldim bu sori o’z ixtiyorim birla, Lekin borurimda ixtiyorim yo’qtur. Bu ruboiyning g’oyaviy negizida ayriliq, hijron tuyg’usi yotadi, unda ijtimoiy rang quyuq, ya’ni yor bilan barobar diyor qayg’usi asosiy planda talqin etilgan. Mumtoz poetikada nido degan san’at bor. Agar shoir o’zining sub’yektiv fikru tuyg’ularini insonga, tabiatdagi biror narsa yoki predmetga murojaat qilish yo’li bilan ifoda etsa, o’sha nido san’atini amalda qo’llagan bo’ladi. Bobur bu san’atni ruboiylarida ko’p qo’llagan.Masalan, shoir ba’zi she’rlarida o’z kechinmalarini “ bodi sabo”, “yel”, “ subh”, ”ko’ngil” kabilarga to’g’ridan-to’g’ri murojaat qilish orqali tasvirlab : Ey bodi sabo, ayla Xurosong’a guzar, Mendin degil ul yori parishong’a xabar. Necha safar o’z ko’nglung uchun qilg’aysen, Endi bizning uchun ayla bu yong’a safar. Bobur bu she’rni yozishda nido san’atini qo’llagan, ya’ni she’rni “Ey bodi sabo” degan xitob so’zlari bilan boshlagan. Bu bilan shoir badiiy tasvir vositalaridan hayotiy real kechinmalar tasviri uchun foydalangan. Bobur qaysi mavzuda ruboiy yozmasin, albatta, uning o’ziga xos va betakror ohangini topgan. Boshqacha qilib aytganda, shoir ruboiylarida mazmun va shakl birligi bor. Badiiy (she’riy) san’atlar Sharq mumtoz adabiyotining, shu jumladan, o’zbek adabiyotining o’ziga xosligi, milliyligi, latofati, nazokati, rango-rangligi, jozibadorligi, va ta’sirchanligini ifodalovchi vositadir. Badiiy sa’natlar uch guruhga bo’linadi: Zahiriddin Muhammad Boburning bir ruboiysi sevimli zavjalari Mohim begim va Gulrux begimlarga, bir ruboiysi Komron mirzoga, bir ruboiysi Humoyun mirzoga, bir ruboiysi hofizi Ruhdamga, bir forsiy ruboiysi Bajavr qal’a-sining olinishi haqida, ayrim qit’alari Xoja Kalon va Fo’lod sultonga bag’ishlagani ma’lum. Ayniqsa, uning quyidagi sirli ruboiysi adabiyotshunoslarni lol qoldiradi: Hijronda, sabom yetti falakka ohim, Gar ul sori borsang, bu durur dilxohim: Kim arzi duo niyoz ila qilg’aysen, Gar so’rsa man xastani gulrux Mohim. Darhaqiqat, bu badiiy matn shu holatida ham juda o’qishli, go’zal, shinam: mazmunli, ta’sirchan. Bu ruboiy Boburning Hirot safari vaqtida bitilganmi yoki Hindiston uchun besh marotaba yurishlarning birida yozilganmi? Bizningcha, she’r shoh va shoir xonadoni Kobulda ekanida, o’zining safardalik paytida yaratilgan va oilaviy maktubga she’riy ilova bo’lgan. “Ul sori” deb ijodkor “Kobul tomon” ni nazarda tutgan. Boburning bir ruboiysining bir misrasini to’rt xil talqin qilishning o’ziyoq uning mahorati yetuk shoir ekanligidan dalolat berib turibdi. Mumtoz Sharq poetikasida “iyhom” nomli badiiy san’at bo’lib, buning lug’aviy ma’nosi “gumonsiratish” dir. Iyhom o’ta nozik san’at bo’lgani uchun Alisher Navoiy bu san’atni “xossa ma’no” (eng nozik ma’nolar) ni ifodalaydigan san’at ekanligini uqtirgan: Agar xossa ma’no gar iyhom erur, Aning kunda yuz bayti havlom erur, deya daho shoirimiz o’z cheksiz imkoniyati bilan faxrlangan edi. Bobur ana shu san’atda qayta-qayta kitobxon qarshisida ma’no-mazmun rang-barangligini namoyishkorona uyushtiradi. Quyidagi dilkash, jozib baytni o’qib, zukkolarcha idrokini ishga sola olgan kitobxon “so’rorim bor” birikmasini “so’ramoqchiman” va “so’rmoqchiman” ma’nolarida fahmlay oladi: Labing bag’rimni qon qildi, ko’zimdin qon ravon qildi, Nega holim yomon qilid, men ondin bir so’rorim bor. Ushbu san’atda Alisher Navoiygacha yashagan mumtoz shoirlarimiz orasida eng ko’p baytlar yaratgan shoirimiz Mavlono Lutfiy Shoshiy (Toshkandiy) bo’ladilar. Bobur mahorati tafre’ san’atini qo’llashda ham yaqqol namoyon bo’ladi. Bu badiiy san’atni qo’llagan san’atkor ko’rinib turgan narsani “bu emas” deydida, “mana bu” deb boshqa bir o’xshash narsani aytib, ajoyib mubolag’ali, o’ta ta’sirchan badiiy voqelikni yaratadi: Sel emasdir yer yuzin tutqan – ko’zumning yoshidur, Ra’d emasdur ko’kka chirmashqon – ko’ngul afg’onidur. Mazmuni: Yer yuzini tutib ketgan sel emas, balki ko’z yoshlarimdir. Osmonga qasirg’alar tashlayotgan momoqaldiroq emas, balki ko’nglim faryodidir. “Tafre’” san’atining ta’sirchanlik imkoniyatlarini Alisher Navoiy Sa’diy Sheroziydan kuzatgan bo’lsa ham ajab emas: Nest on lolaho, ki dar bodiyaho jilvagarand, Kushtagonand, ki zi xok barovardi sarand. Download 94.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling