Bazasi boshqarish
XIII BOB. MA’LUMOTLAR BAZASINI HIMOYALASH
Download 2.13 Mb. Pdf ko'rish
|
61dbf61e8b8af1.76566515
- Bu sahifa navigatsiya:
- Loyihalashtirish va ekspluatatsiya
XIII BOB. MA’LUMOTLAR BAZASINI HIMOYALASH
Ma’lumotlar bazasini himoyalash Avtomatlashtirilgan axborot tizimlaridan foydalanish, holati va ishlashi korxona va tashkilotlar faoliyatiga jiddiy ta’sir etishi mumkin bo‘lgan, ma’lumotlar bazasi yoki ma’lumotlar bazasi majmui ko‘rinishidagi umumiy axborot resurslarining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Natijada, korxona va tashkilotlar faoliyatining axborot ta’minoti amaliyotiga avtomatlashtirilgan axborot tizimini tatbiq etish jarayonida, maxsus “ma’lumotlar bazasini himoyalash” atamasini olgan, holatlarni alohida o‘ziga xos nazoratlash kerak bo‘ladi. Ma’lumotlarni himoyalash jarayonida yechiladigan masalalarning vazifalari va mazmuniga qarashlar avtomatlashtirilgan axborot tizimlari industriyasining tashkil topishi bilan birgalikda shakllandi, ularni amalga oshirishdagi dasturiy-texnik jihatlarning o‘zgarishi va murakkablashishi natijasida o‘zgardi, ammo vaqt o‘tgan sari, asta- sekin ularning qandaydir bazaviy ro‘yxati shakllandi va ma’lumotlar bazasini himoyalash atomatlashtirilgan axborot tizimi nazariyasi va amaliyotida ajralmas muhim komponent bo‘lib qoldi. “Ma’lumotlar bazasini himoyalash” deganda ma’lumotlar bazasidan ruxsatsiz foydalanishdan, ma’lumotlarni foydalanuvchilar tomonidan o‘zgartirilishidan yoki buzilishidan ogohlantirish; apparat va dasturiy vositalarning yanglishishidagi va ekspluatatsiya xodimi xatosidagi ma’lumotlarning o‘zgarishidan yoki buzilishidan ogohlantirish tushuniladi. Loyihalashtirish va ekspluatatsiya Loyihalashtirish va ekspluatatsiya tizimida ma’lumot qayta ishlab chiqishda MB butunligini ta’minlash asosiy masala bo‘lib keladi. Butunlikni buzilishi nafaqat operatorni axborot kiritishdagi xatosi, balki ish tizimini buzilishi ham bo‘lishi mumkin. Ish tizimidagi ishni rad etilishi ba’zi operatsiyalar bajarilib, ba’zilari bajarilishini ulgurmaganligi holatidan kelib chiqadi. Butunlikni buzilishi ma’lumotlarni kirgazishda yoki to‘g‘irlab kiritishda relyatsion operatsiyalarni (proyeksiyalashda, ulashda) bajarishda hosil bo‘lishi mumkin. 181 Butunlik muammosini yechishda MB ga ma’lumotlarni to‘g‘riligini istalgan vaqt mobaynida ta’minlaydi, ma’lumot ishonchligini tekshirish qoidalaridan foydalanib MB jadvaliga haqiqiy bo‘lmagan ma’lumot tushib qolmasligi maxsus ko‘rsatkichlar to‘plami deb ataladi. Butunlikni buzilishi ma’lumotlarni kirgazishda yoki to‘g‘irlab kiritishda relyatsion Butunlikni cheklash ma’lumotlar bazasi darajasida qoidalarni avtomatik o‘rnatadi, qachonki operator jadvaldagi ma’lumotni o‘chirsa yoki o‘zgartirsagina tekshirish avtomatik ravishda bajariladi. Agar ba’zi cheklatishlar buzilsa operatorlar to‘xtatiladi. Butunlikni cheklash axborot xarakteristikalarni aks etadi va predmet sohasidagi xususiyatlarni aniqlaydi. Butunlikni cheklash ma’lumot obyekt maydoniga kortejlarga (qator, yozuvlar), munosabatlarga (jadvallar, fayllarni), fayllar orasidagi aloqalarga tegishlidir. Butunlik cheklanishni nazorat qilishda ikki turdagi cheklanish qo‘llaniladi. Bir vaqtni o‘zida keyingiga olib qo‘yilgan cheklanishlar. Keyingiga qo‘yilgan butunlik cheklanishlar operatsiya davomida emas, operatsiya oxirida ishni bajarilishini tekshiradi. Keyingiga qo‘yilgan butunlik cheklash tranzaksiya tushunchasi bilan bog‘liq. Bu cheklanishlar buxgalter provodkasi xarakatida xizmat qiladi. Butunlikni cheklashni nazorat qilish amaliy nazorati amalda ko‘p vaqtni olishi mumkin. Cheklash buzilganidagina berilgan ma’lumotlar tekshirilsa, butunlik cheklanishi buzilishiga olib kelmaydi. Butunlik cheklanishi u yo bu predmet sohasiga qaraydi va tekshirib ko‘rilganda infologik modeliga yoziladi. Relyatsion opreatsiyalarni bajarish vaqtida butunlikni saqlab qolish uchun fayllar to‘g‘ri loyihalanish va bu harakatlarni bajarishda qoidalarga rioya qilish kerak. MB ni himoya qilishda turli butunlik cheklashlar qo‘llaniladi: jurnalizatsiyalashda, replikatsiyalashda, zahira nusxalashda. Download 2.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling