Bazasi boshqarish


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/153
Sana20.10.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1710944
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   153
Bog'liq
61dbf61e8b8af1.76566515

Ma’lumotlar bloki ingl: data unit рус: блок данных Bir xil 
uzunlikdagi ramzlar ketma-ketligi. U ma’lumotlarni ifodalashda yoki 
o‘z holicha uzatishda ishlatiladi.


230 
Ma’lumotlar butunligining buzilishi ingl: data corruption рус: 
нарушение целостности данных Axborotning, uning tuzilmasining 
o‘zgarishiga va ma’lumotlarning bir qismi yo‘qolishiga olib keladigan 
buzilishi.
Ma’lumotlarga ochiq tarmoqda ishlov berish ingl: open 
network computing (ONC) рус: открытая сетевая обработка 
данных SUN Microsystems korporasiyasi tomonidan taklif qilingan 
asosiy funksional profil. SUN Microsystems korporasiyasiga tegishli 
bo‘lgan ONC 1985 yili paydo bo‘lgan va turli ishlab chiqaruvchilar 
tomonidan 
chiqarilgan 
axborot 
tizimlarida 
tatbiq 
qilishga 
mo‘ljallangan standartlar to‘plamidir. Bu standartlar, operasion tizim 
va kompyuterlarning arxitekturasiga bog‘liq emas. Interfeyslarning 
barcha 
spesifikasiyalari 
va 
tavsiflari 
nashr 
qilingan 
va 
mutaxassislarning keng doirasiga murojaat etilgan, ya’ni, ONC 
ochiqdir. Unda dastlabki matnlarning talaygina qismi bepul uzatiladi, 
qolgan qismi uchun – arzimagan pul to‘lanadi. ONC asosiy profili 
keng tarqalib, ma’lumotlarga tarqoq ishlov berish uchun de- fakto 
standart bo‘lib qoldi.
Ma’lumotlarga taqsimlangan ishlov berish ingl: distributed 
data processing (DDP) рус: распределенная обработка данных 
Amaliy dasturlarni, bir guruh axborot tizimlari tomonidan bajarish 
uslubi. DDPning mohiyati shundaki, unda foydalanuvchi, bir necha 
o‘zaro ishlovchi abonent tizimlarda joylashgan, tarmoq xizmatlari va 
amaliy jarayonlar bilan ishlash imkoniga ega bo‘ladi. Taqsimlangan 
ishlov berish uchun amaliy dasturlar segmentlab bajariladi. 
Ma’lumotlarni uzatish, jarayonlarni masofadan chaqirish yoki elektron 
pochta yordamida yuz beradi. Taqsimlangan ishlov berishning alohida 
katta imkoniyatlarini aralash tarmoqlarda ko‘rish mumkin.

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling