Bazasi boshqarish


Ma’lumotlarni dolzarblash


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/153
Sana20.10.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1710944
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   153
Bog'liq
61dbf61e8b8af1.76566515

Ma’lumotlarni dolzarblash ingl: data actualization рус: 
актуализация данных Ma’lumotlarni dolzarb holatda saqlash, ya’ni 
ularni ma’lum sohadagi aks ettirilayotgan obyektlar holati bilan 
muvofiqlashtirish. Dolzarblash yozuvlarni qo‘shish, o‘chirish hamda 
tahrirlash amallarini o‘z ichiga oladi.
Ma’lumotlarni zichlashning samarasizligi ingl: packing 
inefficiency рус: неэффективность уплотнения данных O‘tkazish 
qobiliyatining, ma’lumotlar guruhli oqimini marshrutlash va aloqa 
bog‘lamalaridagi turli abonentlar ma’lumotlarini ajratish uchun zarur 
bo‘lgan xizmatga oid axborot bilan to‘ldirishga bog‘liq holda 
yo‘qolishi.
Ma’lumotlarni keng polosali uzatish 
ingl: broadband 
transmission рус: широкополосная передача данных. Bitta muhit 
(sim) bir polosa bir necha kanallarga xizmat ko‘rsata oladigan 
ma’lumotlarni uzatish turi. Keng polosali uzatish, misol uchun, kabel 
teleko‘rsatuvlari xizmati tomonidan foydalaniladi.
Ma’lumotlarni muhofazalash samaradorligining me’yorlari 
ingl: efficiency norms of information protection рус: нормы 


232 
эффективности защиты информации Me’yoriy hujjatlar tomonidan 
belgilangan axborotni muhofazalash samaradorligi ko‘rsatkichlarining 
qiymati.
Relyasion MBBT ingl: relational database management system 
(RDBMS) рус: реляционная СУБД Ma’lumotlar jadvallar shaklida 
berilgan MBBT turi. Jadval yozuvlar bog‘lanishlarini aks ettiradi. 
MBBTlar soddaligi, muxtasarligi va aniqligi bilan ajralib turadi. 
Ularning har biri bir vaqtning o‘zida bir necha jadvallarda joylashgan 
ma’lumotlar bilan ishlaydi. Shu sababli relyasion ma’lumotlar bazalari 
ma’lumotlardan tezkor foydalanishni ta’minlaydi.
So‘rov ingl: query рус: запрос Ma’lumotlarni uzatishda bosh 
kompyuter tomonidan bo‘ysunuvchi kompyuterdan uning holatini (ish 
rejimini) aniqlash va oydinlashtirish maqsadida so‘rov qilish jarayoni. 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling