161
5. Ma’umotlar tarkibini aniqlash deganda nimani tushunasiz?
6. Axborot obyektlarini aniqlash jarayonini tushuntiring
7.
Axborot
obyektlarining
aloqalarini
aniqlash
jarayonini
tushuntiring.
162
XI BOB. TAQSIMLANGAN MA’LUMOTLAR BAZASI
Taqsimlangan ma’lumotlar bazasi
Taqsimlangan ma’lumotlar bazasida butun dunyo bo‘ylab
geografik jihatdan taqsimlanishi mumkin bo‘lgan
bir nechta
ma’lumotlar bazalari mavjud bo‘ladi. Taqsimlangan ma’lumotlar
bazasini foydalanuvchilarga bitta ma’lumotlar bazasi bo‘lib
ko‘rinadigan tarzda boshqaradi.
Taqsimlangan ma’lumotlar bazasi - bu kompyuter tarmog‘i
orqali aloqa qiladigan turli xil joylarda fizik jihatdan taqsimlangan bir-
biriga bog‘langan bir nechta ma’lumotlar
bazalarining integrative
ko‘rinishi hisoblanadi.
To‘plamdagi ma’lumotlar bazalari mantiqiy ravishda bir-biri bilan
bog‘liq. Ular ko‘pincha bitta mantiqiy ma’lumotlar bazasi hisoblanadi.
Ma’lumotlar fizik jihatdan bir nechta serverlarda saqlanadi. Har
bir saytdagi ma’lumotlar boshqa saytlardan
mustaqil ravishda
markazlashgan ma’lumotlar bazasi
boshqaruvchisi tomonidan
boshqarilishi mumkin.
Serverdagi protsessorlar tarmoq orqali ulangan. Ular ko‘p
protsessorli konfiguratsiyaga ega emaslar. Taqsimlangan ma’lumotlar
bazasi erkin bog‘langan fayl tizimi emas.
Taqsimlangan ma’lumotlar bazasi tranzaksiyalarni qayta ishlashni
o‘z ichiga oladi, ammo bu tranzaksiyalarni qayta ishlash bilan sinonim
emas.
To‘plamdagi ma’lumotlar bazalari mantiqiy ravishda bir-biri bilan
bog‘liq. Ular ko‘pincha bitta mantiqiy ma’lumotlar
bazasini aks
ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: