Bazasi boshqarish


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/153
Sana20.10.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1710944
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   153
Bog'liq
61dbf61e8b8af1.76566515

Axborot ishonchliligi ingl: information reliability рус: 
достоверность информации Axborotning to‘g‘ri qabul qilinish 
xususiyati. U quyidagilar yordamida ta’minlanadi: uzatilayotgan 


228 
xabarlarda voqealar ro‘y berish vaqtining belgilanishi; turli 
manbalardan olingan ma’lumotlarning puxta o‘rganilishi va 
taqqoslanishi; soxta informasiyaning vaqtida fosh etilishi; buzilgan 
axborotning o‘chirilishi va h.k.
Axborot ombori ingl: data warehouse рус: информационное 
хранилище Juda katta bo‘lgan predmetga yo‘naltirilgan informasion 
korporativ ma’lumotlar bazasi. U alohida dasturlangan va hisobot 
tayyorlashga, biznes jarayonlarni tahlil qilishga va tashkilotlarda qaror 
qabul 
qilishga 
qaratilgan. 
Axborot 
omborida 
mijoz-server 
arxitekturasi, relyasion MBBT qo‘llaniladi hamda u echimga kelish 
utilitaga asoslangan. Axborot omboriga kelayotgan ma’lumotlar faqat 
o‘qish uchun ochiq bo‘ladi. Sanoat OLTP-tizimdan kelgan 
ma’lumotlar omborga shunday tarzda nusxa qilinadiki, unda 
hisobotlarni yaratish va OLAP- tahlili sanoat tizimining resurslaridan 
foydalanmaydi va barqarorligini buzmaydi. Ma’lumotlar omborga 
muayyan davriylikda keladi, shuning uchun ularning dolzarbligi 
OLTP-tizimidan bir oz kechikadi.
Axborot 
resursi 
ingl: 
information 
resource 
рус: 
информационный ресурс 1 Axborot tizimi tarkibidagi elektron 
shakldagi axborot, ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasi. (qonun) 2 
Alohida hujjatlar va hujjatlar massivlari, axborot tizimlaridagi 
(kutubxona, arxiv, jamg‘arma va ma’lumotlar banklari, boshqa 
axborot tizimlari) hujjatlar va hujjatlar massivlari. 3 Axborot 
tizimlaridagi (kutubxona, arxiv, jamg‘arma va ma’lumotlar banklari 
hamda depozitariy, muzey va boshqalar) hujjatlar va hujjatlar 
massivlari. 4 Ma’lumotlar va bilimlar bazalari, axborot tizimlaridagi 
boshqa axborot massivlarini o‘z ichiga oluvchi tashkillash- tirilgan 
jami hujjatlashtirilgan axborot.
Kalit ingl: key рус: ключ 1. Ramzlar majmui. U obyektlarni 
o‘xshash obyektlar to‘plamidan ajratib olish, ularni qidirish yoki 
maxfiylashtirish uchun ishlatiladi. Obyektlar sifatida foydalanuvchilar 
va dasturlar, ma’lumotlar, fayllar, klaviatura va h.k. bo‘lishi mumkin. 
Ikki turdagi kalitlar farqlanadi: ochiq (barcha foydalanuvchi va 
dasturlarga beriladigan, masalan, klaviatura tugmachalari kodlari) va 
yopiq (cheklangan doiradagi shaxslarga va dasturlarga ma’lum 
bo‘lgan, masalan, korporasiya ma’lumotlar bazasidan foydalanish 
kaliti). 2. MB. Ma’lumotlarni aniqlash uchun ishlatiladigan bir yoki 
undan 
ortiq 
ramzlar 
yoki 
yozuv 
maydoni.


229 
3. kriptografiya. Dastlabki matnni shifrmatnga o‘girish va unga teskari 
amallarni boshqarish uchun ishlatiladigan axborot majmui (bitlar 
ketma-ketligi). q: birlamchi kalit

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling