Bazasi boshqarish
Download 2.13 Mb. Pdf ko'rish
|
61dbf61e8b8af1.76566515
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’lumotlar bazasini tarqatish
- Ma’lumotlar bazasi ma’muri
Ma’lumotlar bazasi (MB) hamda ularni qidirib topish va
saralash MBni boshqarish tizimi (MBBT) yordamida amalga oshiriladi. MBlari shaxsiy va jamoaviy foydalanishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Jamoa foydalanadigan yirik MBlarni kuzatib borishni ma’lumotlar bazasining boshqaruvchisi amalga oshiradi. Bitta kompyuterda joylashgan lokal bazalar va bir-biri bilan bog‘langan bir nechta kompyuterlarda taqsimlangan bazalar farqlanadi. Ma’lumotlar bazasini tarqatish ingl: database distribution рус: распространение базы данных Ixtiyoriy moddiy shaklda qayta ishlab chiqarilgan ma’lumotlar bazasidan foydalanishni, shu jumladan, tarmoq va boshqa usullar bilan, taqdim qilish. Shuningdek, sotish, kiraga berish, ijaraga topshirish, qarzga berish, shu maqsadlarda importni ham o‘z ichiga oladi. Ma’lumotlar bazasi ma’muri ingl: database administrator рус: администратор базы данных Tashkilot yoki muassasa ma’lumotlar bazasining ahvoli, rivojlanishi va undan foydalanishga javobgar shaxs yoki shaxslar guruhi. Ma’lumotlar bazasi ma’muri ma’lumotlar bazasi faoliyatini ta’minlaydi, ma’lumotlarning to‘liqligi, to‘g‘riligi, qarama- qarshi emasligi va butunligi hamda kerakli muhofaza darajasini nazorat qiladi va qo‘llab- quvvatlaydi. Dasturlari ma’lumotlar bazasidan foydalanishda qo‘llaniladigan foydalanuvchi va dasturlovchilar bilan o‘zaro ish olib boradi. Atribut ingl: attribute рус: атрибут Xususiyat, sifat yoki miqdor belgisi. U makondagi obyektni ta’riflovchi (biroq uning qaerda joylashganligini ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lmagan) va uning noyob soni ya’ni aniqlovchisi bilan bog‘liqlikda tasavvur qilinadi. Atribut ko‘rsatkichlari majmuasi odatda ma’lumotlar bazalarini relyasion boshqarish tizimi vositalari yordamida jadvallar shaklida taqdim etiladi. Kengroq ma’noda atribut deganda obyektning xohlagan, makondagi yoki makonda bo‘lmagan xususiyati tushuniladi; bunday holda makondagi atribut va makonda bo‘lmagan atribut ajratiladi. Makondagi obyektlarga atribut berish yoki obyektlarni atribut bilan bog‘lash jarayoni atributlash deyiladi. Download 2.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling