230
Ma’lumotlar butunligining buzilishi ingl: data corruption рус:
нарушение
целостности данных Axborotning, uning tuzilmasining
o‘zgarishiga va ma’lumotlarning bir qismi yo‘qolishiga olib keladigan
buzilishi.
Ma’lumotlarga ochiq tarmoqda ishlov berish ingl: open
network computing (ONC) рус:
открытая сетевая обработка
данных SUN Microsystems korporasiyasi tomonidan taklif qilingan
asosiy funksional profil. SUN Microsystems korporasiyasiga tegishli
bo‘lgan ONC 1985 yili paydo bo‘lgan va
turli ishlab chiqaruvchilar
tomonidan
chiqarilgan
axborot
tizimlarida
tatbiq
qilishga
mo‘ljallangan standartlar to‘plamidir. Bu standartlar, operasion tizim
va kompyuterlarning arxitekturasiga bog‘liq emas.
Interfeyslarning
barcha
spesifikasiyalari
va
tavsiflari
nashr
qilingan
va
mutaxassislarning keng doirasiga murojaat etilgan, ya’ni, ONC
ochiqdir. Unda dastlabki matnlarning talaygina qismi bepul uzatiladi,
qolgan qismi uchun – arzimagan pul to‘lanadi. ONC asosiy profili
keng
tarqalib, ma’lumotlarga tarqoq ishlov berish uchun de- fakto
standart bo‘lib qoldi.
Ma’lumotlarga taqsimlangan ishlov berish ingl:
distributed
data processing (DDP) рус: распределенная обработка данных
Amaliy dasturlarni, bir guruh axborot tizimlari
tomonidan bajarish
uslubi. DDPning mohiyati shundaki, unda foydalanuvchi,
bir necha
o‘zaro ishlovchi abonent tizimlarda joylashgan, tarmoq xizmatlari va
amaliy jarayonlar bilan ishlash imkoniga ega bo‘ladi. Taqsimlangan
ishlov berish uchun amaliy dasturlar segmentlab bajariladi.
Ma’lumotlarni uzatish, jarayonlarni masofadan chaqirish yoki elektron
pochta yordamida yuz beradi. Taqsimlangan ishlov berishning alohida
katta imkoniyatlarini aralash tarmoqlarda ko‘rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: