Ma’lumotlar bazasini boshqarishning gibrid tizimi ingl:
hybrid database management system рус: гибридная система
управления базой данных Gibrid MBBT. U relyasion va obyektga
yo‘naltirilgan
tizimlarning
ijobiy
sifatlarini
o‘zida
mujassamlashtirgan. Relyasion MBBT ning tranzaksiyalariga ishlov
berish vositalarini o‘z ichiga olib, obyektga yo‘naltirilgan MBBT ning
ko‘pgina ma’lumot turlarini ham quvvatlaydi. Gibrid MBBT
“tuzilmalashtirilgan so‘rovlar tili” SQL dan foydalanadi.
Ma’lumotlar bazasini boshqarishning ko‘p o‘lchamli tizimi
ingl: multidimensional database management system (MDDBMS)
рус:
многомерная
система
управления
базой
данных
Ma’lumotlarning N-o‘lchamli kub shaklida taqdim etilishini
ta’minlaydi. Shu tufayli MDDBMS murakkab hujjatlar tizimlarini
qayta ishlaydi.
Ma’lumotlar bazasini moslashtirish ingl: database adaptation
рус: адаптация базы данных Foydalanuvchining muayyan texnik
vositalari yoki aniq dasturlari boshqaruvidagi ma’lumotlar bazasi
faoliyatini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladigan o‘zgartirishlar
kiritish. ingl: database publishing рус: выпуск базы данных
Ma’lumotlar bazasi nusxalarini muallif roziligi asosida cheklanmagan
shaxslar doirasiga taqdim etish (jumladan, kompyuter xotirasiga
yozish va bosma matn chop etish orqali ham). Bunday nusxalar soni
ko‘rsatilgan asarlar tavsifiga ko‘ra mazkur doiradagi shaxslar
ehtiyojlarini qondirishi lozim.
Ma’lumotlar banki ingl: databank рус: банк данных 1
Ma’lumotlar majmui. Bu ma’lumotlar berilgan mavzuga tegishli
bo‘lib foydalanuvchilar bilan o‘zaro ta’sir qila olishini ta’minlaydigan
tarzda tashkil qilingan. 2 Ma’lumotlarni markazlashtirilgan holda
saqlash va jamoa bo‘lib foydalanishning avtomatlashtirilgan tizimi.
Uning tarkibiga ma’lumotlar bazasi yoki ularning majmui,
ma’lumotlar bazasi spravochnigi, MBBT, hamda so‘rovlar va amaliy
dasturlar kutubxonasi kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |