Bazasi boshqarish


Ma’lumolar bazasini ishlab chiqish


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/153
Sana20.10.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1710944
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   153
Bog'liq
61dbf61e8b8af1.76566515

Ma’lumolar bazasini ishlab chiqish 
Quyida «O‘quv jarayoni» nomli shartli predmet sohasi uchun 
ma’lumolar bazasini ishlab chiqish jarayoni ko‘rib chiqiladi.
Predmet sohasi tavsifi. Faraz qilaylik, foydalanuvchi uchun joriy 
semestrning o‘quv jarayoni: guruhlar, talabalarining ro‘yxati; 
o‘rgatilayotgan predmetlar; kafedralar o‘qituvchilarining ro‘yxati; har 
bir guruhning nazariy va amaliy mashg‘ulotlari haqida ma’lumotlar; 
har bir o‘tkazilgan mashg‘ulot bo‘yicha topshirilgan imtihonlar 
(sinovlar) natijalari haqida kerakli ma’lumotlar berishi mumkin 
bo‘lgan ma’lumotlar bazasini qurish lozim bo‘lsin. Foydalanuvchi 
uchun bazadagi ma’lumotlar asosida yana quyidagilar zarur: 
«Guruhning imtihon varaqasi» nomli hujjatni tuzish; hisob-kitob yo‘li 
bilan o‘rtacha balni olish; imtihon natijalari, imtihon topshirmagan 
talabalar soniga qarab guruhdagi o‘rtacha bahoni hisob-kitob qilgan 
holda guruhdagi topshirilgan imtihonlar natijalarini tahlil qilish
kafedra tomonidan joriy semestrda o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlar 
soatlarining umumiy miqdorini hamda o‘qituvchining o‘rtacha 
yuklamasini aniqlash. 
Ma’umotlar tarkibini aniqlash. Foydalanuvchini mazkur axborot 
bilan ta’minlash uchun ma’lumotlar bazasida talabalar guruhlari, 
guruhlar tarkibi, kafedralar va ularning o‘qituvchilari tarkibi, talabalar 
o‘rganayotgan predmetlar haqida so‘rov ma’lumotlari, shuningdek, 
guruhlarda o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlar va talabalarning joriy 
semestrdagi o‘zlashtiruvlari haqidagi hisobot ma’lumotlari saqlanishi 


154 
lozim. Predmet sohasi tahlili natijasida MBga yuklash uchun hujjat
manbalar aniqlanadi. 
So‘rov ma’lumotlariga quyidagi hujjatlar kiradi: «Guruhlar 
talabalarining ro‘yxati», «Kafedralar o‘qituvchilarining ro‘yxati», 
«O‘rganilayotgan predmetlar bo‘yicha dasturlar». Quyida ikkita 
hujjatning namunaviy formalari keltirilgan
10.1 – jadval «Guruh talabalarining ro‘yxati» so‘rov hujjatining 
formasi.
№____ guruh talabalarining ro‘yxati 
Talaba 
raqami 
F.I.SH. 
Tug‘ilgan 
yili 
Manzilgohi 
Kirish bali 
10.2 - jadval. «O‘qituvchilar ro‘yxati» so‘rov hujjatining formasi. 
Kafedra o‘qituvchilarining ro‘yxati. 
Kafedra nomi____________________ 
kod___________ telefon__________ 
Mudir____________________ 
Jadval raqami 
F.I.SH. 
Ilmiy darajasi 
Ilmiy unvoni 
O‘quv jarayoni haqidagi hisobot axboroti joriy semestrda 
guruhlarda mashg‘ulotlar o‘tkazish rejalarida, shuningdek, to‘ldirilgan 
imtihon varaqalarida berilishi mumkin
10.3 – jadval Joriy semestr mashg‘ulotlari rejasi hujjatining 
formasi. 
Guruhlarda mashg‘ulotlar o‘tkazish rejasi 
Guruh № _________ semestr________(joriy) 
Predmet 
nomi 
Predmet 
kodi 
O‘qituvchi 
F.I.SH. 
O‘qituvchining 
jadval raqami 
Mashg‘ulo
t turi 
Soatla

10.4 - jadval. Imtihon varaqasi uchun hujjat formasi. 
Imtihon varaqasi 
Predmet nomi____________ Guruh_________ 
O‘qituvchi_______________
Topshirish turi___________ Sana_________ 


155 
№ t.n. 
Talaba F.I.SH. 
Baho 
O‘qituvchi imzosi 
Keltirilgan predmet sohasi tavsifiga asosan predmet sohasi 
ma’ulotlarining strukturasini aniqlovchi ma’lumotlarning mantiqiy 
o‘zaro aloqalarini aniqlash mumkin. Natijada axborot obyektlari 
ajratilishi va ular orasidagi aloqalar belgilanishi lozim. 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling