Bazasi boshqarish


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/153
Sana20.10.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1710944
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   153
Bog'liq
61dbf61e8b8af1.76566515

Nazorat uchun savollar. 
1. “Birga-bir”,“Birga-ko‘pchilik” va “Ko‘pchilikka-ko‘pchilik” aloqa 
ko‘rinishlarini tushuntiring. 


150 
2. Predmet sohasining axborot obyekti deganda nimani tushunasiz? 
3. Predmet sohani tasvirlash usullari haqida ma’lumot bering? 
4. Rekvizit tarkibiga qo‘yiladigan talablar nimalardan iborat? 
5. Normallashtirish talablari haqida nimalarni bilasiz?. 
6. Obyektlar orasidagi real munosabatlar deganda nimani tushunasiz? 
7. Ko‘p jadvalli ma’lumotlar baza deganda nimani tushunasiz? 
8. Ma’lumotlar bazasini yaratishda konseptual sxemaning o‘rni? 
9. Predmet sohani tahlil qilishning ohirgi bosqichi nimadan iborat? 
10. Munosabatlarning grafik tasvirini tushuntirib bering. 


151 
X BOB. MALUMOTLAR BAZASINI BOSHQARISHDA 
BOG‘LANISHLAR VA KO‘PJADVALLI AMALLARDAN 
FOYDALANISH 
Ma’lumotlar bazasi jadvallarini bog‘lash 
Jadvalni to‘ldirish. Jadval yaratish jarayonida kalit tushunchasi 
uchradi. 
Birlamchi kalit (bundan keyin uni kalit deb qo‘ya qolamiz) 
Qiymatlari to‘plami jadval ixtiyoriy yozuvini bir ma’noli aniqlovchi 
bir yoki bir nechta maydon. 
Bizning variantimizda ADRESATImaydoni kalitlidir. Jadvaldan 
bu maydon hisobchi ekanligi ko‘rinib turibdi, ya’ni u yozuvlarni 
kiritish tartibida raqamlaydi. ADRESATI maydonning to‘ldirish kerak 
emas, jadval satrining hech bo‘lmaganda bitta yacheykasi to‘ldirilishi 
bilan hisobchi avtomatik ravishda ishlab ketadi. 
TELEFON maydonini to‘ldirishga urinib ko‘ring. 

Telefon ustunining birinchi katakchasiga matn kursorini 
o‘rnating va etti xonali telefon raqamini kiriting. 

Ustunning keyingi xonasiga o‘ting. 
Jadvalning kutilayotgan keyingi xonasiga utish urniga, siz 
kiritilgan qiymat kirish niqobiga to‘g‘ri kelmasligi to‘g‘risidagi 
axborotni olasiz, chunki taklif qilingan variantda telefon telefon 
raqami oldidan shaxar kodi turishi kerak. Tuzatish kiritish uchun 
{ESC} tugmani bosish kerak. 
Agar katak tarkibiga e’tibor bilan qaralsa, kiritish niqobini 
aniqlash mumkin. 
Kiritish niqobi – bu maydonga bir xil formatga ega bo‘lgan 
qiymatlarni kiritishga imkon beruvchi shablon. Kiritish nikobi 
avtomatik ravishda maydonda doimiy belgilarni tasvirlaydi. 
Ma’lumotlarni kiritishda maydonda, agar ular maydon qiymatiga 
kiritilgan bo‘lishi kerak bo‘lsa xam, belgilarni terishga zaruriyat 
yo‘q; 
Kiritish niqobida bo‘sh xonalarni to‘ldirish etarli. Bundan tashqari 
Microsoft Access maydonga, bu maydon uchun aniqlangan kiritsh 
nikobiga to‘g‘ri kelmaydigan qiymatni kiritishga imkon bermaydi. 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling