Terrorizmning iqtisodiyot va insonlar uchun xavfli oqibatlari. Reja


Download 46.94 Kb.
bet1/4
Sana18.02.2023
Hajmi46.94 Kb.
#1212432
  1   2   3   4
Bog'liq
Terrorizmning iqtisodiyot va insonlar uchun xavfli oqibatlari.



Terrorizmning iqtisodiyot va insonlar uchun xavfli oqibatlari.


REJA:



  1. Terrorizm tushunchasi, mohiyati, uning salbiy illatlari.



2. Terrorizimni iqtisodiyot tarmoqlari va aholi uchun
xavfli xususiyatlari.


3. Xalqaro terrorizm va uning salbiy illatlari.


4. Xalqaro terrorizmga qarshi kurashda O`zbekistonning
ishtiroki.
Terrorizm va terrorchilik harakatlari haqida tushuncha
Terrorizm lotincha "terror" so`zidan olingan bo`lib, siyosiy, diniy, mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun shaxsning hayoti, sog`lig`iga xavf tug`diruvchi, mol - mulk va boshqa moddiy boyliklarni yo`q qilinishi xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, halqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron - bir harakatlar sodir etishga yoki sodir etilishidan tiyilishiga majbur qilishga, xalqaro munosabatlarni murakkablashtirishga, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzishga, xavfsizligiga putur yetkazishga, qurolli mojarolar chiqarishni ko`zlab ig`vogarliklar qilishga, aholini qo`rqitishga, ijtimoiy siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan.
Terrorizimning ikki turi mavjud:
A) yakka tartibdagi;
B) uyushgan guruhli terrorizm;
Terrorizm o`rta asrlardan boshlab barcha mintaqa va mamlakatlarda uchrab, o`z faoliyatlarini amalga oshirgan. Lekin o`tgan asrning oxirlaridan uning yangi ko`rinishlari vujudga keldi: jumladan, chet el davlatlari va hukumatlari rahbarlarini, ularning diplomatik vakillarini o`ldirish yoki o`g`irlash, elchixonalar, xalqaro tashkilotlarning binolarini portlatish, aeroportlar va vokzallarda portlash sodir etish, havo kemalarini olib qochish, odamlarni garovga olishi va boshqa shunga o`xshash nomaqbul harakatlarni amalga oshirish. Bulardan ko`rinadiki, terrorizmga aniq va yakdil ta’rif berish ancha murakkabdir. Shu vazifani imkoni boricha hal qilishda O`zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabr "Terrorizmga qarshi kurash to`g`risida"gi qonunda keltirilgan tushunchalarning mohiyatini bilish orqaligina aniqlik kiritsh mumkin. Ushba qonunning 2-moddasida terrorizmga oid tushunchalar va ularning mohiyati bayon etilgan. Jumladan:
Garovda ushlab turilgan shaxs – qo`lga olingan yoki ushlab turilgan shaxsni ozod etish shartlari sifatida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini, xalqaro tashkilotlarni, shuningdek, ayrim shaxslarni biron - bir harakat sodir etishga yoki bunday harakat sodir etishdan tiyilishiga majbur qilish maqsadida terrorchilar tomonidan qo`lga olingan yoki ushlab turilgan jismoniy shaxs.
Terrorchi - terrorchilik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etayotgan shaxs.
Terrorchilik guruhi - oldindan til biriktirib terrorchilik harakatini sodir etgan, bunday harakatga tayyorgarlik ko`rgan, yoki uni sodir etishga suiqasd qilgan shaxslar guruhi.
Terrorchilik tashkiloti - ikki yoki undan ortiq shaxsning yoki terrorchilik guruhlarining terrorchilik faoliyatini amalga oshirish uchun barqaror birlashuvi.
Terrorchilikka qarshi operatsiya - terrorchilik harakatiga chek qo`yish va uni oqibatlarini minimallashtirish, shuningdek, jismoniy shaxslarni xavfsizligini ta’minlash hamda terrorchilarni zararsizlantirishga qaratilgan kelishilgan va o`zaro bog`liq mahsus tadbirlar majmui.
Terrorchilikka qarshi operatsiya o`tkazilgan zona - joyning yoki ekvatoriyaning alohida uchastkalari, havo bo`shlig`i, transport vositalari, binolar, imoratlar, inshootlar, xonalar hamda terrorchilikka qarshi operatsiya o`tkazilgan doirada ularga tutash hududlar.
Terrorchilik faoliyati - terrochilik harakatini uyuushtirish, rejalashtirsh, tayyorlash va amalga oshirishdan, tuzishdan, ularni moliyalashtirish va moddiy - texnika jihatdan ta’minlashdan iborat bo`lgan faoltiyat.
Terrorchilik harakati - garovga ushlab turish uchun shaxslarni qo`lga olish yoki ushlab turish, davlat yoki jamiyat arbobining, aholining milliy, etnik, diniy va boshqa guruhlari chet el davlatlari va xalqaro tashkilotlar vakillarini hayotiga tajovuz qilish, davlat yoki jamoat ahamiyatiga molik ob’ektlarni bosib olish, shikastlantirsh, yo`q qilish, portlatish, o`t qo`yish, portlatish qurilmalarini, reaktiv, biologik, portlovchi, kimyoviy va boshqa zaharlovchi moddalarni ishlatish yoki ishlatish yo`li bilan qo`rqitish, yer usti, suv va havo transporti vositalarini qo`lga olish, olib qochish, shikastlantirish, yo`q qilish aholi gavjum joylarda va ommaviy tadbirlar o`tkazilayotganda vahima ko`tarish va tartibsizlik keltirib chiqarish, aholi hayotiga, sog`lig`iga, jismnoiy yoki yuridik shaxslar mol - mulkiga, avariyalar, texnogen xususiyatli halokatlar sodir etish yo`li bilan zarar yetkazish yoki xavf tug`dirish, taxdidiy har qanday vositalar, usullar bilan yoyish tarzida terrorchilik tusidagi jinoyatlarni, O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida va xalqaro huquqning umum – e’tirof etilgan normalarida belgilangan terrorchilik tusidagi boshqa harakatlarni sodir etish.
Xalqaro terrorizm - bir davlat hududi doirasidan tashqariga chiqadigan terroristik harakatlar majmuasi.

Download 46.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling