Terrorizmning iqtisodiyot va insonlar uchun xavfli oqibatlari. Reja
Xalqaro terrorizm va uning salbiy illatlari
Download 46.94 Kb.
|
Terrorizmning iqtisodiyot va insonlar uchun xavfli oqibatlari.
Xalqaro terrorizm va uning salbiy illatlari
Xalqaro terrorizm - bir davlat hududi doirasidan tashqariga chiqadigan terrorizmdir. Bu odamlarning behuda halok bo`lishiga olib keluvchi, davlatlar va ularni rasmiy vakillarining normal diplomatik faoliyatini buzuvchi hamda xalqaro aloqalar va uchrashuvlarni, shuningdek, davlatlar o`rtasida transport va boshqa aloqalarni amalga oshirishni qiyinlashtiruvchi xalqaro miqyosdagi ijtimoiy xavfli harakat va qilmishlar yig`indisidir. Xalqaro terrorizm XX asrning 60 - 70 yillariga kelib o`zini yaqqol namoyon qildi: dastlab turli davlatlardagi jinoyatchilar, o`z davlatiga nisbatan ekstremistik ruhdagi guruhlar birlashib, ijtimoiy - iqtisodiy jihatdan orqada qolayotgan va kam rivojlangan mamlakatlarda harakat ko`rsata boshladi. Xalqaro terrorchilar ayrim davlatlarning rahbarlariga, xalqaro miqyosda obro`ga ega bo`lgan siyosatchilarga chetdan turib suiqasd uyushtirish, davlat, transport, aloqa va milliy xavfsizlik tizimini ishdan chiqaruvchi portlashlar va harakatlar sodir etish, transport vositalari, jumladan samolyotlarni olib qochish bilan shug`ullana boshladilar. 80- yillarga kelib xalqaro terrorizm yanada jiddiy tus oldi. Xalqaro terrorizm o`zining yovuz niyatlarini turli terroristik harakatlari bilan amalga oshiradi. Jumladan: mustaqil davlatlar chegarasini buzish orqali amalga oshirish; diniy ekstremistik guruhlar tomonidan sodir etish; ekstremistik guruhlar tarkibida qo`poruvchilik harakatlari bo`yicha xorijlik yo`rig`chilarning qatnashishi; ekstremistik guruh a’zolarining boshqa davlatlar hududida tashkil etilgan maxsus lagerlarda tayyorgarlik ko`rish; tayyorgarlik ko`rish va qo`poruvchilik sodir etishda, xorijiy davlatlar va ekstremistik uyushmalar yordamida xalqaro tus olgan noqonuniy qurol - yaroq savdosi va narkobiznesdan keladigan manbalardan foydalanish; Bulardan ko`rinadiki, xalqaro terrorchilar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi ortdi. Terrorchilar qo`liga yadroviy, kimyoviy, biologik va zamonaviy hujumkor qurollarning tushib qolish xavfi kuchaydi. Bularning hammasi jahon jamoatchiligini qattiq tashvishlantirib qo`ydi. 1977- yilda katta "yettilik" davlatlari rahbarlarining Bonn (GFR) shahridagi uchrashuvida xalqaro terrorizmga qarshi kurash to`g`risida bayonot qabul qilindi. Xalqaro terrorizmning oshib borayotgan xavfi va unga qarshi kurash masalalari oliy darajadagi keyingi barcha uchrashuvlarning asosiy mavzusi bo`lib keldi. Chunki xalqaro terrorizm bir tizimga birlashib harakat qila boshladi. Ular safida turli davlat, millat vakillari, diniy ekstremistik ruhdagi shaxslar, narkobiznes va qurol - yaroq savdosidan foyda ko`ruvchi jinoiy to`dalar, yollanib xizmat qiluvchilar paydo bo`ldi. Xalqaro terrorchilik va ekstremistik markazida razil jinoyatchilarni tayyorlaydigan maxsus lagerlar ochildi. Xalqaro terrorchilar aholini, xususan, dindorlar va yoshlarni davlatga, davlat tashkilotlariga qarshi qo`yishga hamda hokimiyatga qarshi muxolifatni shakllantirishga harakat qildi. O`zbekiston Respublikasi o`z mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab terrorizm va ekstremizmning har qanday ko`rinishiga qarshi qat’iyat bilan kurashib kelmoqda. O`zbekiston Respublikasi halqaro terrorizm ko`rinishlariga qaratilgan ko`plab xalqaro bitimlarning: "havo kemalarini qonunga xilof ravishda egallab olishga qarshi kurashish to`g`risida"gi 1970- yilda Gaaga konvensiyasining; "Fuqaro aviatsiyasining xavfsizligiga qarshi kurash to`g`risida"gi 1971- yildagi Monreal Konvensiyaning; "Xalqaro himoyadan foydalanuvchi shaxslar, masalan diplomatik agentlarga qarshi jinoayatlarning oldini olish va jazolash to`g`risida"gi 1973- yildagi konvensiyaning; "Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash to`g`risida"gi va boshqa konvensiyalarning ishtirokchisi hisoblanadi. 2004- yildan Toshkentda Shanxay hamkorlik Tashkiloti (ShHT)ning mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo`mitasi faoliyat ko`rsata boshladi. Download 46.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling