Terrorizmning iqtisodiyot va insonlar uchun xavfli oqibatlari. Reja


Xalqaro terrorizmga qarshi kurashda O`zbekistonning ishtiroki


Download 46.94 Kb.
bet4/4
Sana18.02.2023
Hajmi46.94 Kb.
#1212432
1   2   3   4
Bog'liq
Terrorizmning iqtisodiyot va insonlar uchun xavfli oqibatlari.

Xalqaro terrorizmga qarshi kurashda O`zbekistonning ishtiroki.
Xalqaro terrorizm nafaqat tashqi, balki ichki xavfsizlikka ham daxldor masaladir. Chunki terrorchilik tashkilotlari jangari usullari bilan hokimiyat uchun kurashuvchi guruhlarni shakllantirish, ularni har tomonlama rag`batlantirish va qo`llab quvvatlashga intiladi.
Markaziy Osiyo davlatlari uchun xalqaro terrorizmning xavfli 1990- yilda Namangan va Andijonda, 1990 - 1996 yillarda Tojikistondagi fuqarolik urushi va mojarolar davomida, 1999- yil 16- fevralda Toshkent shahrida, 1999 - 2001 yillarda Qirg`izistonning Botken, O`zbekistonning Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida, 2004- yilning mart - aprel oylarida Toshkent shahri va Buxoro viloyatlarida, 2004 yilning 11 - 13 may kuni Andijon viloyatida amalga oshirilgan terrorchilik harakatlari misolida o`zini namoyon etdi.
Mustaqillikka erishgan O`zbekiston Respublikasi xalqaro terrorizmning umumbashariy miqyosdagi xavfli ekanligidan jahon hamjamiyati bilan birgalikda unga qarshi kurashish lozimligini jahonning nufuzli minbarlarida e’lon qildi. Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1993- yil 28 sentyabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh assambelyasining 48 sessiyasida qilgan ma’ruzasida jahon hamjamiyatining Afg`oniston muammosini izchil o`rganish va yechishga chaqirdi. Keyinchalik 1998- yilda Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil topgan "6+2" guruhini BMT rahbarligi ostida 1998 - 1999 yillarda olib borilgan faoliyat Afg`oniston terrorchilikka qarshi kurashda katta ahamiyatga ega bo`ldi. Bu guruh Afg`oniston bilan chegaradosh 6 davlat: Xitoy, O`zbekiston, Pokiston, Eron, Tojikiston, Turkmaniston va mintaqa tashqarisidan ta’sir ko`rsatib turgan ikki davlat AQSH va Rossiya vakillaridan tashkil topgan edi.
Yurtboshimizning 1999- yilda Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining (YeHHT) Istanbul (Turkiya) da bo`lib o`tgan sammitda 2000- yilning 7 - 8 sentyabr kunlari Nyu-Yorkda bo`lib o`tgan BMT bosh assambleyasining "Mingyillik Sammiti"da BMT tuzilmalarida terrorizmga qarshi kurash xalqaro markazini tuzish taklifiga hamohang tarzda 2001- yilning 28- sentyabrida BMT doirasida terrorizmga qarshi kurash qo`mitasi tuzildi.
O`zbekistonning AQSH chegaraligida tashkil etilgan xalqaro terrorizmga qarshi kurash borasida AQSH harbiy havo kuchlarining transport va vertalyotlariga Afg`onistonda qidiruv - qutqaruv va insonparvarlik yordamini amalga oshirish uchun havo hududi (Xonabod tumani)ni ochib terrorizmga vaqtinchalik foydalanishga topshirdi.
O`zbekistonning xalqaro terrorizmga qarshi olib borayotgan siyosatining maqsadi mintaqada global miqyosda tinchlik, barqarorlikni saqlash, mamlakat mustaqilligi va ravnaqi, xalqning erkin farovon hayotini ta’minlashdir. Respublikamiz terrorizmga qarshi qaratilgan ko`plab xalqaro shartnomalardan hozirgacha BMTning 12ta, Yevropa Kengashi doirasida esa 7ta xalqaro shartnomalarini imzoladi.
Bulardan tashqari O`zbekiston xalqaro terrorizmga qarshi kurashdagi ishtiroki mintaqaviy tashkilotlardagi faoliyatida ham namoyon bo`lmoqda. Jumladan, O`zbekiston Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik Tashkiloti (YeXHT), Markaziy Osiyo hamkorligi Tashkiloti (MOHT) va boshqalar. O`zbekistonning bunday tashkilotlardagi ishtiroki, tashabbusi, global xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda davlatimizning tutgan o`rni muhim ekanligini tasdiqlaydi.
Terrorizmga qarshi kurashda 2000- yilda "Terrorizmga qarshi kurash to`g`risida"gi qonunning 4 - moddasida terrorizmga qarshi kurashning asosiy prinsiplari aniq ko`rsatib berilgan. Ular quyidagilardan iborat:

  • qonuniylik;

  • shaxs qonunlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;

  • terrorizmning oldini olish choralari ustuvorligi;

  • jazoning muqarrarligi;

  • terrorizmga qarshi kurashning oshkora va nooshkora usullarining

ustuvorligi;

  • jalb etiladigan kuchlar va vositalar tomonidan terrorchilikka qarshi

o`tkaziladigan operatsiyaga rahbarlik qilishda yakkaboshchilik.

Terrorizmni oldini olishda davlat organlari, fuqarolarning o`z – o`zini boshqarish organlari hamda jamoat birlashmalari bilan birgalikda profilaktik chora - tadbirlar o`tkazish orqali amalga oshiriladi. Bu harakatlarda quyidagilar taqiqlanadi:



ko`rsatishi;

  • terrorchilik faoliyatiga daxldor bo`lgan yuridik shaxslarni, ularning bo`linmalari va vakolatlarini akkreditatsiya qilish, ro`yhatdan o`tkazish va ularning faoliyat ko`rsatishi;

terrorchilik faoliyatiga daxldor chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo`lmagan shaxslarning O`zbekiston Respublikasiga kirishi;
tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan terrorchilik harakatlariga oid ma’lumotlar va fikrlarni yashirish;
Ushbu qonunga binoan O`zbekiston Respublikasida quyidagi davlat organlari terrorizmga qarshi kurashni amalga oshiradi: jumladan, O`zbekiston Respublikasi Milliy Xavfsizlik Xizmati, O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi, Davlat Bojxona qo`mitasi, Mudofaa va Favqulodda Vaziyatlar Vazirliklari kiradi.
Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etayotgan davlat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish hamda terrorchilik faoliyatini olidini olish, uni aniqlash, unga chek qo`yish va uning oqibatlarini minimallashtirish borasida hamkorlikda harakat qilishlarini ta’minlash O`zbekiston Respublikasi Milliy Xavfsizlik Xizmati tomonidan amalga oshiriladi. Bunda ishtirok etadigan har bir davlat organlarining vakillari ham ko`rsatib o`tilgan.
Terrorchilik harakatlarini bartaraf etishda birinchi navbatda aholi hayoti xavf ostida qolsa hamda moddiy va ma’naviy boyliklarni saqlab qolish maqsadida kuch ishlatmaslik uchun muzokaralar olib borish mumkin. Bunda ruxsat etilgan shaxslargina muzokarani olib boradilar. Biroq muzokaralarning olib borilishi terrorchilarning sodir etgan jinoyatidagi javobgarlik olib tashlanadi.
Muzokaralar terrorchilar harakatining ishtirokchilari tomonidan ijobiy hal bo`lmasa, ya’ni ular o`z harakatlarini to`xtatishga rozi bo`lsalar, shuningdek, fuqarolar hayotiga xavf mavjud bo`lsa hamda moddiy va ma’naviy boyliklarning yo`nalishi aniq saqlanib turgan paytda, ularni qurolsizlantirish, va yo`q qilish uchun zarur choralar ko`riladi.
Har qanday terrorchilik harakati muayyan hududda yuz beradi. Terrochilikka qarshi operatsiya o`tkaziladigan zonaning chegaralari terrorchilikka qarshi operatsiya o`tkazish rahbarlari tomonidan belgilnadai. Bunda hududning chegaralarini belgilashda hududning sharoiti, geografik tuzilishi, inshootlar o`ta muhim ob’ektlarning mavjud va mavjud emasligi, terrorchilik harakatlarining ko`lami va xavfsizlik darajalari e’tiborga olinadi.
Terrorchilik harakatiga qarshi kurash olib borilayotgan paytda kurashayotgan shaxslarga qonunga binoan quyidagi huquqlar beriladi:

  • zaruriyat tug`ilganda ko`chada harakatlanuvchi transport vositalarini hamda yo`lovchilarni cheklash va taqiqlash;

  • transport vositalarini ayrim hududlarga va ob’ektlarga kiritmaslik, xatto chet el diplomatik vakolatlarining konsultik transportlari ham;

  • aholini xavfli deb topilgan hududlardan, korxona, uy, bino, va boshqa ob’ektlardan chiqarib yuborish;

  • jismoniy shaxslarning shaxsini aniqlash uchun ushlab turish;

  • terrorchilikka qarshi operatsiya o`tkazayotgan shaxslarning qonuniy talabini bajarmagan, terrorchilik harakati sodir bo`layotgan hududga suqilib kirishga uringan yoki shunday harakatlar sodir etayotgan shaxslarni ushlash va tegishli organlarga olib borish;

  • kechiktirish kishilar hayotiga xavf solayotgan bo`lsa, terrorchilik harakati ishtirokchilarini ta’qib qilib istamagan paytda bino, korxona, ish joyi, uy va boshqa joylarga mone’liksiz kirish;

  • terrorchilar harakatiga qarshi kurash olib borayotgan hududdan chiqayotgan yoki kirayotgan transport vositalarini, jismoniy shaxslarni tekshirish;

  • zaruriyat tug`ilganda, jismoniy shaxslarning aloqa va transport vositalaridan foydalanish (bunga chet el diplomatik vakolatxonalari xodimlarining aloqa va transport vositalari kirmaydi);

Terrorchilikka qarshi kurashda mavjud bo`lgan qurol va texnikalardan foydalanish mumkin.


Terrorizmga qarshi kurash jarayonida ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda ish olib boriladi. Shu bilan birga quyidagi ma’lumotlarning tarqalishiga yo`l qo`yilmaydi. Jumladan:

  1. terrorchilik harakatini bartaraf etish va yo`q qilish uchun maxsus texnika usullari va taktik yondashish jarayoni;

  2. o`tkazilayotgan operatsiyani qiyinlashtirib qo`yadigan, jismoniy shaxslar hayoti va sog`lig`iga xavf tug`diradigan ma’lumotlar;

  3. terrorchilik harakatlariga xayrixohlik bildiradigan;

  4. terrorchilik harakatini bartaraf etish faoliyat ko`rsatayotgan va ularga yordamlashayotgan shaxslar haqidagi ma’lumotlardir;

Mamlakat barqarorligi aholining tinch va farovon hayotini buzilishiga qarshi ko`rsatuvchi shaxslar huquqiy va ijtimoiy himoya qilinadi. Bu haqda "Terrorizmga qarshi kurash haqidagi" qonunning 25, 26, 28 bandlarida ko`rsatib o`tilgan.


Demak, terroristik harakatlar va ular olib kelishi mumkin bo`lgan oqibatlarning olidini olish uchun sergak bo`lishi, atrof - muhitga e’tibor bilan qarash muhim ahamiyat kasb etadi. Mobodo shubhali buyumlar aniqlanganda ularga tegmaslik, joyidan qo`zg`atmaslik, ko`tarmaslik, ichini ochmaslik lozim. Zudlik bilan tegishli organlarga xabar berish kerak.

Foydalanilgan adbiyotlar:
Internet tarmoqlari:

1.Wikipedia.


2.Referatlar.uz.


3.Ziyonet.uz.




Download 46.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling