Bazasi boshqarish
Download 2.13 Mb. Pdf ko'rish
|
61dbf61e8b8af1.76566515
O‘RTASIDAGI ALOQALAR
Axborot obyektlarining tavsifi, strukturaviy aloqalarni aniqlash Bu axborot obyektlari(AO) juftliklari o‘rtasidagi qo‘sh (ikkili) aloqalar. Strukturaviy aloqalar turli axborot obyektlarining nusxalari orasidagi real munosabatlar hamda AO orasidagi funksional aloqalar bilan xarakterlanadi. Axborot obyektlari. Axborot obyekti tegishli rekvizit-belgilar hamda rekvizit-asoslar bilan berilgan qator miqdor va sifat xarakteristikalari bilan aniqlanadi yoki belgilanadi. YA’ni axborot obyekti mantiq o‘zaro bog‘liq rekvizit-larning PSning ma’lum mohiyatini ifodalovchi majmui-dan hosil qilinadi. Tovarlar, materiallar, bo‘linmalar, ta’minotchilar, buyurtmachilar, texnologik operatsiyalar, ta’minot va hokazolar xarakteristikalarini aks ettiruv-chi rekvizitlar majmui axborot obyektiga misol bo‘lishi mumkin. AO strukturasi. AO rekvizitlarining tarkibi uning strukturasini belgilaydi. Har bir ma’lum strukturali AO obyekt sinf (tur)ini hosil qiladi. Unga GURUH, PREDMET, O‘QITUVCHI, KAFEDRA singari unikal ism yoki TOV, SKLAD, POST kabi ramziy belgi berilishi mum-kin. Rekvizit tarkibiga qo‘yiladigan talablar. Axborot obyekti rekvizitlarining majmui normallashtirish talablariga javob berishi lozim. Bu uning strukturasining «chiziqliligini» belgilaydi. Predmet sohasining tavsifi asosida rekvizitlarning funksional bog‘liqligi aniqlanishi va normallashtirish talablariga javob beradigan AO ajratib olinishi mumkin. AO nusxalari va ularni identifikatsiyalash. Ma’lum turdagi axborot obyektlari ko‘plab realizatsiya - nusxalariga ega. AOning nusxasi rekvizitlarning aniq qiymati, ya’ni obyektning bir nusxasi haqidagi ma’lumotlar majmui bilan beriladi. AOning har bir nusxasi AO kalitining qiymati bilan birday belgilanishi (identifikatsiya qilinishi) lozim. AO kaliti bir yoki bir necha asosiy rekvizitlardan iborat. AO rekvizitlari kalitga funk-sional jihatdan bog‘liq bo‘lgan asosiy va tavsifiy rekvizitlarga bo‘linadi. 146 Rekvizitlarning funksional bog‘liqligi. Rekvizitlarning funksional bog‘liqligi faqat kalitning bir qiymatiga tobe (tavsifiy) rekvizitning faqat bir qiymatiga mos bo‘lgan holdagina ro‘y beradi. Rekvizitlarning funksional bog‘liqligini asosiy rekvizitdan tavsifiy (tobe) rekvizitga boruvchi strelkali chiziq ko‘rnishida tasvirlash mumkin. Asosiy rekvizit ajratib ko‘rsatiladi (bo‘rttiriladi). Bunda bu aloqalarni bevosita PSning har bir hujjati rekvizitlarining tarkibi berilgan jadvalda aks ettirish qulaydir (1 - jadval). 9.1 - jadval. «Tovar» AO rekvizitlarining funksional bog‘liqligi. Hujjat Rekvizit nomi Rekvizit ismi Funksional tobeliklar Tovarlar Tovar kodi KODT ma’lumot- Nomi NAIM nomasi Bir dona bahosi CENA o‘lchov birligi EI Qayd etib o‘tamizki, rekvizitlarning funksional bog‘liqligini aniqlashda arifmetik bog‘liqlik (masalan, qiymatning miqdorga) hisobga olinmaydi. AOning grafik tasviri. MAMMni grafik tasvirlash-da AOning har bir turi to‘g‘ri burchak shaklida berilgan. Murakkab MAMMlar uchun axborot obyektining ismini, uning identifikatori (kaliti)ni belgilagan holda faqat AOni tasvirlash hamda TOVAR va TA’MINOT axborot obyektlari uchun ko‘rsatilganidek, ushbu tip obyektlarining ehtimol tutiluvchi eng ko‘p nusxalari sonini ko‘rsatish bilan cheklanish maqsadga muvofiqdir. Download 2.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling