Bazasi boshqarish
Kengaytirilgan ER-diagramma tili elementlari
Download 2.13 Mb. Pdf ko'rish
|
61dbf61e8b8af1.76566515
- Bu sahifa navigatsiya:
- Negiz Birlashma Birlashma Atribut Kalit Tavsif Belgilash
Kengaytirilgan ER-diagramma tili elementlari
Belgilangan mohiyatlar yoki belgilash-bu ikki mohiyat orasidagi ‘ko‘pga-bir’ yoki ‘birga-bir’ turdagi bog‘lanish bo‘lib, ular tavsifdan farqli ravishda belgilanadigan mohiyatga bog‘liq bo‘ladi. Xodimni tashkilotning bir necha bo‘limiga tayin qilish misolini ko‘rib chiqamiz. (xodim bir bo‘limda yoki bir vaqtning o‘zida bir necha bo‘limda qayd qilinishi yoki birorta ham bo‘limda qayd qilinmasligi mumkin) Tayinlash birlashmasi tasvirini tuzamiz. Negiz Birlashma Birlashma Atribut Kalit Tavsif Belgilash 141 Bo‘limlar (Bo‘lim-raqami, Nomi, …) Xodim (Tabel-raqami, familiya, …) Tayinlash [Bo‘limN, XodimN] (Bo‘lim-raqami, Tabel-raqami,Tayinlash-sanasi) Har bir xodim albatta bir bo‘limga tayinlanishi lozim degan shart asosida ‘Xodim’ tasvirini tuzamiz. Bo‘limlar (Bo‘lim-raqami, Nomi, …) Xodimlar (Tabel-raqami, familiya, …, Bo‘lim-raqami, Tayinlash-sanasi) [Bo‘limlar] Bu misolda xodim o‘z mustaqilliligiga ega. (Agar bo‘lim yo‘qotilsa, bundan shu bo‘limga tayinlangan xodimlar ham yo‘qotilishi kelib chiqmaydi). SHuning uchun, ular bo‘lim tavsifi bo‘la olmaydi va belgilash deb nomlanadi. Katta hajmli va takrorlanuvchi matnlar uchun belgilashlar ishlatiladi. Masalan, talabalar o‘rganayotgan fanlar ‘kodlashtirishlari’, tashkilot va bo‘limlari nomi, mahsulotlar ro‘yxati va h-zo. Belgilashni tasviri tashqi ko‘rinishda tavsifdan farq qiladi va unda belgilanadigan mohiyat figurali qavsga emas, balki kvadrat qavsga olinadi. BELGILASH (atribut1, atribut2, …) [Belgilangan mohiyatlar ro‘yxati] Belgilash to‘la huquqli mohiyat sifatida qaralmaydi va bu hech qanday xatolikka olib kelmaydi. Belgilash va tavsif to‘liq mustaqil mohiyat hisoblanmaydi, chunki ular qandaydir boshqa mohiyatni ‘belgilashi’ yoki ‘tavsiflashi’ uchun ushbu mohiyatni bo‘lishini taqoza qiladi. Ammo, ular xususiy holda mohiyat bo‘lishi va xossaga ega bo‘lishi, birlashmada, belgilashda ishtirok etishi hamda o‘z tavsifiga (ancha quyi darajada) ega bo‘lishi mumkin. Har bir tavsifning nusxasi tavsiflanuvchi mohiyatning nusxasi bilan albatta bog‘lanishi shart. Ammo, tavsiflanuvchi mohiyatning ba’zi bir nusxalari bog‘lanishga ega bo‘lmasligiga yo‘l qo‘yiladi. Haqiqatan ham bu oilaviy munosabatga tegishli bo‘lsa, u holda ‘er’ mohiyat ‘erkak’ mohiyatga (xotini bo‘lmagan er yo‘q) almashtirilishi lozim. Endi negiz mohiyat, mohiyat sifatida birlashma ham, belgilash ham, tavsif ham emas. Bunday mohiyatlar mustaqil mavjud bo‘ladi, 142 ba’zan esa ular boshqa mohiyatni belgilaydi. Masalan, xodimlar bo‘limlarni belgilaydi. Download 2.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling