Bazasi boshqarish


BOG‘LANISH VA BIRLASHMALAR


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/153
Sana20.10.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1710944
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   153
Bog'liq
61dbf61e8b8af1.76566515

BOG‘LANISH VA BIRLASHMALAR 
Bog‘lanishlar tavsifi va modellashtirish tillari 
Loyihalashda o‘rganilgan ma’lumotlar, foydalanuvchilar takliflari 
va ish jarayonini tasavvur qilishga asoslangan holda MB ning 
boshlang‘ich xomaki nusxasi tayyorlanadi. Tabiiy til orqali matematik 
formulalar, jadvallar, grafiklar va barcha kishilarga tushunarli bo‘lgan 
vositalardan foydalanib tayyorlangan MB loyihasi ma’lumotlarning 
infologik modeli deb ataladi. Infologik modellashtirishning maqsadi 
MB da saqlanadigan ma’lumotlarni yig‘ish va taqdim qilishni inson 
tushunadigan tilda ifodalashdir. Shuning uchun, ma’lumotlarning 
infologik modelini tabiiy tilga yaqin usulda tavsiflashga harakat 
qilinadi. Infologik modelning asosiy qurish elementi mohiyat, ular 
orasidagi bog‘lanishlar va xossalari (atributlari) hisoblanadi. 
Mohiyat – MB da saqlanishi kerak bo‘lgan ma’lumot, ixtiyoriy 
bir-biridan farq qiluvchi obyektdir. Insonlar, joy, samolyotlar, reyslar, 
ta’m, rang va h-zolar mohiyat bo‘lishi mumkin. Mohiyatning tipi va 
nusxasi mavjud. Bir butun majmua sifatida qaralayotgan shaxslar, 
fanlar, hodisalar yoki g‘oyalarni mohiyat tipi tushunchasi deb 
qarashimiz mumkin. Majmuadagi aniq narsalar mohiyat nusxasiga 
tegishli bo‘ladi. Masalan, ‘Shahar’ mohiyat tipi bo‘lsa, ‘Buxoro‘ esa 
mohiyat nusxasi hisoblanadi. 
Atribut – mohiyatning nomlangan tavsifidir. Nomlash aniq bir 
mohiyat tipi uchun takrorlanmas, ammo turli xil mohiyat tiplari uchun 
bir xil bo‘lishi mumkin. (Masalan, ‘Rang‘ atributi ‘It’, ‘Avtomobil’, 
‘Gul’, ‘Tutun’ va h-zo singari mohiyatlar uchun aniqlanishi mumkin). 
Atribut mohiyatda qanday ma’lumotlar saqlanishi kerakligini aniqlash 
uchun ishlatiladi. Masalan, ‘Avtomobil’ mohiyati uchun ‘Tip’, ‘Tur’, 
‘Raqami’, ‘Rang‘ va h-zolar atributga misol bo‘la oladi. Bu erda tip va 
nusxa o‘rtasida farq mavjudligi namoyon bo‘ladi. ‘Rang‘ atributi tipi 
juda ko‘p qiymat yoki nusxaga ega bo‘ladi: 
‘Qizil’, ‘Ko‘k’, ‘Sariq’, ‘Oq’ va h-zo. 
Mohiyatning har bir nusxasiga atributning birgina qiymati taqdim 
qilinadi. 
Mohiyatning tipi va atributi orasidagi mutloq farq mavjud emas. 
Mohiyat tipiga bogliq holda atribut o‘z o‘rniga ega bo‘lishi mumkin. 


137 
Boshqa hollarda atribut mustaqil mohiyat sifatida qatnashishi 
mumkin. 
Masalan, 
avtomobil 
zavodi 
uchun 
‘rang‘ ishlab 
chiqarilayotgan mahsulot atributi bo‘lsa, rang ishlab chiqaruvchi 
fabrikada ‘rang‘ mohiyat tipi hisoblanadi. 
Kalit – atributlarning kam sonli to‘plami bo‘lib, ular qiymatlari 
bo‘yicha mohiyatning kerakli nusxasini topish mumkin. To‘plamdan 
biror bir atributni chiqarganda, qolgan atributlar yordamida 
mohiyatning mutanosibligini belgilay olmaslik, kamlik tushunchasini 
bildiradi. Masalan, biror bir oliy ta’lim muassasi xodimlari haqidagi 
ma’lumotlar to‘plami ‘Xodim’ mohiyati bo‘lsa, unda ‘tabel raqami’ 
kalit hisoblanadi.
Bog‘lanish - ikki yoki undan ortiq mohiyatlarni birlashtirishdir. 
Chunki, MB ni tashkil qilishning shartlaridan biri, mohiyatlar orasida 
o‘zaro bog‘liqlikni tashkil qilib, mohiyatning biror-bir qiymati orqali 
boshqa mohiyatni izlashdan iborat bo‘ladi.

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling