Ba’zi muhim taqimotlar. Ko’p o’lchovli taqsimotlar
Download 205.08 Kb.
|
Ba’zi muhim taqimotlar. Ko’p o’lchovli taqsimotlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ba’zi muhim taqimotlar.Ko’p o’lchovli taqsimotlar
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA-MATEMATIKA KAFEDRASI Matematika yo’nalishining 3-kurs 6-guruh talabasi Madaminova Marxaboxon Maxammadjon qizining ,,Ba’zi muhim taqsimotlar.Ko’p o’lchovli taqsimotlar.’’ mavzusidagi KURS ISHI Qabul qildi: A.Abdullayev Bajardi : M.Madaminova Ba’zi muhim taqimotlar.Ko’p o’lchovli taqsimotlar Reja: I.Tasodifiy miqdorlar,taqsimot funksiyasi tushunchasi. 1.Tekis taqsimot 2.Normal taqsimot 3.Ko’rsatkichli taqsimot II.Ko’p o’zgaruvchili taqsimot 1. Ehtimollar nazariyasining muhim tusunchalaridan biri tasodifiy miqdor tushunchasidir. Tajriba natijasida u yoki bu qiymatni qabul qilishi oldindan ma’lum bo‘lmagan miqdor tasodifiy miqdor deyiladi. Tasodifiy miqdorlar lotin alifbosining bosh harflari X,Y,Z,…(yoki grek alifbosining kichik harflari (ksi), (eta), ζ(dzeta),…) bilan qabul qiladigan qiymatlari esa kichik harflar , bilan belgilanadi. Tasodifiy miqdorlarga misollar keltiramiz: 1) X-tavakkaliga olingan mahsulotlar ichida sifatsizlari soni; 2) Y-n ta o‘q uzilganda nishonga tekkanlari soni; 3) Z-asbobning beto‘htov ishlash vaqti; 4) U-[0,1] kesmadan tavakkaliga tanlangan nuqtaning koordinatalari; 5) V-bir kunda tug‘iladigan chaqaloqlar soni va hokazolar. Agar tasodifiy miqdor chekli yoki sanoqli qiymatlar qabul qilsa, bunday tasodifiy miqdor diskret tipdagi tasodifiy miqdor deyiladi. Agar tasodifiy miqdor qabul qiladigan qiymatlari biror oraliqdan iborat bo‘lsa uzluksiz tipdagi tasodifiy miqdor deyiladi. Demak, diskret tasodifiy miqdor bir-biridan farqli alohida qiymatlarni, uzluksiz tasodifiy miqdor esa biror oraliqdagi ixtiyoriy qiymatlarni qabul qilar ekan. Yuqoridagi X va Y tasodifiy miqdorlar diskret, Z esa uzluksiz tasodifiy miqdor bo‘ladi. Endi tasodifiy miqdorni qat’iy ta’rifini keltiramiz. elementar hodisalar fazosida aniqlangan X sonli funksiya tasodifiy miqdor deyiladi, agar har bir elementar hodisaga X() conni mos qo‘ysa, yani X=X(), . Masalan, tajriba tangani 2 marta tashlashdan iborat bo‘lsin. Elementar hodisalar fazosi bo‘ladi. X-gerb chiqishlari soni bo‘lsin, u holda X tasodifiy miqdor. qabul qiladigan qiymatlari: X(1)=2, X(2)=1, X(3)=1, X(4)=0. Agar chekli yoki sanoqli bo‘lsa, u holda da aniqlangan ixtiyoriy funksiya tasodifiy miqdor. bo‘ladi. Umuman, X() funksiya shunday bo‘lishi kerakki: xR da A={ hodisa S -algebrasiga tegishli bo‘lishi kerak. Download 205.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling