Begimov umidning geometriya fanidan " geometriyada modellar yasashga oid masalalar"


Download 75.02 Kb.
bet2/9
Sana24.12.2022
Hajmi75.02 Kb.
#1051500
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
GEOMETRIYADA MODELLAR YASASHGA OID MASALALAR

Kurs ishining maqsadi: Talabalarga geometriyani o’qitishning an’anaviy talim metodi haqida umumiy ma'lumotlar va ularning o'ziga xos xususiyatlarini tushuntirish, ular yordamida dasturi tuzishni va uni o‘qiy olishni o‘rgatish orqali talabalarni geometriya fanlariga qiziqishlarini yanada oshirish.
Kurs ishining vazifasi: Bo’lajak geometriya o’qituvchilariga an’anviy talim metodi bo’yicha tayyorgarlik tizimi mazmunining nazariy va amaliy holatini o‘rganish va tahlil qilish; -talabalarga turli loyihalarni tasvirlashdagi o’ziga xos xususiyatlarni va ularning turlari haqida tushunchalar berish va takomillashtirish; - talabalarning mavzu yuzasidan bilim, ko'nikma va malakasini shakllantirish.
Kurs ishining ob’yekti: Oliy ta’lim tizimida “Matematika” bakalavriyat ta’lim yo‘nalishi talabalariga nazariy va amaliy ta’lim berish jarayoni.
Kurs ishining predmeti: Bo‘lajak muhandislarni tayyorlash
bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarning geometriya muhandisligi ilmini egallash
jarayonidagi ta’lim mazmuni va texnologiyasi.
Kurs ishining tuzilishi va tarkibi: Kurs ishi kirish, ikki bob, to’rt paragraf,
xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.


I BOB. YASASHGA DOIR GEOMETRIK MASALALAR HAQIDA TUSHUNCHA

    1. Yasashga doir geometrik masalalar haqida tushuncha


Aylana tashqarisida оlingan nuqtadan aylanaga urinma o‘tkazish.
Yasashga oid gеometrik masalalarni yechish jarayoni qaysi metod bilan amalga oshirilishidan qat’iy nazar, u bir qancha bosqichlarda bajariladi va ular tekislikda yasashga oid masalalarni yechish bosqichlari deb yuritiladi. Bular tahlil, yasash, isbot va tekshirish bosqichlari bo‘lib, har bir bosqich masala yechish jarayonida ma’lum bir maqsadni amalga oshirishni nazarda tutadi.
Tahlil bosqichi: Masala yechishning eng muhim, ijodiy bosqichi bo‘lib, bunda yasalishi lozim bo‘lgan F figura, masala talablariga mumkin qadar to‘la javob beradigan darajada taxminan chizib olinadi. Tahlil rasmsida masala shartida berilganlar bor yoqligi aniqlanadi, agar ular rasmda aks
etmagan bo‘lsa qo‘shimcha chizib olinadi.
Natijada asosiy ya’ni yasalishi lozim bo‘lgan figura bilan hamjihatlikda bo‘lgan bir qancha yordamchi figuralar hosil bo‘ladi. Yordamchi figuralarda masala shartida berilganlar bilan bir qatorda, izlangan ya’ni yasalishi lozim bo‘lgan asosiy figuraning nuqtalari ham joylashadi. Shu tariqa berilganlar va izlanganlar orasidagi bоg‘lanishlarni o‘rnatish natijasida asosiy figurani yasash imkoniyatlari axtariladi va aniqlanadi.
Yasash mumkin bo‘lgan yordamchi figura orqali izlangan figurani yasashga o‘tiladi. Yasash bosqichi: Tahlil bosqichada aniqlanganlarni amaliy jihatdan bajarilishini nazarda tutadi. Bunda yasalishi mumkin bo‘lgan yordamchi figuralar yasash vositalari yordamida yasaladi va ular orqali yasalishi lozim bo‘lgan asosiy figuraning nuqtalari va elementlari yasab olinadi. Isbot bosqichi: Masala yechimining sinash bosqichi bo‘lib tahlil bosqichida taxminan chizib
olingan asosiy figura bilan yasash bosqichida yasalgan figuraning masala shartlariga javob berishi isbotlanadi.
Tekshirish bosqichi: Masala yechishning yakunlash bosqichi hisoblanib, unda masala shartida berilganlarga asosan figura yasash mumkinmi, agar mumkin bo‘lmasa berilganlarni qanday tanlash lozim qanday hollarda echim mavjud, berilganlarga asoslanib nechta figura yasash mumkin, masala
nechta yechimga ega ekanligi aniqlanadi.
Yuqоrida qayd qilinganlarga asоslangan hоlda quyidagi yasashga doir masalalarni ko‘rib chiqamiz:
«Bеrilgan kеsmani tеng ikkiga bo‘lish» masalasi ya’ni AyA2 ni yasaylik. Faraz qilaylik bizga kеsma bеrilsin. kеsmani o‘rtasini tоpish kerak. Buning uchun dan fоydalanamiz.
Kеsmani uchini markaz qilib taхminan kеsma o‘rtasidan katta bo‘lgan kеsmani radius qilib aylanani, so‘ngra esa aylanani chizamiz. Aylanalar kеsishish nuqtalari оrqali OyA2 ga asоsan kеsma o‘tkazamiz. O‘tkazilgan kеsma bilan bеrilgan kеsmani kеsishish nuqtasi, kеsmani o‘rtasi bo‘ladi. Endi biz ba`zi bir amallar (yasashlar) yordamida Ω ga yangi nuqta, to`g`ri chiziq va aylanalar kiritamiz. Bu har bir amalni yasashning qadamlari deb yuritamiz.
Yasash postulatlarini keltiramiz, ya`ni biz yasashni qaysi qadamlarini bajarilgan deb hisoblashimiz mumkin.
P1. Yasalgan ikki nuqtadan o`tgan to`g`ri chiziq yasalgandir.
P2.Markazi yasalgan nuqtada, radiusi uchlari yasalgan nuqtalardan iborat bo`lgan kesma uzunligidan iborat aylana yasalgandir.
P3.Ikki parallel bo`lmagan yasalgan to`g`ri chiziqlarning kesishish nuqtasi yasalgandir.
P4.Yasalgan to`g`ri chiziqning va aylananing kesish nuqtalari yasalgandir.
P5.Ikki yasalgan kesishuvchi aylananing kesish nuqtalari yasalgandir. Endi biz umumiy ko`rinishda sirkul va chizg`ich yodamida yasashga doir masalaning qo`yilishi ta`rifini keltiramiz. Bizga chekli sondagi asosiy yasalgan figuralar berilgan bo`lib yasash lozim bo`lgan izlanayotgan F figurani ta`riflovchi asosiy xossalari ifodalangan bo`lsa, P1 P5 postulatlarni chekli sonda qo`llab F asosiy figurani yasash talab qilinadi. Ta`kidlaymizki, bu ta`rifda chekli sondagi amallar bajarilish juda muhimdir.
Biz Yevklid tekisligiga taalluqli yasashga doir masalalar bilan shug’ullanamiz. Tekislikda yasashga doir masalalarni yechishda odatda yasash qurollaridan sirkul va chizg’ich ishlatiladi. Yasashga doir masalalarni chizg’ich va sirkul yordamida yechishda chizma praktikasida qo’llaniladigan chizg’ich va sirkul emas, balki abstrakt .chizg’ich va sirkul e’tiborga olingan. Bu qurollarning konstruktiv imkoniyatlari quyidagi ikki aksioma bilan ifoda qilinadi:
1.Yasash uskunalari bular sirkul va chizg`ichdir. Chizg`ich
birliklarga ajratilmagan bo`lib, uning yordamida faqat ikki yasalgan nuqtadan o`tgan to`g`ri chiziqni o`tkazish mumkin.
2.Sirkul yordamida markazi yasalgan nuqtada va radiusi yasalgan kesma uzunligiga teng bo`lgan aylanani chizish mumkin.
Izoh: Eslatamizki, yasashga doir masalalarni yechishda ba`zida yasalgan figuralar to`g`ri chiziq, aylana, nurga va kesmaga tegishi yoki tegisli bo`lmagan nuqtalarni ixtiyoriy olishga to`g`ri keladi. Bu oraliq yordamchi yasalgan nuqtalarni tanlab olish shart tufayli bajariladi. Bu tegishli va tegishli bo`lmagan nutqalarni olish mumkinligini P1-P5 yasash postulatlari yordamida quyidagicha asoslaymiz.

Download 75.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling