Bekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti


 Mashinalarni remont qilish usullari


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/103
Sana14.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1196881
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   103
Bog'liq
Kitob 6787 uzsmart.uz

 
14.2. Mashinalarni remont qilish usullari. 
Qishloq xo’jaligida mashinalarni remont qilishda quyidagi usullaridan 
foydalaniladi: egasiz, egali, patok, agregat va uzel usullari. 
Egasiz remont qilish usulidan ixtisoslashtirilgan korxonalarda foydalaniladi. 
Bunda mashina detallari yechib olinib belgilanmaydi va tiklangandan keyin bir xil 
markadagi mashinaning istalganicha qo’yiladi. Bu usulning ijobiy tomoni 
mashinaning remontda turish muddati qisqaradi, ustama harajatlar kamayadi. 
Egali remont qilishda mazkur mashinaga tegishli Hamma detallar va uzellar 
remont qilingandan keyin yana shu mashinaning o’ziga qo’yiladi. Bu usulning 
ijobiy tomoni shundaki, ruxsat etilgan chegaralarda yoyilgan Hamma detallardan
unumli foydalanish mumkin. Bu esa mashinaning yaxshi saqlanishidan 
manfaatdorlikni keltiradi. Kamchiligi-mashina remontda ko’proq turib qoladi. 
Agregat usulida remont qilish-egasiz usulda remont qilishning shunday turiki, 
bunda bo’zilgan agregatlar yangisi bilan yoki remont qilingani bilan almashtiriladi. 
Bunday usul xo’jaliklarning remont ustaxonanalarida ko’proq qo’llaniladi.
Agregat va uzellarning o’zi esa ixtisoslashtirilgan remont korxonalarida remont 
qilinadi. 
Agregat usulda mashinalarni remont bo’lish muddati ancha qisqaradi, remont 
sifati yaxshilanadi va tannarxi esa kamayadi. 
Potok usulida ta‘mirlash ishlab chiqarishning bir maromda ishlashni 
ta‘minlaydigan texnologik jarayonning uzluksizligi bilan ajralib turadi. 
Potok usulida remont ishlari ixtisoslashtirilgan ish o’rinlarida ma‘lum ketma-
ketlikda va bir vaqtning o’zida bajariladi. Uzellar, agregatlar va mashinalar potok 
liniyalarida remont qilinib va yig’iladi. Ish o’rinlari bu liniyalar bo’ylab joylashadi.
Obyekt tayyor, chiniqtirilgan va sinalgan agregatlar va uzellardan yig’iladi. 
Ish o’rinlari ixtisoslashtirilgan uskunalar, moslamalar va asboblar bilan 
jixozlanadi, tegishli texnik xujjatlar bilan ta‘minlanadi. Shuningdek , maxsus yo’l 
tashish vositalari (rolganglar, aravachalar va konveyerlar) ham bo’lishi lozim. 
Potok usuli remont qilishning eng samarali va ilg’or usulidir. Ammo, uni
ishlab chiqarish dasturi katta bo’lgan, ixtisoslashgan remont korxonalarida qo’llash 


79 
yaxshi samara beradi. Uzel usulida remont qilish mayda seriyalab ishlab 
chiqarish sharoitlarida qo’llaniladi. Bunda mashinani remont qilish texnologik
jarayonini tashkil etadigan ishlarni qismlarga bo’linadi. Ulardan har biri 
tugallangan jarayonli va yig’ilgan tayyor uzelni chiqarish operatsiyalari guruhidan 
iborat. Har bir qism (operatsiyalar guruhi) alohida ixtisoslashtirilgan joylarda 
bajariladi. Bu usul ko’p markali mashinalarni remont qilishda yaxshi samara
beradi. 
Mashinalarga texnik xizmat ko’rsatishning quyidagi usullari mavjud: 
Markazlashtirilgan usulda xizmat ko’rsatish tashkilot yoki korxona bitta
bo’linmasining xodimlari va vositalari orqali texnik xizmat ko’rsatilishi bilan
ajralib turadi. Markazlashmagan usulda xizmat ko’rsatish-mashinalarga bir nechta 
bo’linmalari xodimlari tomonidan va vositalari bilan amalga oshiriladigan
xizmat ko’rsatishdir. Texnik xizmat ko’rsatishda potok usulidan ham
foydalaniladi. Bu usul odatda avtomobillarga va serquvvat traktorlar (K-701 va T-
150K) ga texnik xizmat ko’rsatishda ko’proq qo’llanib kelinadi. 
Remont qilishni (texnik xizmat ko’rsatishni) u yoki bu usuli, remont 
korxonalarining texnik, texnologik va iqtisodiy imkoniyatlaridan kelib chiqib
tanlanadi. 

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling