Bekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti


 3. Qishloq xo’jaligi remont-xizmat ko’rsatish


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/103
Sana14.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1196881
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   103
Bog'liq
Kitob 6787 uzsmart.uz

14. 3. Qishloq xo’jaligi remont-xizmat ko’rsatish 
bazasining tarkibi. 
 
Qishloq xo’jaligining remont-xizmat ko’rsatish bazasi bu qishloq xo’jalik 
ishlab chiqarishida foydalaniladigan mashina va uskunalarini remont qilish, texnik 
xizmat ko’rsatish va Saqlash uchun mo’ljallangan korxonalar, sexlar, ustaxonalar, 
inshootlar, kuchma agregatlar va boshqa ob‘yektlar majmuidir. Remont-xizmat 
ko’rsatish bazasi, baza ob‘yektlarining faoliyati zonasiga ko’ra uch darajali tarkibga 
ega: 
-muqobil MTP larning remont-xizmat ko’rsatish ob‘yektlari (ustaxonalari, texnik 
xizmat ko’rsatish punktlari, profilaktoriyali avtomobil garaji va boshkalar); 
- remont-xizmat ko’rsatish bo’linmalari va faoliyat zonasi ma‘muriy rayonni 
qamrovchi xizmat ko’rsatish korxonalari; 
- faoliyat zonasi viloyat, o’lka respublikani qamrab oluvchi ixtisoslashtirilgan 
remont korxonalari. 
Qishloq xo’jalik texnikasiga texnik xizmat ko’rsatish va ularni remont 
qiluvchi korxonalari xo’jalik ichida va undan tashqarida tashkil etiladi.
1
) MMTP va boshqa qishloq xo’jalik korxona brigadalari texnik xizmat 
ko’rsatish punkt (TXKP) larning ustaxonalari; 
2) avtomobillarni saqlash va ularga texnik xizmat ko’rsatish uchun 
xo’jalikning markaziy qo’rg’onlaridagi garajlar; 
3)M MTP ( xo’jaliklarning) markaziy remont ustaxonalari
4) avtokuchma remont ustaxonalari va kuchma texnik xizmat ko’rsatish 
vositalari. 
Ular mashina va uskunalarning ishlab turgan joyida buzilgan joylarini bartaraf 
qilish hamda ularga texnik xizmat ko’rsatish uchun mo’ljallangan. 


80 
Xo’jalikdan tashqaridagi remont korxonalariga quyidagilar kiradi: 
1) 
jamoa, shirkat va boshqa qishloq xo’jalik korxonalarining mashinalarini 
hamda uskunalarini remont qilish bo’yicha buyurtmalarni bajarish uchun umum 
ishlarga mo’ljallangan remont ustaxonalari (UIMU). 
2) 
Mashina – traktor parkiga texnik xizmat ko’rsatish stantsiyalari; 
3) 
Traktorlarga TXK stantsiyalari, avtomobillarga TXK stantsiyalari va 
chorvachilik fermasi uskunalariga TXK stantsiyalari; 
4) 
Traktorlar, avtomobil dvigatellari, paxta terish mashinalari, elektr 
uskunalari, yokilgi apparaturasi, gidrosistemalar, yoyilgan detallarni remont qilishga 
ixtisoslashtirilgan remont korxonalari
5) 
Remont-texnologik uskunalarini remont qiluvchi ixtisoslashtirilgan 
korxonalar; 
Ixtisoslashtirilgan ustaxonalar va ishga tushirish-sozlash ishlarini bajaradigan 
qurilish-montaj boshqarma (KMB) si; 
Texnik almashtirish punktlari (TAP); 
Kombaynlar va boshqa qishloq xo’jalik mashinalari remont qilinadigan sexlar. 
1) Remont korxonalari tip-o’lchamlari: 
xo’jalik brigadalari yoki bo’limlari texnik-xizmat ko’rsatish punktlarining 
ustaxonalari 10,20,30,40 ta traktorga mo’ljallab quriladi 
2) Xo’jaliklardagi markaziy remont ustaxonalari traktorlar, paxta terish va 
xo’jalikdagi boshqa qishloq xo’jalik mashinalarining soniga nisbatan har xil 
o’lchamdagi (asosan 25, 50, 75, 100, 150, 200 ta traktorga mo’ljallangan) namunaviy 
loyihalar asosida qurilish mumkin. 
3) Umumiy ishlarga mo’ljallangan tuman ustaxonalari 400, 600, 800, 1200, 
1600 ta traktor va tegishli qishloq xo’jalik mashinalari soniga mo’ljallangan bo’ladi. 
4) Traktorlarni kapital remont qilish zavodlari (0,5; 1; 2 ming dona); 
5) Avtomobillarni kapital remont qiladigan zavodlar (1,5; 3; 5; 10 ming dona); 
6) Dvigatellarni kapital remont qilinadigan sex yoki zavodlar (3, 7, 15 ming 
dona). 

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling