Bekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 6787 uzsmart.uz
Adabiyotlar: [1], [2], [3], [6].
Tayanch iboralar: Remont va texnikaviy xizmat ko’rsatishlar soni, ish turi, ish rejimi, vaqt fondi, yillik kapital reja, umumiy mehnat hajmi. 14.1. Remont-xizmat ko’rsatish tizimi. Mashina va mexanizmlarning ishlatish jarayonida ishlash qobiliyatini saqlab turish va tiklash uchun qishloq xo’jaligida mashinalarga rejali-ehtiyojdan qilinadigan remont-xizmat ko’rsatish tizimi qo’llaniladi. Bu tizimning joriy qilinishi texnik xizmat ko’rsatish va remont ishlarini tashkil qilishni takomillashtirishga, foydalanish harajatlarini qisqartirishga ham yordam beradi. Remont - xizmat ko’rsatish tizimi quyidagi ishlar to’rini nazarda tutadi. Ular yordamida mashinalarning zarur bulgan texnik holati va butun ishlatish davrida ularni ishga yaroqliligi (ishlash qobiliyati) saqlab turiladi: - texnik xizmat ko’rsatish; - joriy (ta‘mirlash) remonti; - kapital remonti; - saqlash. Texnik xizmat ko’rsatish-mashinalardan foydalanishda va Saqlashda ular shayligini saqlab turish buyicha kilingan ishlar majmuidir.. ishlar majburiy harakterga ega bulib, mashinani butun ishlatish davomida vakt-vakti bilan bajariladi. Mashinalar uchun texnik xizmat ko’rsatish turlarining quyidagilari ko’zda tutiladi: har smenada texnik xizmat ko’rsatish; texnik xizmat ko’rsatishni nomerli turlari; mavsumiy texnik xizmat ko’rsatish (MTXK); maxsus sharoitlarda foydalanilganda texnik xizmat ko’rsatish. Har smenadagi texnikaviy xizmat ko’rsatish mashinani ishga tayyorlash va smena davomida uni ishga yaroqli holatini ta‘minlash maqsadida o’tkaziladi. Nomerli texnik xizmat ko’rsatishlar davriyligi va mazmuni har xil turdagi va markadagi mashinalar uchun turlicha bo’lishi mumkin. Yuqori nomerli texnik xizmat ko’rsatish ishlarining ro’yxati, odatda, oldingi texnik xizmat ko’rsatishni o’z ichiga oladi. Mavso’miy texnik xizmat ko’rsatish bir yilda ikki marta o’tkaziladi: bahorgi- yozgi va ko’zgi –qishki sharoitlarda ishlatishga o’tishida davrlarida. 78 Alohida sharoitlarda foydalanilganda texnik xizmat ko’rsatish havo juda changlangan, toshloq yerlar va boshqa sharoitlarda ishlatiladigan mashinalar uchun ko’zda tutiladi. Saqlash jarayonida mashinalarga xizmat ko’rsatish ishlarining asosiy mazmuni apit sirtlarni zanglashdan, rezinotexnik buyumlarni eskirishdan ximoyalash, tutib turuvchi detallarni deformatsiyalanishiga yo’l kuymaslikdan iborat. Qishloq xo’jaligida mashinalarni remont qilishning ikki turi qabul qilingan: joriy va kapital remont. Joriy remont mashinani ishlatish jarayonida bajariladi. Remontning bu turiga ayrim kam resursli agregatlar, uzellar yoki mexanizmlarni almashtirish, tiklash va rostlash kiradi. Kapital remont mashinalarning texnik resursini tiklash uchun bajariladi. Bunda mashina to’liq qismlarga ajratiladi, barcha agregatlari, uzellari va mexanizmlarining ish qobiliyati tiklanadi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling